O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari


Download 1.19 Mb.
bet2/47
Sana17.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1543851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Баликчилик асослари

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Baliq go‘shtining inson organizmiga ta’sirini so‘zlab bering.

  2. Yurtimiz aholisining baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

  1. bob. BALIQLARNING KELIB CHIQISHI VA BIOLOGIYASI

  1. Baliqlarning kelib chiqishi

Baliqlar hali paydo bo‘lmagan qadim zamonlarda hayot fa- qat suvda mavjud bo‘lgan, xolos. O‘sha davrda dengizlar ostida turli xil trilobitlar, molluskalar, bulutlar va chuvalchanglar kabi suv jonivorlari yashagan, quruqlikda esa hayotdan hech qanday asar yo‘q edi.
Baliqlar — umurtqalilar kenja tipining jag‘li bosh skeletli- lariga mansub katta sinfi. Zamonaviy va qirilib ketgan baliqlar­ning barcha turi 25000 tacha. O‘rta Osiyoda 110 tacha turi uch- raydi. Baliq dastlab, silur davrida chuchuk suvlarda paydo bo‘lib, keyinchalik dengizlarga tarqalgan. Baliqni ikkita mustaqil sinfga: 1) akulasimonlar (plastinka jabralilar); 2) shu’la qanotlilar sinfiga ajratish mumkin.
Bundan 600 millioncha yil muqaddam, kembriy davrida umurtqasiz hayvonlar guruhiga mansub bir jonivor yashagan. U xordalilar tipining naslini boshlab bergan bo‘lsa ham, lekin unda xordalilar, jumladan, baliqlarga xos belgilar hali yuzaga kelmagan. Bu jonivorning qoldiqlari yer qatlami yarim million kilometrcha keladigan Volga, Dnepr, Ob, Yenisey, Amur, Lena, Ural, Amudaryo, Sirdaryo kabi daryolar, bulardan tashqari, behisob jilg‘a, soy, kanal, buloq va boshqa havzalardan iborat.
Mana shu sanab o‘tilgan sho‘r va chuchuk suvli havzalarda baliqlarning 1000 tacha turi yashaydi. Bularning orasida 150 tadan ko‘proq turining iqtisodiy ahamiyati bor bo‘lib, ular ovlanadigan baliqlar hisoblanadi. Seldsimonlar boshqa mamlakatlardagi kabi MDHda ham ko‘p tutiladi va mamlakatimizda ovlanadigan jami baliqlarning 20% ni tashkil etadi.
Karpsimonlar oilasiga mansub bo‘lgan zog‘orabaliq, qizil- ko‘z, oqcha kabi baliqlar bu jihatdan seldlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bulardan tashqari, ovlanadigan baliqlar orasida treskasimonlar, sulaymonbaliqlar (losossimonlar), bakralar (osyotrlar), sla va xamsalarning miqdori ham ancha salmoqlidir.

  1. Baliqlar biologiyasi

Suv — baliqlarning yashash muhitidir. Baliq uchun suv ha- yotdir. Suvda suzadigan baliqlarning tanasi cho‘ziq, suyri shak- lida bo‘lganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan baliqlarning tanasi yapaloq va jag‘lari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Filippin orollari yaqinida tarqalgan pandaka balig‘ining tana uzunligi 1—1,5 sm, og‘irligi 1,5 g bo‘lsa, eng yirik kit aku- lasining uzunligi 15—20 m ga, vazni 12—14 tonnagacha yetadi.
Baliqlarning biologiyasini o‘rganganda uning yoshi tangacha- lari va ba’zi suyaklardagi yillik halqachalariga qarab aniqlanadi. Baliqlar 1—2 yildan (tez suzarlar) 100—120 yilgacha (oq bakra) umr ko‘radi.
Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan laqqabaliq 50—60 yil yashaydi. Oziqlanishiga ko‘ra baliqlar faqat jag‘larida emas, til, tanglay va halqumida ham tishlari bo‘ladi (cho‘rtan, tovonbaliq). Baliqlarning harorati beqaror, sovuqqon jonivordir. Tana harorati deyarli suv haroratiga yaqin, serharakat, oziqlanish usuliga ko‘ra plantofaglar, bentofaglar, detritofaglar, fitofaglar va yirtqichlarga bo‘linadi. Ko‘payishiga binoan uvuldiriq tashlovchi, tug‘uvchilarga, yashash muhitiga ko‘ra dengiz va chuchuk suv baliqlariga, hayot kechirish xususiyatiga binoan o‘tkinchi va o‘troq baliqlarga ajra- tiladi. Ko‘pgina baliqlar (losossimonlar, bakra, daryo ugari) ha- yotining bir qismini dengizda, boshqa qismini daryoda o‘tkazadi.
Hovuz, suv ombori, ko‘l, daryo, dengiz, sho‘r, chuchuk suv- larda uning tubidagi tuproq qatlami tarkibidagi bakteriyalar, o‘sim- liklar baliqlarning nafas olishi, oziqlanishi, qon aylanishi, nerv faoliyati, urchitilishi, o‘sishi va rivojlanishi kabi barcha jarayonlarda baliqlarni me’yor asosida saqlansa ijobiy natijalarga olib keladi.
Suvda ularning hayoti uchun zarur bo‘lgan erigan holdagi kislorod, organik va anorganik moddalardan iborat oziqa mavjud. Dissimilatsiya jarayonida hosil bo‘lgan qattiq, suyuq va gaz holi- dagi qoldiq moddalarni ham baliq suvga ajratadi. U million-mil­lion yillar mobaynida suvning gaz, tuz kabi kimyoviy tarkibiga, bosim, tig‘izlik, harorat kabi fizik xossalariga ko‘nikib, suvda yashash uchun bir qancha foydali xususiyatlar kasb etgan. Ba- liqlarning bosh, tana va dumdan iborat gavdasi ko‘pincha moki shaklida bo‘ladi. Lentasimon (qilichbaliq), yapaloq (kambala), ilonsimon (ugor) va boshqa shakldagi baliqlar ham uchraydi. Barcha baliqlarning terisida birtalay bir hujayrali shilimshiq bez- lari, ba’zilarida esa zahar bezlari bor, ayrimlarida yoritish organi ham bezdan iborat. Terisi yo plakoid (akulasimonlar), yo ganoid (ko‘p qanotlilar), yoki suyak tangachalar (suyakli baliqlarning ko‘pchiligi) bilan qoplangan. Laqqa kabi tangachasiz baliqlar ham bor. Baliqlarning rangi terisining ostki qavatidagi pigment- larga bog‘liq, bu yashaydigan joyiga moslanishdir, chunonchi, ochiq suvlarda yashaydigan baliqlarning usti ko‘k, qorni ku- mushrang, ular dushman ko‘ziga pastdan ham, tepadan ham yaxshi ko‘rinmaydi; suvo‘tlari orasida yashaydigan baliqlar ta- nasida ko‘ndalang yo‘llar bo‘lib, ular o‘tlar orasida ko‘zga ilin- maydi. Baliqlar suzgich qanotlari yordamida harakatlanadi. Ko‘krak hamda qorin juft suzgich qanotlari burilish va gavdani muallaq tutish, dum suzgich qanoti esa rullik va oldinga hara- katlanish vazifasini bajaradi, toq suzgich qanotlari faol hara- katda kam ishtirok etib, ko‘proq muvozanat saqlab turishga qat- nashadi. Erkak akulada qorin suzgich qanoti juftlashish (ko- pulatsiya) organi vazifasini ham bajaradi. Dum suzgich qanot­lari shaklan turlicha: ko‘pchilik suyakli baliqlarniki — gomotser- kal, akulasimonlar va bakralarniki — geterotserkal, ikki xil nafas oluvchilarniki — difitserkal shaklda bo‘ladi.
Akulasimonlarning umurtqa pog‘onasi tog‘ay umurtqalari- dan, suyakdor baliqlarniki esa suyak umurtqalaridan tashkil top- gan. Umurtqalarning soni 16—400 gacha va undan ham ortiq. Bosh skeletining yuz bo‘limi yaxshi taraqqiy etgan, unda jag‘, tilosti yoyi va kamida beshta jabra yoyidan iborat jag‘ apparati bor. Ba- liqlarda u turlicha taraqqiy topgan, chunonchi, akulalarda oldingi miya, miyacha va hidlov bo‘limi yaxshi rivojlangan. Ta’m bilish va eshituv (ichki quloq) organlari ham yaxshi taraqqiy etgan. Ular tovush va ultratovush to‘lqinlarini yaxshi eshitadi, ayniqsa, urchish vaqtida suzgich pufak mushaklari yordamida o‘zlari ham maxsus tovush chiqaradi. Bu tovush signali baliqlar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ko‘zlari 1 m dan 12 m gacha masofani ko‘rishga moslangan. Gavdasining ikki yonida teshikchalardan iborat yon chiziq organi bor. Kosali cho‘rtan va loyqabaliq suzgich pufagi orqali havodan nafas oladi. Ilonbosh, anabas kabi baliqlar jabra labirintlarining qiltomirlari orqali nafas oladi. Baliqlarning yuragi ikki kamerali — bitta qorincha va bitta bo‘lmadan iborat. Qon aylanish doirasi bor.

  1. Baliqlarning harakati

Ko‘pgina baliqlar butun tanasini qayirish natijasida hosil bo‘ladigan to‘lqin hisobiga oldinga harakat qiladi. Ba’zilari esa tanasini harakatlantirmay suzgichlarini to‘lqinlantirib suzadi. Baliqlar tanasini qanchalik ko‘p qayira olishi umurtqalarining soniga va tangachalarining katta-kichikligiga bog‘liq. Umurtqasi qancha ko‘p yoki tangachasi qancha mayda bo‘lsa, baliq shun- chalik ko‘p qayriladi. Shuningdek, baliqlarning suzish tezligiga teridan ajralib chiqadigan va ularning ustini qoplab olgan shilim- shiq modda ham katta yordam beradi.
Baliqlarning asosiy harakati suzishdan iborat bo‘lsa ham, ba’zan suvdan yuqoriga o‘qdek otilib chiqadigan va havoda ancha masofaga uchib boradigan monoplan yoki biplan uchar baliqlar; dengiz xo‘rozi, uzunqanot kabi suv ostida o‘rmalab yuruvchilar; shumtakabaliq kabi suvdan qirg‘oqqa irg‘ib chiqib, baquvvat ko‘krak suzgichi yordamida quruqlikda hakkalab yurib, hasharot tutadigan irg‘uvchi baliqlar ham bor. Ilonbosh kabilar hatto quruqlikka chiqib, sayr qilib yuradi, bir havzadan ikkinchi hav- zaga quruqlik orqali o‘tadi. Qalqonli cho‘rtan esa dumiga tayanib suv betida tikka yuradi.

  1. Jinsiy dimorfizm

Jinsiy dimorfizm baliqlar o‘rtasida ancha keng tarqalgan bo‘- lib, har xil ko‘rinishga ega. Odatda, baliqlarning erkagi bilan urg‘ochisi o‘zaro katta-kichikligi bilan farq qiladi. Chunonchi, karpsimonlarda ko‘pincha urg‘ochisi erkagidan, uvuldirig‘ini qo‘riqlab yuradigan baliqlarda esa erkagi urg‘ochisidan kattaroq bo‘ladi. Akula va lappakbaliqlarning erkagida qo‘shiluv a’zosi borligidan ularning jinsiy dimorfizmi yaqqol ko‘rinib turadi.
Qarmoqchibaliqning jinsiy dimorfizmi juda alomat. Uning mitti erkagi urg‘ochisining tanasiga og‘zi bilan yopishib olgan holda yashaydi. Erkagi urg‘ochisini urug‘lantiradi, urg‘ochisi esa uni boqadi. Urchish arafasida ko‘pgina baliqlar, chunonchi, sulay- monbaliqlarning erkagida «nikoh libosi» paydo bo‘ladi. Bu narsa baliqning urchish davrida kuchli rivojlangan jinsiy bezlaridagi gormonlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Jinsiy dimorfizm ba’zi baliqlarning urchish davridagi xulqlarida ham ko‘rinadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling