Sonlarning qiymatli raqamlari. Berilgan sonning qiymatli raqamlari - bu nolga teng bo’lmagan birinchi chapdagi raqamlardan hammasi to o’ngda yozilgan raqamlarning oxirigacha. Bunda, 10n ko’paytmadan keyingi nollar hisobga olinmaydi.
Misollar: 1. 12,0 soni uchta qiymatli raqamga ega;
30 soni ikkita qiymatli raqamga ega;
120 ■ 103 soni uchta qiymatli raqamga ega;
0,514 - 10 soni uchta qiymatli raqamga ega;
0,0056 soni ikkita qiymatli raqamga ega.
Yaxlitlash qoidasi. Yaxlitlash shundan iboratki, unda o’ng tarafdan boshlab qiymatli raqamdan to aniq raqam razryadigacha tashlab yuboriladi.
Misol: 132,48 soni o’ngdan to’rtinchi raqam yaxlitlanadi va u 132,5 bo’ladi. Agar tashlab yuboriladigan birinchi raqam (chapdan o’ngga qarab hisoblaganda) 5 ga teng yoki katta bo’lsa, unda oxirgi saqlanadigan raqam bittaga ko’paytiriladi.
Misollar: 1. 0,145 soni ikki qiymatli raqamgacha yaxlitlanadi va 0,15 bo’ladi;
0,156 soni esa 0,16 ga yaxlitlanadi.
Sonlarni qiymatli raqamning istalgan sonigacha bosqichli emas, balki bir yo’la yaxlitlash kerak.
Misol: 565,46 soni uchta qiymatli raqamgacha bevosita 565 ga yaxlitlanadi. Bosqich bo’yicha yaxlitlanganda I-bosqichda - 565,5 ga,
bosqichda esa 566 (xato bilan) ga yaxlitlanishi mumkin edi.
Butun sonlar ham kasr sonlar kabi yuqoridagi qoida bo’yicha yaxlitlanadi.
Misol. 12456 sonini ikki qiymatli raqamgacha yaxlitlanishi
103 ni, to’rtta qiymatli raqamgacha yaxlitlanishi esa 1245-10 ni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |