O`rta asrlar Harbiy san`ati Turk xoqonligi davrida harbiy ish. Mo’g’illarning harbiy sohasini o’ziga hos xususiyatlari


Qo‘shin boshqaruvi hamda harbiy unvonlar


Download 44.41 Kb.
bet4/9
Sana29.03.2023
Hajmi44.41 Kb.
#1308751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ўрта асрлар ҳарбий санъати

Qo‘shin boshqaruvi hamda harbiy unvonlar.
Xoqon hamma narsadan avval “mangu el” (ya’ni imperiya) xotirjamligi, farovonligining kafolatini o‘ylagan.
“mangu el” so‘zining lug‘aviy ma’nosi mangu abadiy davlat ma’nosida ifodalangan. Xoqon bitiktoshlar tili bilan aytganda “turk eli” uchun turk xalqi uchun tunlari uxlamasdan kunduzlari (ishsiz) o‘tirmasligi shart bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda xoqonning harbiy va diplomatik xuquqlari mutloq cheksiz edi.
Turk xoqonligining g‘arbiy qismida qo‘shinning ikkala qanotida ham xoqonlik oila a’zolari – yabg‘u, shad, tegin unvonli shaxzodalar turgan. Xoqonlikning mazkur vakillari tobe qabilalarni boshqarish, soliqlar yig‘ishni bilan birgalikda, ularni harbiy ishlarga jalb etish, janglarga olib borish va harbiy xarakatlarda ham boshchilik qilishgan.
Xoqonlikda shaxzoda – teginlar o‘z qo‘shiniga ega bo‘lib, biror o‘lkani boshqarishga ma’sul qilingan taqdirda SHad unvonini olgan. Qo‘shin boshqaruvini turli darajadagi harbiy amaldorlar olib borishgan. Ular orasida eng yuqorilari – jabg‘u (yabg‘u), tegin, eltabar, bo‘lib mazkur barcha mansablar otadan bolaga meros bo‘lib o‘tgan.
Xitoy manbalari va turkiy bitiktoshlarda xoqonlikning boshqaruv tizimida qariyib 40 ga yaqin unvonlar bo‘lgan.
Turk xoqonligi boshqaruv tizimida xoqondan so‘ng birinchi o‘rinda yabg‘u turgan. Dastlabki davrlarda yabg‘u xoqonning vorisi hisoblanib, odatda xoqonlarning ukalari shu unvonga ega bo‘lgan.
Undan keyin esa tegin, ya’ni xoqonning o‘g‘illari – shaxzodalarga beriladigan unvon hisoblangan. Ularga ma’lum xududlar berilib o‘zlarining qo‘shinlari ham bo‘lgan. Xokimyat akadan ukaga emas, otadan o‘g‘ilga o‘tadigan bo‘lgach, teginlar taxt vorisi hisoblanib, yabg‘ularning mavqeyiga nisbatan ularning mavqeyi yuqoriroq bo‘lishiga olib keldi.
YAbg‘u, shad, tegin, tudun, tutuq, cho‘r, tarhon, erkin, inanchu, buyruq, kabi o‘nlab unvonlar bo‘lgan. Xoqonliklda mavjud unvonlar tizimida suboshi, chabish, bingboshi, beshyuzboshi, yuzboshi, o‘nboshi, kabi unvonlar uchraydi.

Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling