Mo’g’ullarning istilochilik yurishlari. - Moʻgʻullar istilosi — XIII asrda Chingizxon va uning avlodlari qoʻshinlarining Osiyo va Sharqiy Yevropadagi urushlari va yurishlarini anglatadi. Moʻgʻullar imperiyasining istilolari keng hududlarning vayron boʻlishiga, koʻplab xalqlarning bosib olinishiga, shaharlar va madaniy yodgorliklarning vayron boʻlishiga olib keldi. Bosib olingan yerlarda Chigʻatoy ulusi, Oltin Oʻrda, Hulokuiylar davlati va boshqa davlatlar vujudga keldiMoʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosqinchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka ega boʻlib, qattiq institutizom va yaxshi qurollanganligi hamda oʻzining jangovar sifatlari bilan qoʻshni mamlakat qoʻshinlarida,n ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda koʻp mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoinligi moʻgʻullarning osonlik bilan gʻalabaga erishishiga qoʻl keldi
Mo’g’ullarning istilochilik yurishlari. Mo’g’ullarning istilochilik yurishlari. - Moʻgʻullar istilosi Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, XIII asr oxiriga qadar davom etgan. 1207—1211-yillarda Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari (buryatlar, yoqutlar, oyrotlar, qirgʻizlar va uygʻurlar) boʻysundirildi. Tangut davlati (Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar qilindi (1227-yilda butunlay vayron qilindi). 1211-yil Chjurchjen davlati (Shimoliy Xitoy)ga hujum boshlandi, 90 ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215-yil Pekinni bosib oldilar. 1217-yil Xuanxe daryosining shimolidagi yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi
Oltin Orda. - Oltin oʻrda, Joʻji ulusi 13-asrning 40-yillari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (1238—1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224-yil Joʻji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga qaram boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga koʻchirildi. Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qoniga qaram boʻlib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi
Do'stlaringiz bilan baham: |