O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
§. To‘plamdagi predmetlar sonining tengligini aniqlash
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
§. To‘plamdagi predmetlar sonining
tengligini aniqlash Gumhda miqdori teng bo‘lgan to‘plamlar tuzish va tanlashni mashq qilishga katta o‘rin beriladi. Bular bolalarda bir xil miqdorli elementlardan iborat bo‘lgan to‘plamlarga bitta—yagona natural son mos kelishi, ayni shu natural songa juda ko‘p xilma-xil predmetlar to‘plamlar sonining mos kelishi haqida tasawur hosil qilishga imkon beradi. Topshiriqlaming xilma-xil turlari qo‘llaniladi. Masalan, bolalarga aytilgan son bo‘yicha 3 xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlarni (geometrik shakldagi modellar va boshqalami) sanab ajratish va ularni 3 ta tasmaga yoki 3 qatorga tengligi ko‘rinib turadigan qilib qo‘yish, ya’ni bir o‘yinchoq tagiga ikkinchisini qo‘yish taklif etiladi. Birinchi mashg'ulotcla hamma bolalarga bitta son, keyinchalik esa bar xil stol atrofida yoki bar xil qatorda o‘tirgan bolalarga turli son aytiladi. Nihoyat, bar bir bolaga yakka topshiriq berish mumkin. 3 xil predmetni qo‘yib chiqish ko‘p vaqtn- oladi. Shuning. uchun bunday topshiriqlami taklif etayotganda 8 gacha bo‘lgan sonlami aytish maqsadga muvollq bo‘ladi. Bolalar turli o‘yinchoqlarni bar biridan o‘zlarida nechtadan borligini va ularning urnumiy soni nechta ekanligini aytib berishga o‘rganishlari lozim. Bolalar o‘z javoblarida xususiy va urnumiy ifodalay olish ko‘nikmasini darhol egallab ololmaydilar. Avval ularga o'zlaridagi bar xil predmetlardan nechtadan ekanligini aytib berish taklif etiladi. „Yuqori tokchada 4 ta o‘yinchoq, o‘rtadagisida 4 ta mashina, pastdagisida esa 4 ta qo‘g‘irchoq bor“, — deb sanaydi bola. ,,To‘g‘ri, bir xil o‘yinchoqlardan senda 4 tadan bor“, — deb xulosa chiqaradi tarbiyachi. Bolalar asta-sekin har bir gumhda nechtadan o‘yinchoq borligini mustaqil ta’riflashni o’rganadilar. Ular xulosani o‘z ichiga olgan xilma-xil javoblardan foydalanishlari muhimdir. Masalan, „Yuqori tokchada 7 ta kvadrat, o‘rtadagisida 7 ta to‘g‘ri to‘rtburchak, pastdagisida 7 ta to‘g‘ri to‘rtburchak, 7 ta aylana, barcha figuraiaming soni teng — 7 tadan“. Yoki „Barcha figuralar 7 tadan — 7 ta kvadrat, 7 ta to‘g‘ri to‘rtburchak va 7 ta aylana“. Bola xususiydan umumiyga, shuningdek, umumiydan xususiyga tomon fikr yurita olishi lozim. ••••••• Aniqlashtirishni, shuningdek, umumlashtirishni talab etuvchi savollarni berish foydalidir: „Kitob javonida necha qator predmet bor? Har qatorda nechtadan predmet bor? Har xil predmetlar nechtadan? Barcha guruhdagi predmetlar soni haqida nima deyish mumkin?“, — va hokazo. Pedagog (tarbiyachi) materiallar va topshiriqlar xarakterini xilma-xillashtirib boradi. Masalan, bolalar aytilgan sondagi narsalar tasvirlangan rasmlarni tanlab oladilar. Bolalar, bizda qanday narsalar 4 tadan, 5 tadan, 6 tadan topshirig‘ini (10 gacha bo'lgan hamma sonlar aytiladi) bajarayotib, tevarak-atrofdagi miqdori teng buyumlar to‘plamlarini topadilar. Ular barcha narsalar soni 2 tadan, 3 tadan, 4 tadan kabi teng bo‘lishi mumkinligini ko‘radilar. Son asta-sekin to'plamni ifoda- lovchi ko'rsatkich bo'lib boradi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling