O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
gacha bo‘lgan predmetlarni sanash
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 “ ® ft ttt
- §. Predmetlaming soni ularning o‘lchamlari va turgan o‘rni, shakliga bog‘liq emasligini ko‘rsatish
10 gacha bo‘lgan predmetlarni sanash. Predmetlarni sanash mashqlari murakkablashib boradi.Birdaniga turli xil predmetlarning 2 guruhini (6 ta piyola va. 7 ta kosani sanang) yoki bir xil ko‘rinishga ega, ammo bir-biridan rangi, shakli yoki katta-kichikligi bilan ajralib turuvchi (7 ta ka.tta va 8 ta kichkina tugmachalarni), 2 guruh predmetlarini hosil qilish mashqlari bilan birgalikda faqatgina ikkita guruhdagi predmetlarni sanashnigina emas, balki ularni ma'lum joyga, masalan, qog‘oz varaghning kohsatilgan qismiga: yuqoriga, pastga, chapga, o‘ngga, o‘rtasiga joylashtirish topshirigh ham beriladi. Bir oz keyinroq tarbiyachi koTsatmasi asosida, bolalar
‘И
1 г
in fl© 11 “ ® ft ttt predmetlarni varaqning yuqori yoki pastki, o‘ng yoki chap chet- lariga, yiiqoridagi o‘ng burchagi, pastdagi chap burchagiga joylash- tiradilar. Tarbiyachi bolalarga bunday topshiriqlarni berishdan oldin ularni qog‘oz varag‘ining tegishli qismlarini topishda maxsus ravishda mashq qildiradi. Bolalarni topshiriqni diqqat bilan tinglashga, uni eslab qolish- ga, aniq bajarishga nima qilgani va qanday qilgani haqida so‘zlab berishga o‘rgatiladi. Awaliga ularga aniq javob berish qiyinlik qiladi. Shuning uchun tarbiyachi ularga yordamchi savollar bilan yordam beradi. Masalan, u boladan: „Kvadratlar nechta, sen ularni qayerga qo‘yding? To‘g‘ri burchaklar nechta, sen ularni qayerga qo‘yding? Mana endi nima ish bajargan bo‘lsang, hammasi to'g'risida gapirib ber!“ — deb so'raydi. Nihoyat, javoblar bajarilgan vazifa haqida yaxlit hikoyaga aylanadi. Bolalar 6-10 dona tugmachalami 2 qator qilib tikadilar. Ularga ko'zlarini yumib, tugmachalami qo'llari bilan ushlab ko'rib sanash, u qo'lidan bu qo'liga olib sanash topshiriqlari beriladi. Bundan tashqari, „Ketdik, ketdik, ketdik..“, „Nima o‘zgardi“ o'yinlari yordamida qo'l bilan ushlab sanashni mashq qiladilar. Tovushlami sanashni esa predmetlarni sanash va sanab ajratish bilan bog'laydilar. Bolalarga tovushlarni sanashni, xuddi.shuncha o'yinchoqlarni sanab ajratishni, keyinchalik ayni bir vaqtda tovushlarni sanab, o'yinchoqlarni ajratib qo'yishni, sanashni tugatgach, qancha tovush eshitganliklarini va nechta o‘yinchoq qo'yganliklarini gapirib berishni taklif etiladi. Bolalar musiqa asboblari nomlari bilan tanishadi, aytilishini mashq qiladi. Pedagog: „Bu qaysi musiqa asbobi“, — deb so'raydi. Pedagog cholg'u asboblardan birida 3 ta tovush hosil qiladi va bolalardan so'raydi: „Topinglar-chi, men qaysi asbobda va nechta tovush chiqardim?“ Bola sanab beradi: „Siz bir marta tayoqchani tayoqchaga, ikki marta barabanga urdingiz", — deydi. „Sen hammasi bo'lib nechta tovush eshitding?“ — deb so'raydi pedagog. „Men hammasi bo'lib uchta tovush eshitdim", — deb javob beradi bola. Bolalar pedagog yoki boshqa bolalar tomonidan bajarilayotgan harakatlami sanaydilar. Ular harakat miqdorini namuna hamda aytilgan songa qarab bajaradilar. Masalan: „Likopchada nechta tuxum bo'lsa, shuncha marta salom ber, shuncha marta rahmat degin“. Topshiriqlarni o'yin xarakterida olib borish mumkin: „Toping- chi, men Elmurodga koptokni necha marta tashlashni buyurdim?“, demak, Elmurod koptokni tashlaydi, bolalar esa uning harakatlarini sanaydilar. Ko'rsatilgan yo'nalish bo'yicha ma'lum miqdorda qadam tashlash bolalar uchun eng murakkab topshiriq hisoblanadi. Masalan, bolaga: „Oldinga 5 qadam yur, o'ngga buril, yana 3 qadam tashla“, — deb aytiladi. Bolalar safda yurish bilan birga bir vaqtning o'zida qadamlarni sanashni, fazoda mo'ljal olishni mashq qiladilar. Turli shakldagi sanashni mashq qilish bir-biri bilan bog'lanadi va umumlashtirilgan topshiriq hosil qilinadi. Turli mashqlar orqali idrok etiladigan to'plamlar orasidagi miqdoriy munosabatning o'matilishi sanash faoliyatini umumlash- tirishga imkon beradi. §. Predmetlaming soni ularning o‘lchamlari va turgan o‘rni, shakliga bog‘liq emasligini ko‘rsatish Bolalarni 10 gacha bo'lgan barcha sonlar bilan tanishtirib bo'lgach nechta? degan so'roqqajavob berish uchun sanashni qaysi tomondan olib borishning ahamiyati yo'qligi ularga ko'rsatiladi: chapdan o'ngga, o‘ngdan chapga, pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga sanab chiqib, o‘zlari ham bunga ishonch hosil qiladilar. Bolalar turli figuralar shaklida aylana bo‘ylab (juft-jufti bilan, noaniq guruh bilan) joylashgan narsalami va sonli figura doira- chalarini sanaydilar. Bolalarni bir xil predmetlarni sanashning turli usullarini ko'rsatish va qayta sanash ularda sanashni istagan predmetdan va xohlagan tomondan boshlash, ammo bunda bitta ham predmetni sanamasdan qoldirmasilik va bittasini ham ikki marta sanamaslik kerak ekanligi haqida ishonch hosil qilinadi. Agar bola predmetlaming joylashishi ataylab murakkab- lashtirilganda yanglishsa, uning qanday xatoga yo‘l qo'yganligi aniqlanadi. Pedagog narsalami qayta sanayotganda ataylab xato qilishi mumkin. Bolalar narsalaming birortasini ham sanamasdan o‘tkazib yubormaslik yoki bitta predmetni ikki marta sanamaslik uchun sanash qaysi predmetdan boshlanganligini yaxshi eslab qolish zarur ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqaradilar. Pedagog turli-tuman topshiriqlardan foydalanib, predmet- larning joylashish shaklini murakkablashtirib, tegishli tasavvurlarni va harakat usullarini mustahkamlaydi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling