O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi
o’lchash vositalari uchun qiyoslash sxemasi -
Download 474.17 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus
- Bu sahifa navigatsiya:
- N.Artikova
o’lchash vositalari uchun qiyoslash sxemasi - birlik o’lchamini etalondan ishchi o’lchash vositalariga uzatishda qatnashuvchi o’lchash vositalarining tobe’ligini belgilovchi me’yoriy hujjat (uzatish usullari va uzatish xatoligi ko’rsatilgan bo’ladi);
davlat qiyoslash sxemasi - mamlakatda bor bo’lgan barcha mazkur kattalikni o’lchash vositalariga nisbatan qo’llaniladigan qiyoslash sxemasi mahalliy qiyoslash sxemasi - hudud, soha, mahkama yoki alohida muassasa (tashkilot) da qo’llaniladi-gan, mazkur kattalikni o’lchash vosi-talariga nisbatan qo’llaniladigan qiyoslash sxemasi. o’lchash vositalarini qiyoslash - o’lchash vositalarining belgilangan talablarga mosligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmati idorasi yoki bu ishga vakolatli boshqa idoralar (tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui. o’lchash vositalarini birlamchi qiyoslash o’lchash vositasini ishlab chiqaril-ganda yoki ta’mirlangandan keyin, shuninglek o’lchash vositasini chet eldan to’p-to’p qilib keltirishda, sotishda bajariladigan qiyoslash o’lchash vositalarini davriy qiyoslash o’lchash vositasini foydalanish davrida ma’lum vaqt oraliqlarida qiyoslash. Davriy qiyoslash uchun qiyoslashlararo vaqt oraliqlari u yoki bu o’lchash vositasinig barqarorligiga qarab qiyoslash me’yoriy hujjatlarida belgilanadi va bir oydan bir necha yilgacha belgilanishi mumkin. qiyoslash laboratoriyasi - o’lchash vositalarini qiyoslashni o’ziga berilgan huquqqa muvofiq bajaradigan metrologik xizmat idorasi. o’lchash vositalarini navbatdan tashqari qiyoslash o’lchash vositasini navbatdagi davriy qiyoslash muddati kelmasdan oldin bajariladigan qiyoslash. Navbatdan tashqari qiyoslash zaruriyati turli sabablar: o’lchash vositasining metrologik xususiyatlari yomonlashgan yoki bunga gumon paydo bo’lganda, foydalanish sharoitlari buzilganda, qiyoslash tamg’asi buzilganda va boshqa kamchiliklar natijasida yuzaga keladi. . Boshlang’ich etalonlarni davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan qiyoslash va (bu idoralar tomonidan qiyoslani-shi mumkin bo’lmagan) noyob o’lchash vositalarini qiyoslash ixtisoslik bo’yicha davlat ilmiy metrologik markazlar (DIMM) kuchi bilan amalga oshiriladi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati bajarilishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari qiyoslanadi. Qiyoslashda etalondan foydalaniladi. Qiyoslash ishlari qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlarda belgilangan majburiy talablarga muvofiq bajariladi. Qiyoslashni maxsus o’qitilgan, Davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan qiyoslovchilar sifatida attestasiyalangan mutaxassislar bajaradi. Qo’llanishga yaroqli deb tan olingan o’lchash vositalarini qiyoslash natijalari qiyoslanganlik to’g’risida guvohnoma berib, qiyoslanganlik tamg’asini bosib yoki qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlarda belgilangan boshqa usullar bilan rasmiylashtiriladi. Qiyoslashni o’tkazish huquqini berish mumkin bo’lgan boshqa rasmiy vakolatli idoralar sifatida yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari qatnashadi. O’lchash vositalarini qiyoslash huquqini berish akkreditasiyasi bunga vakolatli davlat boshqaruv idorasi tomonidan o’tkaziladi. O’lchash vositalarini kiyoslash ishlarini tashkillashtirishda javobgarlik o’lchash vositalarini ishlab chikaruvchi, ta’mirlovchi va kiyoslash ishlarini olib boruvchi korxona va tashkilot raxbarlariga yuklanadi. O’lchash vositalarini kiyoslashni me’yoriy xujjatga va O’zstandart agentligi tomonidan ko’rsatilgan kiyoslash vositalari va metodiga yoki metodik ko’rsatmalariga muvofik tarzda olib borilishi kerak. Savol va topshiriqlar O’lchash asbobi deb qanday vositaga aytiladi ? O’lchash asboblari struktura sxemasining turi bo’yicha qanday asboblarga bo’linadi ? O’lchash vositalarining asosiy metrologik tavsiflari to’g’risida gapirib bering. O’lchash vositalarining qanday aniqlik xossalari bor va u nima ma’noni anglatadi? O’lchash o’zgartkichlarining keng tarqalgan turlari to’g’risida tushuncha bering. O’lchash asboblaridagi asosiy tarkiblar. Analog o’lchash asboblar haqida umumiy ma’lumot bering. Magnitoelaektrik o’lchash asboblari haqida gapirib bering. Elektoromagnit o’lchash asboblari haqida tushuncha bering. Elektorodinamik o’lchash asboblari haqida gapirib bering. Raqamli o’lchash asboblari. O’lchash asboblaridagi shartli belgilar. Elektr o’lchash asboblariningturlari to’g’risida nimalarni bilasiz ? Elektr o’lchash asboblari ma’lumotlarni ko’rsatishlariga qarab qanday turlarga bo’linadi ? Raqamli o’lchash asboblariga ta’rif bering. O’lchash texnikasidagi yangi o’lchash usullari to’g’risida tushuncha bering. O’lchash texnikasidagi avtomatlashtirilgan tizimlar to’g’risida so’zlab bering. O’lchash texnikasining hozirgi kundagi holati qanday ? O’lchash texnikasining rivojlanish istiqbollari to’g’risida gapirib bering. Foydalanilgan adabiyotlar Ismatullaev P.R., Ma’rufov E.A., Abdullaev A.X. Metrologiya bo’yicha izohli lug’at. Toshkent, 1993 y. Ismatullaev P.R., To’xtamurodov Z.T. Sifat va sertifikat. Konstruktor IChB. 1994 y. Ismatullaev P.R., To’xtamurodov Z.T., Abdullaev A.X. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga muqaddima. Konstruktor IChB. 1995 y. Kro’lova A.N. Osnovo’ metrologii, standartizasii i sertifikasii. M.: Audit, 1998 g, YuNITI. O’zRST 8.010-93. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. O’zRST 1.0-92. O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar. O’zRST 5.0-92. O’zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlash tizimi. Asosiy qoidalar. Ismatullaev P.R., Abdullaev A.X., Turg’unboev A., A’zamov A.A. O’lchashlarning fan va turmushdagi tutgan o’rni. TDTU, 1999 y. Ismatullaev P.R., Abdullaev A.X., Qodirova Sh.A., A’zamov A.A., Miralieva A.Q. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash-tirish. Ma’ruzalar matni. TDTU, 2000. 10.Shishkin I.F. Metrologiya, standartizasiya i upravlenie kachestvom. M.: Izd. Standartov, 1990 g. Elektricheskie izmereniya. Pod red. A.V.Fremke, Leningrad, “Energiya”, 1985. Begunov A.A., Ismatullaev P.R., Ikramov G.I. Izmereniya v texnologicheskix otraslyax promo’shlennosti. Tashkent, “Mexnat”, 1991 g. Lifis N.M. Standartizasiya, metrologiya i sertifikasiya. M., 2002 g. www. Standart.ru; www usst.uz Kudryashov L.S. Standartizasiya, metrologiya i sertifikasiya v pihevoy promo’shlennosti. M., 2001g. 16.Sergeev A.G., Kroxin V.V. Metrologiya. M.: 2001g. 17.Kozlov M.G. Standartizasiya, metrologiya. M.: 2001g. 18.Ismatullaev P.R. va boshqalar. Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Toshkent, 2001 y. Abduvaliev A.A. i dr. Osnovo’ standartizasii, sertifikasii i upravleniya kachestvom. Tashkent, 2005. Abduvaliev A.A. i dr. Osnovo’ obespecheniya edinstva izmereniy. Tashkent, 2005. Rekomendasiya. GSI. Primenenie “Rukovodstva po vo’rajeniyu neopredelennosti izmereniy”. Sankt-Peterburg, 2000. www.smsiti.uz www. standart.uz www.uniim.ru Gulyamov, S.S., Umidov Sh. E., Turg’unboev A. IShLAB ChIQARIShNING METROLOGIK ASOSLARI o’quv qo’llanma Muharrir N.Artikova Badiiy muharrir M.Odilov Kompyuterda sahifalovchi U.Rahmatov «IQTISOD-MOLIYA» nashriyotida tayyorlandi. 100084, Toshkent, Kichik halqa yo’li, 7-uy. Bosishga ruxsat berildi 11.11.12. Bichimi (60x90) 1/16. Shartli bosma tabog’i 9. Adadi 200 nusxa. «HUMOYUNBEK-ISTIQLOL MO’JIZASI» bosmahonasida chop etildi. 100000, Toshkent, Olmazor ko’chasi, 171-uy. Download 474.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling