O`rta asrlar Harbiy san`ati Turk xoqonligi davrida harbiy ish. Mo’g’illarning harbiy sohasini o’ziga hos xususiyatlari


Download 44.41 Kb.
bet6/9
Sana29.03.2023
Hajmi44.41 Kb.
#1308751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ўрта асрлар ҳарбий санъати

2. Chingizxon davlati - XII asr o'rtalariga borib Baykal ko'li atrofi, hozirgi Mo'g’uliston hududlarida yashagan turkiy va Tungus–Manchjur qabilalarining ko'pchiligi mo'g’ullar rahnomosi Esugay Bahodir ta'siriga o'ta boshlaydilar. Tatarlar ziyorat vahtida Esugayni xiyonatkorona o'ldirganliklaridan keyin uning o'g’li Temuchinning nufuzi osha boradi. (Temuchin degani mo'g’ulchasiga Temur ustasi degan ma'noni anglatadi). U tarqoq mo'g’ul qabilalarini turli yo'llar bilan o'z qo'li ostiga mustahkam birlashtiradi. 1186-yilda Mo'g’ul sarkardasi Jamuxa ko'magi bilan o'zining eski raqibi markitlarni bo'ysindiradi. Qo'ng’irot va naymanlar ustidan o'z hukmronligini o'rnatadi.
Temuchin kuchli harbiy tuzilmani tashkil etadi. Mo'g’ul qabilalarini mingliklar bo'ladi, minglik butun bir boshli harbiy okrug vazifasiga to'g’ri kelar edi. Mingliklarni o'z o'g’ullari Jo'chi, Chig’atoy, O'gidey, Tuli, xotini Burtz – Fujzn, safdoshlari Subutoy, Jebzlarga topshiradi.
1206-yili mo'g’ullarning umum qurultoyi chaqiriladi. Unda u oliy mo'g’ul hukmdori – xon deb tantanali e'lon qilinadi. Bosh shaman Teb–Tangriy unga «Chingizxon» (kuchli, buyuk) degan faxriy nom beradi. Qurultoyda Chingizxon o'z tug’i – bayrog’ini ko'taradi, 10 ta lavozim joriy etadi. Bu lavozimlarga o'z yaqinlarini tayinlaydi. Sahrodagi Qoraqum shahri mo'g’ullar davlatlarining markaziy poytaxti deb belgilanadi.
Chingizxon butun Mo'g’ulistonni 95 ta harbiy­ma'muriy birlikka bo'ladi. Qonunlar to'plami–yorliqlar (buyruqlar), yaso (qonunlar), bilik (nasihat)lar ishlab chiqiladi.
Chingizxon shaxsiy 2 gvardiya ham tuzadi. Ularning soni 1000 kishigacha etkaziladi.
1204-yili uyg’ur alifbosi mo'g’ul yozuvi sifatida qabul qilinadi. Shuningdek mustaqil davlat belgisi muhr (tamg’a) hamda taqvim tasdiqlanadi.
Mo’g’ullarning O’rta Osiyoga yurishlari - Chingizxon 1219-yili o'z o'g’illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlar bilan Xorazmshoh anushteginlar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi. Chingizxonga uyg’ur xoni Baurchak, Qarluqlar xoni Arslonxon va Olmaliq hukmdori Sig’qioq teganlar o'z qo'shinlari bilan kelib qo'shiladilar.
Chingizxon janubiy qozoq cho'llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O'tror shahri yaqinida o'z qo'shinini to'plab, uni 4 qismga bo'ladi.
Chiqatoy va O'qtoy qo'shinning bir qismi bilan O'trorni qamal etib, egallash uchun shu erda qoldiriladi.
Jo'chi boshchiligidagi ikkinchi qismi Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchiqliqkent, Siqnoq shaharlarini bosib olishga yuboriladi.
Uchinchi qismi O'trordan janubga, Xo'jand va Banokantni egallashga jo'natiladi. Bu qismga O’loq Nuyon va Suketi Cherbi bosh bo'ladi.
To'rtinchi qismiga Chingizxonning o'zi boshchilik qiladi. Unga taniqli sarkardalar Jebe va Subutoylar yordamlashadi. Ular Zarafshon vodiysi tomon - Buxoro hamda Samarqandni istilo etish uchun yo'l olishadi.

Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling