O‘rta asrlar Yevropa adabiyotshunosligi. Reja


Ritsar’ – kurtuaz adabiyoti


Download 41.89 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi41.89 Kb.
#1541001
1   2   3   4
Bog'liq
O‘rta asrlar Yevropada adabiyot tayyor

Ritsar’ – kurtuaz adabiyoti. XII-XIII asrlarga kelib Frantsiya va boshqa G’arbiy Evropa davlatlarida feodallashish jarayonini asosan tugallanadi. Davlat tepasidagi qirol boshqa feodallar uchun sin’or (syuzern) hisoblanar edi. Katta er egalari bo`lgan graf, gertsog, episkoplar va o`z grafliklari doirasida mustaqil hukmron edilar.
Kichikroq baronlar yirik graf va gertsoglarni sin’or deb atashgan. Baronlarga esa kichikroq feodal va ritsarlar bo`ysunganlar.
Ritsar o`z xo`jayiniga sodiq, uning mol-mulki va manfaatlarini himoya qiluvchi jangchi edi. Dabdabali ritsarlik qoidalarini yaratishda XII-XIII asrlarda paydo bo`lgan ritsar’ adabiyoti muhim rol’ o`ynaydi. Biroq ritsarlik ideallari real turmush faktlariga zid edi. X asr boshlarida Provans viloyati alohida davlat edi. Janubiy Frantsiyadagi ushbu viloyat iqtisodiy va ma`naviy sohada rivoj topadi. Bu erda frantsuz adabiy tilga asos solinadi.
Dastlab Provansda feodal sin’orlari dunyoviy ritsar’ madaniyatining ifodasi bo`lgan Kurtuaz poeziyasi dunyoga keldi. Provans shoirlarini trubadurlar deb atashgan. Trubadur frantsuzchadan «topmoq», «ijod etmoq» degan ma`noni anglatadi. Bu adabiyot saoroyga xos nafislik, odob-tavoze, xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab qiladi. Ayollarni ulug’lash – trubadurlar ijodida asosiy o`rin egallaydi. Provans shoirlari muhabbat oshiqni yaxshi fazilati etib tarbiyalaydi., qalbini poktantiradi deb tushuntiradi. Ularning fikricha, oshiq odam hech qachon yomon niyatlar, yomon ishlarni qilmaydi, aksincha hamma vaqt oliyhimmat bo`lishga intiladi. Shoir Arnaut de Maruel provans shoirlariga xos fikrni bayon qilib:
Muhabbatsiz odam hurmatga sazovor bo`la oliaydi” deb yozadi. Ishqqa bunday munosabatda bo`lish hamma provans shoirlariga xos fazilatdir.
Provans trubadurlarining ishq fazilatlari haqidagi fikrlari Sharq faylasuflarining qarashlariga hamohangdir. endilikda provans trudadurlari ishqiy lirikasining mazmuni, shakli uslubi asosida Sharq she`riyati yotganligi haqidagi fikrlar hech kimda shubha qoldirmadi.
Sharq va G’arb aloqalari markazi bo`lmish Provansda shakllangan saroy she`riyatning asosiy mavzui mahbuba go`zalligini maqtash, oshiqning azob-uqbatlarini izhor qilishdan iborat. Ritsar ishqiy she`riyati keyinchalik boshqa Evropa mamlakatlari, ayniqsa Italiyada YOqimli yangi uslub va Olmoniyada minnezanglar she`riyati sifatida keng tarqaladi. Mahbuba qiyofasining go`zalligi ritsar shoirlari uchun (Sharqda ham shunday) birinchi shart edi. Ritsar muhabattida jismoniy yaqinlikka intilish mutloq uchramaydi. Trubadurlar she`rning shakliga, qofiyalanishiga ortiqcha e`tibor berar edilar. Ikki uslub: yorqin uslub (munozara, bahs) tumanli uslub (kinoyali so`zlar, murakkab, mavhum iboralar.) Oddiy xalq tushuna olmaydi. Trubadurlar o`rta asr poeziyasini yangi bosqichga olib chiqdilar. Biroq ularda sun`iylik va shaklbozlikka (formalizm) berilish kuchli bo`lgan. Muhabbat mavzusi ritsarlik lirikasida murakkab sevgi qoidalarini yuzaga keltirib chiqaradi (30 ga yaqin qo`shiqchi trubadur ayollar ham bo`lgan).
Trubadurlar lirikasining eng gullagan davri - XII asr oxirlariga to`g’ri keladi. SHu davrda ijod etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir (taxminan 1140-1195).
U dastlabki she`rlarini o`z sin’orining xotiniga, so`ngra Angliya qirolichasi elenoraga bag’ishlagan (uning xizmatida bo`lgan). Uning she`rlari nafis va ohangdor. Ventadorn she`riyati sevgi ruhi bilan sug’orilgan. U she`rlaridan birida “Qalbingda sevgi bo`lmasa bu dunyoda yashashni hojati yo`q” – deydi. Xonimga: “Men sizni mulkingizman” – deb xitob qiladi. Uning qo`shiqlarini boshqa qo`shiqlardan farqi haqida “ Chin qalbdan chiqqan poeziyagina mening uchun qimmatlidir. Lekin bu faqat haqiqiy sevgi xukmronlik qilgan qalbdagina bo`lishi mumkin. Mening butun borlig’imda sevgi hukumron” – deydi.
Bertran de Born esa aksincha asosan siyosiy mavzuda ijod qilgan. (taxminan 1140-1215 yillar). U o`zining sirventalari bilan mashxur bo`lib, ularda tajavuzkorlik, jang lavhalari, ritsarlar urushlarini tasvirlagan. U qishda bahorni qumsaydi, chunki bahor sevgi fasligina emas, balki harbiy erishlar fasli hamdir.
Uning poeziyasida kurtuazcha nafis tuyg’ular zo`ravonlikka asoslangan eski, dag’al ritsar’ ideallari bilan qo`shilib ketadi. SHuning uchun u oddiy xalqni “surbet”, “yalqov” deb atab, ularni iskanjada saqlashni targ’ib etadi.
U keyinchalik o`z otasiga qarshi bosh ko`targan shahzoda Genrixni qo`llab quvatlaydi. (Go`yoki de Born ota-bolani urushtirib qo`ygan degan gaplar tarqalgan. Shuning uchun bo`lsa kerak, Gyote de Bornni “Faust” asarida do`zaxda tasvirlaydi).
Shahzoda Genrix bezgak kasali bilan og’rib vafot etadi. Born unga bag’ishlangan mashxur marsiyalarini yozadi. U bir qancha sevgi qo`shiqlari ham ijod qilgan.
XIII asr – provans lirikasining so`nish davridir. CHunki bu davrda yangi shahar adabiyoti paydo bo`ldi. SHu bilan birga, 1209 yilda shimolliklar Simon de Monfor boshchiligida janubga xujum qildilar (20 yillik urush) va g’alaba qozongan. Trubadurlarning ko`pchiligi qo`shni Italiya, Piriney yarim oroli, hatto Germaniyaga o`tib ketadi.

Download 41.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling