O’rta asrlarda Yevropa fani


Download 24.44 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi24.44 Kb.
#1388624
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI

SXOLASTIKA (yun. scholastikos - maktabga, olimga oid) — diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga intiluvchi diniy falsafa. O`rta asrlarda G`arbiy YEvropada taraqqiy etgan. U ilohiyot-aqida asoslarini ratsionalistik meto­dika va formal mantiq masalalari («masala talashish») b-n bog`laydi.
Sxolastika so`zining lug`aviy ma`nosi «maktab», «o`qiydigan joy» kabilarni anglatadi. Sxolastlar deb Buyuk Karl saroyidagi, saroy maktab-laridagi o`qituvchilarni hamda dinni o`qitishda falsafadan foydalangan o`rta asr ilohiyotchilarini ataganlar. Bular haqiqatni yangidan qidirmaganlar, balki mav-jud haqiqatni mantiqiy yo`llar bilan isbotlashga harakat qilganlar.
Sxolastika — bu ilohiyotni ratsionallashtirishga bo`lgan urinishning yangi ko`rinishidir. E`tiqodni tafakkur bilan mustahkamlash maqsadida ilohiyot muqaddas kitoblar falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilinishi kerak, deb hisoblagan. Muqaddas kitob so`zlarini Aristotel deduktiv logikasi yordamida sistemalashtirish va yangi kashf qilingan Aristotel falsafasi bilan uyg`unlashtirish kerak, deb hisoblangan. Sxolastika Aristotel falsafasining YEvropaga kirib kelishining asosiy sababidir. V asrda Boetsiy tomonidan tarjima qilingan bir necha asarlargina mavjud edi. Uning dunyoqarashi haqida lotin tilidagi tarjimalardan juda kam ma`lumotga ega edilar.
XII asrga kelib G`arbiy YEvropada Aristotelning lotin va arab tilidan tarjima qilingan asarlari bilan kengroq tanishdilar. Buyuk arab mutafakkiri Ibn Rushd (Averroes -1128—1198) ning tarjima va sharhlari 1200 yildan YEvropaga Ispaniya (Andaluziya) orqali kirib keldi. Xuddi shu davrda YEvropaga mashhur yahudiy mutafakkiri Moisey Maymoniy (1135—1204) tomonidan qilingan tarjimalar ham kirib kela boshladi.
Sxolastikaning tarqalishiga yana bir sabab — muqaddas kitoblarni o`rganish uchun ayrim monax ordenlarining falsafaga qiziqishi bo`ldi.
Masalan, Foma Akvinskiy, uning ustozi Buyuk Albert Dominikan ordeni monaxlari, Vilyam Okkam va Bonavetura, frantsiskan ordenlari monaxlari edi. XII asrda vujudga kelgan universitetlar yangi ilmiy yo`nalishga boshpana bo`ldi va tez orada ilohiyotni mantiq va tafakkur yordamida o`rganishning dasturi ishlab chiqildi. Masalan, Parij universiteti Abelyar davrida sxolastikaning yetakchi markaziga aylandi. Sxolastlar asosan haqiqatni qidirish bilan emas, balki mavjud bo`lgan umumiy haqiqatni ratsional taxlil qilish bilan shug`ullanganlar. Ular uchun haqiqatga qanday usul bilan erishilmasin, muqaddas kitoblarga e`tiqod usuli bilanmi yoki falsafiy mantiq usuli bilanmi, bundan qat`i nazar, haqiqatning garmonik tarzda yaxlit bo`lishi shart qilib qo`yilgan.
O`rta asr tafakkuri faqat siyosiy va cherkov birligiga erishishnigina emas, balki falsafada birlikka ham erishishni xoxlagan. XIII asrda YEvropada Aristotel falsafasining kirib kelishi sxolastlarni bu masalani bajarishga undadi. Sxolastlar uchun dalillar mutlaq, ishonchli va muximdir. Ular ta`limotining mazmunini Bibliya (Tavrot va Injil), e`tiqod ramzlari, cherkov otalarining asarlari tashkil etardi. Ularning maqsadi esa e`tiqod aqlga mos keladimi, degan savolga javob berish bo`lgan.

Download 24.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling