Oʻrta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi


Download 17.33 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi17.33 Kb.
#1504022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oʻrta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi-fayllar.org

Sam`oniy XII asrda yashab o`tgan mashhur qomusiy olim. Sam`oniy o`zidan katta yodgorlik qoldirib ketgan. U ikkita yirik asar «Kitob ul-ansob» («Nasablar haqida kitob») hamda yigirma jildlik «Tarixi Marv» kitoblarining muallifidir.

Xullas, IX-XII asrlardagi uyksalish uzoq davrlar mobaynida taraqqiy etib kelayotgan turmush madaniyatiga ega bo`lgan xalqlar hayotida uyz beradi.

4. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri

Abubakr Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn SHarik an Narshaxiy (899-959) X asrda yashab o`tgan buxorolik yirik tarixshunos olim. Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog`idan chiqqan.

Narshaxiy «Tarixi Buxoro» deb shuhrat topgan qimmatli bir asar yozib qoldirgan. Mazkur asar aslida arab tilida yozilgan, lekin arabcha matni saqlanmagan. Bizgacha uning qisqartirilgan forsiycha tarjimasi etib kelgan, xolos.

«Tarixi Baxoro»da Zarafshon vohasining quyi oqimida joylashgan shahar va qishloqlarning geografik holati, mahalliy aholining VII-X asrlardagi turish-turmushi, Buxoroning diqqatga sazovor joylari, O`rta Osiyoning arablar tarafidan istilo etilishi, mamlakatning Somoniylar hukmronligi (819-1005 yy.) yillaridagi siyosiy tarixi voqealarigina qisqa tarzda bayon etilgan.

5. Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning kuchayishi.

O`rta Osiyodan etishib chiqqan olimlar tomonidan jahon ilm xazinasiga qo`shilgan hissaning naqadar buuykligi tarixchilar tomonidan qayd etilgan, tarixshunoslar tomonidan esa muntazam targ`ib qilib kelinadi. Hozirgi bizga ma`lum «arab raqamlari» aslida Muhammad Muso Xorazmiy tomonidan hind tsifralari asosida ishlab chiqilgan bo`lib, Rim papasi Sil’vester II (999-1003 yillar) buyrug`i bilan Ovrupo mamlakatlarida joriy etiladi. Bu davrgacha o`ta noqulay rim raqamlari qo`llanilar edi. Sil’vester yoshligida Ispaniyada ta`lim olgan, arab tilini bilgan zamonasining o`qimishli vakili edi. Dastlabki Ovrupa universitetlarining faqat tibbiyot bo`limlarida matematika o`rganilgan. O`rta asrlarda ko`pchilik shifokorlar matematik ham bo`lganlar. Ibn Sino nomini tarjimonlar o`z tillarida Aben Sena deb yozadilar. Bu nom oddiy tilda Aven Sina shaklida qo`llanilib, lotin transkriptsiyasida Avitsenna bo`lgan. Bizning tushunchamizdagi shifoxonalar Ovrupada faqat 1500-yillarda tashkil topadi. Ular bemorlarni Ibn Sino va ar-Roziy usullari bilan davolaydilar. «Al-Qonun», 1500-yilgacha hali kitob bosish ishi endigina amalga oshirila boshlagan davrda 16 marta chop etiladi. Bu XVII asr oxirigacha Ovrupada yagona qo`llanma va darslik sifatida qo`llanilgan.


Download 17.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling