O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari


Download 1.19 Mb.
bet5/47
Sana17.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1543851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Баликчилик асослари

2-rasm. Ballqnlng skelet shakli.
Tananlng gavda qlsmlda umurtqalarga yon tomondan qo- vurg‘alar blrlkadl. Dum bo‘limida qovurg‘alar bo‘lmaydl; unda joylashgan har bir umurtqa pastkl uzun o‘simta bilan tugal- lanadigan pastkl yoyl bo‘ladi.
Old tomondan bosh skeletl — bosh suyak umurtqalarl bilan mahkam blrlkadl.
Ko‘krak juft suzgich qanotlarl yelka kamari suyaklari yorda- mida umurtqa pog‘onaslga blrlkadl. Umurtqa bilan juft suzgich qanotlar skeletini birlashtiradigan suyaklar zog‘oraballqda yaxshi rlvojlanmagan.
Skelet katta ahamlyatga ega: u mushaklar uchun tayanch va ichki organlar uchun himoya vazifasini bajaradl.
Mushaklarning qlsqarlshl va kengayishi natijasida ballqlar- nlng tanasi bukiladi va cho‘ziladl. Bu ularga suvda harakatlanishga yordam beradl.

    1. Baliqlarning oziqa hazm qilish ichki organlari va ayirish sistemasi (tartibi)

Tana bo‘shlig‘i. Ballqnlng tana bo‘shlig‘ida, umurtqa po- g‘onaslnlng ostida tananlng katta bo‘shlig‘i bo‘llb, unda ichki organlar joylashadl.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Zog‘orabaliq yirtqich ballq hisoblanadi. U har xil suv hayvonlari, shu jumladan, boshqa tur
baliqlar bilan oziqlanadi. Zog‘orabaliq o‘ljasini ushlab, jag‘lardagi o‘tkir tishlari bilan tishlab oladi. Ovqat yutilgandan keyin hal- qum va qizil o‘ngachi orqali oshqozoniga boradi. Zog‘orabaliq o‘ljasini butunligicha yutadi. Shuning uchun uning oshqozoni cho‘ziluvchan bo‘ladi. Oshqozoni devoridagi juda mayda bezlar oshqozon shirasini ajratib chiqaradi. Bu shira ta’sirida ovqat hazm bo‘la boshlaydi. Qisman o‘zgargan ovqat keyin ingichka ichakka o‘tadi. Bu yerda unga oshqozonosti bezining ovqat hazm qilish shirasi va jigardan keladigan o‘t suyuqligi ta’sir etadi. O‘t suyuqligi zaxirasi o‘t pufagida to‘planadi. Oziq moddalar ichak devorlari orqali qonga o‘tadi, hazm bo‘lmagan qismi esa orqa ichakka o‘tib, orqa teshigi orqali chiqarib tashlanadi.
Ayirish sistemasi. Tana bo‘shlig‘ining yuqori qismida qiz- g‘ish-qo‘ng‘ir rangli lentasimon ikkita buyrak joylashgan. Buy- raklar kapillarlarida qondagi moddalarning parchalanish mah- sulotlari filtrlanadi. Ulardan siydik hosil bo‘ladi. Ikkita siydik yo‘li orqali u anal teshik orasidan tashqariga ochiladigan siydik pufa- giga o‘tadi.
Moddalar almashinuvi. Barcha tirik mavjudotlardagi singari baliqlar organizmida ham xilma-xil va murakkab jarayonlar sodir bo‘lib turadi. Bu jarayonlarning majmuyi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan olingan oziq moddalardan organizm uchun zarur bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar organizmning o‘sishi, nasl qoldirishi va barcha hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarf bo‘ladi.

Siydik pufagi Siydik yo‘li
Anal teshigi

3-rasm. Baliqning ovqat hazm qilish va ayirish sistemasi (tartibi).
Suzgich pufagi Jabra yoriqlari
Halqumi Tili
Qizilo‘ngachi
Baliqlarning aksariyati suvdagi erigan kislorodni qonga o‘t- kazishga moslashgan jabra orqali nafas oladi. Jabra maxsus bo‘sh- liqqa joylashgan bo‘lib, ustini suyak plastinkalardan iborat oy- quloq suyagi qoplab turadi.
Ba’zi baliqlar, chunonchi, seratod, itbaliq kabilar suvdagi kislorodni qabul qilishdan tashqari, havodan nafas olishga ham moslashgan. Suv havzasida kislorod yetishmay qolishi natijasida ba’zi baliqlarda o‘pka yoki atmosferadan kislorod olishga mos­lashgan qo‘shimcha nafas olish a’zosi hosil bo‘ladi. Masalan, anabas, gurami kabi labirintli baliqlarda birinchi jabra yoyining ustki qismida kichikroq bo‘shliq bor. Baliq yutgan havodagi kis­lorod shu bo‘shliqda joylashgan va shilimshiq parda bilan qop- langan yupqa suyak plastinkachalar orqali bir talay ingichka tomirlarga o‘tib, qonni oksidlantiradi. Bunday nafas olish apparati labirint deb ataladi.

  1. Baliqlarning suzgich pufagi

Suyakli ganoidlar va ayrim suyakli baliqlarda qorin bo‘sh- lig‘ining ustki tomoniga o‘rnashgan suzgich pufagi bor. U, aso- san, gidrostatik organ bo‘lib, ichi gaz bilan to‘lganda baliq yen- gillashadi, puchayganda esa og‘irlashadi. Suzgich pufagi qi- zilo‘ngachning ustki devori bo‘rtib chiqishidan vujudga keladi. U ba’zi baliqlarda, chunonchi, karpsimonlarda qizilo‘ngach bilan qo‘shilgan, olabug‘asimonlarda esa qizilo‘ngachdan ajralgan holda bo‘ladi. Pufakning ichi kislorod, karbonat angidrid va azot gazlari bilan to‘la, ayniqsa, azot ko‘p.
Qalqonli cho‘rtan va loyqabaliq suzgich pufagi orqali at­mosferadan nafas oladi. Bu pufak ko‘pincha eshituv organi bilan bevosita yoki o‘zining birinchi bo‘lmasidagi Veber apparati deb ataladigan bir necha suyakchalar orqali qo‘shiladi. Suzgich pufagi ichki quloq sohasi bilan bog‘langani sababli Veber apparati baliqlarda eshitish vazifasini bajarsa kerak.
Ba’zi laqqanamolar, eshvoybaliqlarning qo‘shimcha nafas olish a’zosi boshqacharoq bo‘ladi. Ular suv betiga chiqib havo
yutadilar, havo pufakchalaridagi kislorod ichaklardan mayda qon tomirlariga o‘tib, qonni oksidlantiradi. Atmosfera havosidan bu xil nafas olish ichak orqali nafas olish deb ataladi.
Chinakam o‘pka faqat ikki xil nafas oluvchi baliqlarda, chu- nonchi, seratod, protopterus, lepidosirenlar va cho‘tka qanotli- larda bo‘ladi, xolos. Shunday qilib, ayrim baliqlar quruqlikka chiqishga va havodan nafas olib yashashga jur’at qilgan va shu bi­lan uzoq davom etgan tadrijiy taraqqiyotni boshlab bergan. Bu evolutsiya natijasida amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va hatto oliy jonivorlar — sutemizuvchilar va odam paydo bo‘lgan. Demak, baliq odamning umurtqalilar orasidagi naslboshisidir.
Ko‘pgina baliqlar jabra va o‘pkadan tashqari teri orqali ham nafas oladi. Jabra orqali nafas olishda suv baliqning og‘zidan ki- rib, halqum teshikchalari orqali jabra bo‘shlig‘iga o‘tadi, undan boshning yonidagi teshiklar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Jabra bilan nafas olish ham o‘pka orqali nafas olishdan farq qilmaydi. Jabra yaproqlarida ham o‘pkadagiga o‘xshash mayda tomirlar bor, ular suvdagi kislorodni shimib oladi. Jabra apparati nafas olishga yaxshi moslashgani sababli, ba’zi baliqlar havodan ham nafas oladi, chunonchi, zog‘orabaliq yozning issiq kunlari suvda kislorod kamayib ketganida suv betiga ko‘tariladi va havo pufakchalarini yutib, nam jabrasi oldida tutib turadi. Bunday ho- disani akvariumda ham uchratish mumkin.
Baliq doim suv yutadi. Suv og‘iz bo‘shlig‘idan jabra yoriqlari orqali o‘tadi, bu yoriqlar halqum devorlaridan o‘tgan bo‘lib, nafas organlari jabralarni yuvadi. Zog‘orabaliqda ular jabra yoylaridan iborat, ulardan har qaysisining bir tomonida och qizil rangli jabra yaproqchalari, ikkinchi tomonida esa oqish jabra tichinkalari bor. Jabra tichinkalari suzgich apparatidir: ular o‘lja jabra orqali sirg‘anib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra yaproqchalaridan juda mayda qon tomirlari — kapillarlar o‘tgan. Jabra yaproqchalarining yupqa devori orqali qonga suvda erigan kislorod o‘tadi, qonda esa suvga karbonat angidrid chiqariladi.
Agar kislorod kam bo‘lsa, baliqlar suv yuzasiga chiqib, og‘iz orqali havo ola boshlaydi. Agar ular kislorod kam bo‘lgan suvda uzoq vaqt yashasa, nobud bo‘ladi. Qishda suv havzalaridagi muz
Jabra




yoyi

Jabra qopqoqlari


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling