Oʻrta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi
Download 17.33 Kb.
|
Oʻrta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O`rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy uyksalish tarixshunosligi.
- Toshkent, 2003
Muqanna qo`zg`oloni zamonaviy tadqiqotchi va adiblarni ham ilmiy va badiiy asarlar yaratishga ilhomlantirib kelmoqda. O`tgan XX asrda «oq kiyimlilar» harakati haqida Sadriddiy Ayniy, A.Yakubovskiy, T.Qodirova va Poyon Ravshanovlarning muhim tadqiqotlari uyzaga keldi. Atoqli shoir Hamid Olimjon «Muqanna» tarixiy dramasi, yozuvchi Mirzapo`lat Toshpo`latov «Sanam tog`idagi gulxan» tarixiy qissasini yozdi. Xorijiy mamlakatlarda ham ilmiy tadqiqotlar yaratilgan bo`lib, Eron yozuvchisi Saif Nafisiy va argentinamik jahonga mashhur adib Xorxe Luis Borxesning Muqanna haqida hikoyalar yozishgani ma`lum.3. O`rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy uyksalish tarixshunosligi.Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovutlar, mahalliy aholi va bosqinchilar o`rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi tufayli Movarounnahrda Somoniylar (819 y) hokimiyat tepasiga keldilar. Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy uyksalishiga yo`l ochdi. Movarounnahr maxsus geografik termin sifatida arablar o`rtasida VII-VIII asrdan, aniqrog`i, arab istilolari boshlanish davridan ma`lum va «Daryo orqasidagi (Amudaryo ortidagi) erlar» ma`nosini anglatgan. Darhaqiqat, shundan boshlab Movarounnahrning shon-shuhrati jahonga namoyon bo`ldi. Movarounnahr ilmu ziyo markazi sifatida butun dunyogav etildi. U islom ulamolarini etishtirgan, xususan, tarixshunos va geograf olimlar Vatani sifatida olamda shuhrat qozongan muqaddas uyrtdir. Vatanimizning IX-XII asrlaridagi madaniy uyksalishini tarixshunoslar sharq uyg`onish davriga mengzaydilar. Bo`riboy Ahmedovning «O`zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari» (Toshkent, 2003) risolasida O`zbekistonda VIII-XIX asrlarda yashab ijod htgan tarixshunoslar, ularning ilmiy faoliyati va mmuhim asarlariga qisqacha to`xtalib o`tiladi. Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismga tarixshunos va geograf olimlar kiritilgan bo`lib, ikkinchi qismida biograf olimlar va ularning muhim asarlari (tazkiralari, manoqiblari) haqida umumiy ma`lumot beriladi. Risolada IX-XII asrlarda yashab, ijod qilgan 8 ta yirik, madaniy uyksalishga hissa qo`shgan, tarixshunoslar haqida ma`lumotlar beriladi. Bular quyidagilardir: Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy – VIII-IX asrlarda (789-850 yy.) o`tgan xorazmlik qomusiy olim. Al-Xorazmiyning tarixiy asari – «Kitob ut-tarix» bo`lib, ayrim parchalari at-Tabariy (839-923 yy.) va Ibn-al-Asir (1160-1234 yy.)ning kitoblari orqali bizgacha etib kelgan.Download 17.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling