O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


§. Bolalami masalalar yechishga o‘rgatish


Download 2.5 Mb.
bet42/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

§. Bolalami masalalar yechishga o‘rgatish

Oldingi olib borilgan ishlar bolalaming yangi faoliyatga, hisoblashga o‘tishlariga imkon beradi.
Qo‘shish va ayirishga o‘rgatish — birinchi sinfda matematika o‘qitishning asoslaridan biridir. Bolalar bog‘chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalar arifmetik masalalarni yechib hisoblash malakalarini egallab boradilar. Bu — arifmetik amallaming ma'no- sini tushunishga hamda unga ongli ravishda yondoshishga, katta- liklar, natija hamda amallar komponenti o‘rtasidagi o‘zaro bogla- nishlarni aniqlashga imkon beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, ya'ni narsalar ustida ish bajarishdan (qo‘shish, ayirish) bevosita kelib chiqadigan (qo‘shdik-ko‘paydi, ayirdik-
kamaydi) arifmetik masalalami yechadilar. Bular yig’indi va qoldiqni topishga qaratilgan masalalardir. Bolalarni katta songa kichik sonlarni qo’shish hollari bilan tanishtiriladi: ulami awal 1 sonini qo’shish va ayirish, keyinroq 2 va 3 sonlarini qo’shish va ayirishga o’rgatib boriladi.
Masalalarni yechishga o’rgatish bosqichlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni hisoblash faoliyatiga o’rgatish va masalalar bilan tanishtirish ularga kichik-kichik hajmda bosqichma- bosqich bilimlar berish bilan amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda bolalarga masalalar tuzishni o’rgatish hamda ularga masalalar mazmunida tevarak-atrofdagi hayotda o’z aksini tonishini anglab olishlarida yordam berish zarur.
Ular masala tuzilishini o’rganib, masalaning shart va savollarini aniqlaydilar, berilgan sonlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab oladilar. Bundan tashqari, ular masalalar yechishni, qo’shish va ayirish amallarini ongli tanlash hamda ifodalashni, masalada aytilgan narsalar bilan bajarilgan amallar qanday miqdoriy o’zgarishlarga olib kelishini tushunib oladilar.
Bolalar masala savoliga to’liq va to’g’ri javob berishga o’rganib boradilar. Bu davrda sonli material yo birinchi beshlik bilan chegaralanadi, yoki ikkinchi beshlik ichida 1 ni qo’shadilar yoki ayiradilar.
Ikkinchi bosqichda bolalar qo’shish va ayirish amallarini asosan tanlashgagina o’rgatilib qolmay, balki 1 talab qo’shish va ayirish usullaridan to’g’ri foydalanishga yoki oldin 2 sonini, keyin 3 ni ayirishni o’rgatib boriladi.
Bolalarning masalada berilgan sonlarni ajratib olishni o’rganishlari hamda kelib chiqadigan miqdor o’zgarishlarning ma'nosini tushunib olishlari uchun ko’rsatmali ko’rgazmalar zarur.

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling