O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari
Oziqa kocffitsiycntini aniqlash
Download 1.19 Mb.
|
Баликчилик асослари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yorlashtirilgan oziqalar
Oziqa kocffitsiycntini aniqlash.
Oziqlantirishning maqsadi — barcha baliqlarni oziqalar bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib: organizmning hayotiy faoliyatini (qon aylanishi, nafas olish va boshqalar) qo‘llab turish; o‘sish va tiklash (masalan, ikralarni oziqaviy moddalar bilan ta’mirlash uchun). Agarda oziqaning sifati yoki miqdori chegaralangan bo‘lsa, unda baliqlar o‘sishdan orqada qoladi, tana og‘irligini yo‘qotadi. Oziqa koeffitsiyenti — bu bir kg tana og‘irligiga sarflangan oziqa miqdorini ifodalaydi, ya’ni ma’lum bir vaqt davomida sarflangan oziqa miqdori (Q, kg), baliqlarning necha kg o‘sgani (DW, kg) ushbu yo‘l bilan aniqlanadi. K = Q/DW; DW= W2 -W1; bu yerda: W1 — baliqni ma’lum muddatdagi oziqlantirishning boshidagi dastlabki ko‘rsatkich; W2 — baliqni ma’lum muddatdagi oziqlantirishning oxiridagi yakuniy ko‘rsatkich. Masalan, baliqlar bir oyda 12 kg o‘sgan, buning uchun 48 kg oziqa sarflangan. Oziqa koeffitsiyenti 4 ga teng bo‘ladi. 48 kg : 12 kg = 4. Oziqa koeffitsiyenti oziqa sifati, baliqlarning turi, suv hav- zasidagi tabiiy oziqa zaxirasi, suvning sifati, ob-havo, oziqlan- tirish texnologiyasi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Oziqa koeffitsiyentini aniqlashda tabiiy oziqa zaxirasi ham hisobga olinadi. Masalan, qoniqarli tabiiy oziqa zaxirasi baliqlarning 25% ga o‘sishini ta’minlaydi. Yuqoridagi misol bo‘yicha hisoblab chiq- qanimizda oziqa koeffitsiyenti 5,3 ga teng bo‘ldi: baliqlarning tabiiy oziqa hisobidan o‘sishi: 12 kg x 0,25 = 3 kg; qo‘shimcha oziqalar hisobidan o‘sishi: 12 kg — 3 kg = 9 kg. Siz oziqa koeffitsiyenti asosida oziqa miqdorini aniqlashingiz mumkin. Bu ko‘rsatkich baliqlarning 1 kg o‘sishi uchun sarf- langan oziqa miqdoriga tengdir. Adabiyotlarda har bir oziqa tu- rining koeffitsiyenti keltirilgan. Masalan, oziqa koeffitsiyenti 6 ga teng bo‘lsa, unda 200—300 kg baliq olish uchun 1200—1800 kg (200—300 kg x 6 = 1200—1800 kg) oziqa kerak bo‘ladi. Oziqa qanday beriladi? Omuxta yemni hovuzga un holatida solish mumkin, lekin bu ma’lum nobudgarchiliklarga olib keladi, chunki solingan yem- ning hammasi baliqlar tomonidan darhol yeyilmaydi, qolgan qismi esa hovuz tubiga tushadi va chiriydi. Bundan tashqari, ushbu holat suv sifatining buzilishiga olib keladi. 1 kg karp baliqlarini o‘stirish uchun tarkibida protein miq- dori 23 % bo‘lgan omuxta yem xarajati 4,7 kg. Protein miqdori pasayganda: 22 % bo‘lsa 4,9 kg; 21 % bo‘lsa 5,1 kg; 20 % bo‘lsa 5,4 kg. Baliqlarning kunlik (sutkalik) oziqlanish miqdori nimalarga bog‘liq? Baliqlarni kunlik oziqlantirish miqdori bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan: baliqlarning turi va hajmiga; baliqlarning turi va suv haroratiga; baliqlarning turi va tabiiy oziqa zaxirasining rivojlanish holatiga. Baliqlarni kuniga necha marotaba oziqlantirish kerak? Siz kuniga beriladigan oziqa miqdorini o‘lchab aniqladingiz. Buni suv havzasiga qanday qilib kiritish kerak? 19 % bo‘lsa 5,7 kg; 18 % bo‘lsa 6,0 kg. 18 % da kam bo‘lsa porsiya bo‘yicha oziqa koeffitsiyenti ho- vuzdagi o‘txo‘r baliqlar miqdoriga qarab oshadi: 20 % bo‘lsa 5 % ga; 30 % bo‘lsa 6 % ga; 40 % bo‘lsa 10 % ga; 50 % bo‘lsa 15 % ga; 60 % bo‘lsa 18 % ga; 70 % bo‘lsa 25 % ga. Texnologik yo‘qotish: Sochma yemlarda — 30 %, granulalangan yemlarda — 10 %. Suvda sekin eruvchan granulalangan oziqa aralashmalarini qo‘llash yaxshi samara beradi. Granulalanish paytida yumshoq va mayda fraksiyalar suvda sekin eriydigan, qattiq shaklga aylanadi. Granulalarning kattaligi baliqlar kattaligiga moslab qilinadi. Belgilangan omuxta yem komponentlari yaxshilab tuyilib, elakdan o‘tkaziladi (yosh baliqlarni boqish uchun yem zarra- chalarining kattaligi 0,3 mm dan kattaroq, baliqlarniki esa 0,6 mm dan oshmasligi kerak) va 25—30 foiz suv qo‘shib qorish- tiriladi. Nam qorishma silindrsimon ip shaklida go‘sht qiy- malagichdan o‘tkazib, ko‘pi bilan 3—7 mm uzunlikdagi granula shaklida kesib maydalanadi. Tayyor granulalar xona harorati- gacha sovitiladi, so‘ngra quritgichda issiq havo bilan (qulay kel- gan issiqlik beruvchi moslama yordamida) quritiladi. Issiq havo harorati 55—65 °C dan oshmasligi kerak. Granulalangan oziqa nam xonada presslash usuli bilan tay- yorlanadi. Presslashdan avval aralashmani 25—30 % foizgacha avtomatik namlash apparati bilan namlanib, keyinchalik quri- tish yo‘li bilan granulalanadi. Ta’kidlash lozimki, nam holdagi granulalar quruq holda granulalashdan mustahkamroq hisoblanadi. Aksariyat baliqchilik xo‘jaliklari kichik hajmdagi baliq ish- lab chiqarish imkoniyatlariga ega ekanligini inobatga olgan holda ayrim hozirgi kunda oziqa sifatida ishlatilmay tashlab yuborila- yotgan mahsulotlardan oziqa tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar be- rish maqsadga muvofiq. Me’yorlashtirilgan oziqalar. Bu oziqalar baliqchilar, fermerlar tomonidan suv havzasida baliqlarga beriladi. Uning tarkibida baliqlarning o‘sish-rivojlanishi davomida kerak bo‘ladigan ozi- qaviy moddalar mujassamlashtirilgan. Ushbu oziqalar baliq turlariga qarab omuxta yem ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan granulalangan holda ishlab chiqariladi. Oziqa tarkibi, aso- san, kelib chiqishi chorva oziqalaridan iborat bo‘ladi, unda baliq uni asosiy rol o‘ynaydi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling