§. O‘quv faoliyati malakalarini tarbiyalash
Katta guruh bolalariga mashg‘ulotlarda o‘zini qanday tutish kerakligi alohida ahamiyatga ega. Agar bola tarbiyachisini ham, o‘z o‘rtoqlarini ham diqqat bilan tinglasa, xayolini bo‘lmasdan ishlasa, berilgan savollarga javob berishga hamisha tayyor tursa, u topshiriqni yaxshi eslab qoladi va to‘g‘ri javob beradi.
Besh yashar bolada o‘z diqqatini idora qilish qobiliyati endigina tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun diqqat-e’tibor bilan ishlay- digan, o‘z o‘rtoqlaridan orqada qolmaydigan va ishni oxirigacha yetkazadigan bolalarni rag‘batlantiriladi.
Bolalarga masalalarni yechish bilan bir qatorda, ularda ixtiyoriy diqqat va xotirani mashq qildiruvchi topshiriqlar ham beriladi. Masalan, nima o‘zgardi, kim eslaydi va boshqa shu kabi o‘yin mashqlari.
Pedagog bolaning topshiriq bajarilganligi haqidagi hisobotini tinglagach unga baho beradi, qilingan xatolarning sababini topishga hamda ularni tuzatishga yordam beradi. Ayrim hollarda bolalarga ishlarini almashish va o‘rtog‘i topshiriqni qanchalik to‘g‘ri bajarga- nini tekshirish taklif qilinadi. O‘z-o‘zini nazorat qilishni tarbiya- lashda topshiriq bajarib bo'lingach, ularga namunani ko‘rsatish xizmat qiladi. Namunaga qarab bola o'zining qilgan ishini tekshiradi va xatosi bo'lsa topib tuzatadi. Shunday yo‘l bilan bolalar o‘z ishlari va o‘rtoqlarining ishlari natijasiga to‘g‘ri baho berishga o'rgatiladi.
Katta guruhdagi mashg'ulotlarda intizom ko'nikmalarini shakllantirish davom ettiriladi; bolalar o'zlarini tuta bilishga, savolga javob bera olsalargina qoNlarini ko'tarishga, tarbiyachi chaqirishini sabr bilan kutishga, o'z ish o'rnini tayyorlashga, butun mashg'ulot davomida qo'llanmalarni tartibli saqlay olishga o'rgatib boriladi.
Mashg'ulotda ko'p qo'llanmalardan foydalaniladi, awal ular stol ustiga, bolaning chap tomoniga joylashtiriladi, ish davomida esa u foydalanilgan qo'llanmalarni o'zining o‘ng tomoniga taxlab boradi.
§. Miqdor va sanoq
Do'stlaringiz bilan baham: |