Oʻrta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi
Download 17.33 Kb.
|
Oʻrta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Arablar bosqini va uning tarixiy bilimlar rivojiga ta`siri.
O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o`zaro munosabatlari tarixini T.Saidqulov, L.N.Gumilev Abushiy Xasan Ato va Turon Usmon asarlari orqali bilib olishimiz mumkin. Bu asarlar orasida Nasimxoning «Turk hoqonligi» nomli asari alohida o`rinni egallaydi. Garchi olim filolog bo`lsada, qadimgi turkiylarning imon-e`tiqodi, madaniyati, turmush tarzi haqida qiziqarli ma`lumotlarni keltiradi. Ushbu asarning e`tiborli joyi shundakim, N.Y.Bichurin, S.G.Klyashtorniy, V.A.Liviщits kabi tarixnavislarning ilmiy merosini yangicha yondashuv asosida talqin qila olgan1.O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o`zaro munosabatlari tarixini T.Saidqulov, L.N.Gumilev Abushiy Xasan Ato va Turon Usmon asarlari orqali bilib olishimiz mumkin. Bu asarlar orasida Nasimxoning «Turk hoqonligi» nomli asari alohida o`rinni egallaydi. Garchi olim filolog bo`lsada, qadimgi turkiylarning imon-e`tiqodi, madaniyati, turmush tarzi haqida qiziqarli ma`lumotlarni keltiradi. Ushbu asarning e`tiborli joyi shundakim, N.Y.Bichurin, S.G.Klyashtorniy, V.A.Liviщits kabi tarixnavislarning ilmiy merosini yangicha yondashuv asosida talqin qila olgan1. 2. Arablar bosqini va uning tarixiy bilimlar rivojiga ta`siri.Arablar O`zbekiston hududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar. 705 yildan boshlab arablarning O`zbekiston ustiga istilochilik uyrishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim (715 yili hozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich mozor temir yo`l bekati yonida o`ldirilgan) boshchilik qildi2. Arab istilosi O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta zarar etkazdi, ko`plab katta va boy shaharlarning kuli ko`kka sovurildi, ming-minglab kishilarning «yostig`i quridi», Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda ko`p noyob asarlar yo`q qilindi. O`zbekiston xalqlari arab istilochilariga qarshi bir necha bor qo`zg`alon ko`tardilar. Shular sirasida 769-776 yillarda butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o`ldirilgan) boshchiligida bo`lib o`tgan qo`zg`alon tarixshunosligi mustaqillik yillarida alohida o`rganildi. Masalan G`ulom Karim «Muqanna qo`zg`oloni muarrixlar talqinida» // Ma`rifat, 2003 yil 8 fevral, 15 fevral, 15 may sonlarida.O`zbekiston xalqlari arab istilochilariga qarshi bir necha bor qo`zg`alon ko`tardilar. Shular sirasida 769-776 yillarda butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o`ldirilgan) boshchiligida bo`lib o`tgan qo`zg`alon tarixshunosligi mustaqillik yillarida alohida o`rganildi. Masalan G`ulom Karim «Muqanna qo`zg`oloni muarrixlar talqinida» // Ma`rifat, 2003 yil 8 fevral, 15 fevral, 15 may sonlarida. Ibn Xalikkon Muqannaning nomi Ato bo`lgan deb yozadi. O`rta asrlarda yashagan arab muarrixi turkiy «ota» so`zini shunday yozgan bo`lishi mumkin. O`sha zamonda islomni qabul qilgan turonliklar asl turkiy va sug`diy nomlaridan tashqari, arabcha ism yoki laqablar ham olishi urf bo`lgan edi. Download 17.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling