Oʻrta asrlar Sharq uygʻonish davri namoyondasi Abu Nasr Forobiyning shaxs borasidagi sotsiologik qarashlari


Download 1.53 Mb.
bet1/2
Sana18.01.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1100230
  1   2
Bog'liq
Sardor


Oʻrta asrlar Sharq uygʻonish davri namoyondasi Abu Nasr Forobiyning shaxs borasidagi sotsiologik qarashlari

Saidov Murodjon Ma’rupovich


Xaydarov Diyorbek Alimjonovich


Sadilloyev Sardor Zulfiddinovich

TATU Samarqand filiali


Annotatsiya: Ushbu maqolada alloma Abu Nasr Foroboyning shaxs borasidagi sotsiologik qarashlari, baxt-saodatga erishuv yoʻllari, fozil odamlar jamoasida odamlarni belgilarga qarab ajratish yoʻllari hamda jamoa rahbari qanday sifatlarga ega boʻlishi kerakligi haqidagi fikrlari bayon etilgan.


Kalit soʻzlar: shaxs, jamoa, hokim, ta’lim, tarbiya, axloq
A representative of the medieval Eastern Renaissance Abu Nasr Farobi's sociological views on the personality

Saidov Murodjon Ma’rupovich


Xaydarov Diyorbek Alimjonovich


Sadilloyev Sardor Zulfiddinovich

TUIT Samarkand branch


Abstract: This article describes the scholar Abu Nasr Faroboi's sociological views on the individual, ways to achieve happiness, ways to differentiate people in a community of virtuous people based on their characteristics, and what qualities a community leader should have.


Keywords: personality, community, ruler, education, upbringing
Oʻrta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan chambarchas bogʻliqdir. Allomaning inson kamoloti haqidagi ta’limoti inson ruhiyati hamda ta'lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga egadir. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda oʻz bilimi va fikrlash doirasining kengligi bilan nom chiqargan Abu Nasr Forobiyni ulugʻ mutafakkir - “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) deb bejizga atashmagan.
Abu Nasr Forobiy oʻrta asr davri ilm - fani taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan olim boʻlib, tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ishlar olib borgan. Forobiy oʻzidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan, jumladan falsafa, musiqa, filologiya va tabiiy fanlar borasidagi bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan [3].
Forobiy shaxsga oid psixologik qarashlari allomaning fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga boʻlib chiqishida aks topgan. Bunda u, kishilarning

diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim koʻnikmalariga e’tibor berishlik zarur deydi. U oʻzning “Baxt saodatga erishuv yoʻllari haqida risola” asarida “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoʻlga kiritadi”, - deb yozadi. Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi, ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono boʻlishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi, boshqalarga gʻamxoʻr boʻlishi lozim deydi. Forobiy inson baxt va saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari boʻlishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan hokim tabiatan oʻn ikkita xususiyatga ega boʻlishi kerak ekanligini ta’kidlab oʻtgan:


Forobiy ta’lim tarbiyaga bagʻishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv toʻgʻrisida”, “Ixso-al-ulum”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari toʻgʻrisida” kabi asrlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari oʻz ifodasini topgan. Forobiy oʻz ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan boʻlsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda oʻz oʻrni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Forobiy “Baxt-saodatga erishuv toʻgʻrisida” asarida bilimlarni oʻrganish tartibi haqida oʻzining bir qancha fikrlarini bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur boʻlgan ilm oʻrganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni oʻrgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni oʻrganish lozim. Undan soʻng, umuman, jonli tabiat oʻsimlik va hayvonlar haqidagi ilm oʻrganiladi, deydi. Uning fikricha Inson kamolotga yolgʻiz oʻzi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada boʻlish, ularning koʻmaklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj boʻladi. Shuningdek, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, oʻqituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni oʻzicha bila olmaydi. Unga buning uchun oʻqituvchi lozim. Forobiy - “Bunga ta’lim-tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali erishish mumkin”, - deydi. Maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini toʻgʻri bilib oladi va hayotda toʻgʻri yoʻl tutadi, boshqalar bilan toʻgʻri munosabatda boʻladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb bilgan. Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - degan soʻz insonga oʻqitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur boʻlgan xulq normalarini va amaliy malakalarni oʻrgatishdir, deydi olim.
Abu nasr Forobiy yana aytadiki: “Ta’lim - degan soʻz xalqlar va shaharliklar oʻrtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar oʻrtasidagi tugʻma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan soʻzdir. Ta’lim faqat soʻz va oʻrgatish bilangina boʻladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat boʻlgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan boʻlishi, oʻrganishidir” [1].
Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq-odobda ham qay darajada pok boʻlishi kerakligini “Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida”gi risolasida shunday ta’riflaydi: “Falsafani oʻrganishdan avval oʻzingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notoʻgʻri tuygʻularga emas, balki kamolotga boʻlgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat soʻzdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shunday soʻng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yoʻlini tushunib olishga boshlovchi (notiq - soʻzlovchi, fikrlash mahnosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur”.
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali boʻlish, vijdonlilik, kamtarlik, koʻpchilik manfaatini yuqori qoʻyish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma’rifatli boʻlishidir. Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bogʻliq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini koʻramiz. Forobiy “Aql mahnolari haqida” risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim oʻrin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika oʻrtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yoʻlda olib borish uchun aqlni toʻgʻirlab turadi deydi.
Forobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan koʻp jildi asari bilan oʻrta asrning yirik musiqashunosi sifatida ham mashhur boʻldi. U musiqaga ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.
Forobiyning ta’lim-tarbiya yoʻllari, usullari vositalri haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda goʻzal fazilatlar ikki yoʻl - ta’lim va tarbiya yoʻli bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tugʻma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim soʻz va oʻrganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon boʻladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy koʻnikmalarni qay darajada oʻrganganligiga qarab paydo boʻladi, deb koʻrsatadi [2].
Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada ma’naviy - axloqiy qoidalar, odob mehyorlari oʻrganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim-tarbiya ishlarini ikki yoʻl bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
“Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi”ga kelganda, bu odat ikki yoʻl bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi - qanoatbaxsh soʻzlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi soʻzlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi gʻayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yoʻl (yoki usul) - majbur etish yoʻli. Bu usul gapga koʻnmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qoʻllaniladi. Chunki ular oʻz istaklaricha soʻz bilan gʻayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni oʻrganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi boʻladi. Kasb hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish boʻlmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad - ularni fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir.
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada ragʻbatlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini koʻzlaydi. Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni oʻz mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, oʻzaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Insonning kamolga yetishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning oʻzaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, Forobiy tavsiya etgan ta’lim - tarbiya usullari hozirgi davrda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling