O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi


Ehtimollikning taqsimlanishini sonli xarakteristikalari


Download 474.17 Kb.
bet46/58
Sana12.07.2023
Hajmi474.17 Kb.
#1659924
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Ehtimollikning taqsimlanishini sonli xarakteristikalari
Har qanday o’lchash natijasini, tasodifiy kattalik kabi, ehtimollikni taqsimlanish funksiyasi yordamida izohlash qanchalik to’liq bo’lmasin, u nihoyatda noqulaydir. Metrologik amaliyotda ehtimollikni taqsimlanishi taqribiy uning sonli xarakteristikalari yoki momentlari yordamida izohlash bilan chegaralanadi. Sonli tavsiflar agar koordinata boshidan hisoblansa, momentlar boshlang’ich, agar taqsimlanish qonunining markazidan hisoblansa (yozib olinsa) - markaziy sonli tavsiflar bo’lib tasvirlanadi.
Ehtimollikni taqsimlanishini boshlang’ich sonli tavsiflari
(momentlari) ehtimollikni taqsimlanishi differensial funksiyasini holatini aniqlaydi, markaziy sonli xarakteristikalar esa (ehtimollikning tarqoqlanish xarakteristikalari, assimmetriya va ekssessa xarakteristikalari) uning shaklini aniqlaydi.
Ehtimollikni taqsimlanish holatini xarakteristika-lariga
taqsimlanish markazi (matematik kutilish), mediana, modalar kiradi.
Diskret tasodifiy kattalik (x) ning matematik kutilishi
quyidagicha ifodalanadi:
n
M[x] = xi Pi + x2 P2 +... + XnPn =X xtP,
i=1
Uzluksiz tasodifiy kattalik (x) ning matematik kutilishi
M [x] = jxp(x ')dx -ro .
Tasodifiy bo’lmagan sonning matematik kutilishi shu sonning o’ziga teng:
M[a] = a
.
a - o’zgarmas ko’paytma bo’lib, uni matematik kutilish belgisining tashqarisiga chiqarish mumkin:
M[ ax] = aM[ x]
.
Tasodifiy sonlar yig’indisini matematik kutilishi ularning matematik kutilishlarining algebraik yig’indisiga teng:
M [x + y + z ] = M [x] + M [y ] + M [z ]
.
Bog’liq bo’lmagan (mustaqil) tasodifiy sonlarning ko’paytmasini matematik kutilishi ularning matematik kutilishlarining ko’paytmasiga teng:
M[xyz] = M[x] M[y] M[z]
.
Tasodifiy sonning og’ishi, uning matematik kutilishidan og’ishi nolga teng:
M [x - M •[<]]-0
Taqsimlanish markazining o’lchovlari - bu shunday sonlar (son) ki, ular markazni (xolatini) joylashishini xarakterlaydi, belgilaydi. Ulardan eng ko’p ishlatiladiganlari quyidagilar: o’rtacha arifmetik qiymat (yoki o’rtacha), moda va mediana.

Download 474.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling