O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi


Download 474.17 Kb.
bet40/58
Sana12.07.2023
Hajmi474.17 Kb.
#1659924
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Savol va topshiriqlar

  1. O’lchash nima?

  2. O’lchamlarning qanday turlari va usullarini bilasiz?

  3. Rundalik xayotingizda va mutaxassisligingizda xos bo’lgan turli o’lchash usullari va turlarini so’zlab bering.

  4. O’lchash vositasi nima?

  5. Standart namuna nima?

  6. O’lchash vositalarining turli-tumanligini nima bilan tushuntirib berasiz?

  7. O’lchovlarning qanday turlari mavjud?

  8. O’lchash asboblarining qanday turlarini bilasiz?

  9. Etalonlarning yaratilishi tarizini gapiring, ular nima uchun maxsus joylarda saylanadi?

  10. Etalonlarning o’zgarmas qoidaini tushuntiring.

  11. Qaytaruvchanlik deganda nimani tushunasiz?

  12. Etalon konstruktiv tuzilishiga qarab qanday turlarga ajratiladi?

  13. Boshlang’ich, tobe va davlat etalonlarini gapirib bering.

  14. O’lchashlarning qanday sifat mezonlari mavjud?

  1. O’lchash xatoliklari haqida umumiy ma’lumotlar

O’lchash xatoliklari turli sabablarga ko’ra turlicha ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • o’lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar;

  • o’lchash ob’ektini o’lchash joyiga (pozisiyasiga) o’rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;

  • o’lchash vositalarining zanjirida o’lchash ma’lumotini olish, saqlash, o’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar;

  • o’lchash vositasi va ob’ektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar;

  • o’lchash ob’ektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi

sabablar;

  • operatorning malakasi va holatiga bog’liq sabablar va shu kabilar.

O’lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o’lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchi omillarni aniqlash lozim bo’ladi.
O’lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko’ra quyida keltirilgan turlarga bo’linadi:
I. O’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo’lsa, shu birlikda ifodalanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 jum va h.k. Mutlaq xatolik quyidagicha aniqlanadi:
A = Ax - A4 = Ax “ A0;
bunda, Ax - o’lchash natijasi;
Ach - kattalikning chinakam qiymati;
Ao - kattalikning haqiqiy qiymati.
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma (popravka) deb ataladi va dT bilan belgilanadi.
-A = dT yoki AOqAXQ dT.
Nisbiy xatolik - absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va prosent (%) larda ifodalanadi:
P = [(Ax - Ao)/Ao]-100 = (A /Ao)100%.
Odatda, o’lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi.
Absolyut xatolikni asbob ko’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini prosentlarda olinganiga keltirilgan nisbiy xatolik deb ataladi.
P =-^ ■ 100%
A
^xmax

Download 474.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling