O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


§. Turla qohiliyatlar (analizatorlar) yordamida sanash


Download 2.5 Mb.
bet37/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

§. Turla qohiliyatlar (analizatorlar)
yordamida sanash


Miqdoriy nisbatlarni o'rganish, ko‘p va kam sonlami aniqlashda turli sanashni mashq qilish bilan birga qo‘shib boriladi: tovushlarni, harakatlarni sanash, narsalarpi paypaslab sanash. Bolalar nechta tovush eshitgan bo‘lsalar, shuncha o‘yinchoq sanab ajratadilar, necha marta qo‘l ko‘targan bo‘lsalar, shuncha doira rasmini oladilar yoki ko‘rgazmada nechta doiracha bo‘lsa, shuncha marta o‘tirib turadilar. Ular ko'rgazmalarga qaraganda tugmalarni paypaslab sanaydilar va shuncha marta yoki 1 ta ko‘p (kam) chapak chaladilar.
Masalan: „Agar Nilufar bir marta ortiq (kam) chapak chalgan bo‘lsa, uning qutisida nechta tugma bor? 0‘yinchoq mashinalar
nechtaligini sanang. Turgan o‘yinchoq mashinalardan bir marta ko‘p (kam) harakat qilish uchun necha marta qo‘l ko‘tarish kerakligini o‘ylab ko‘ring“.
To'plamdagi sonlar tengligi va tengsizligini aniqlash mashq- lariga turli dalillar kiritish har bir mashg‘ulotda tegishli o‘rin egallaydi.
Sonlarni eslab qolishni mashq qilish. Tarbiyachi stol ustiga bir nechta narsalar gumhini joylashtirishi aniq, navbat bilan bolalarni chiqarib u yoki bu guruhdagi narsalami sanashni, ularning sonini esda saqlab qolishni taklif etadi. So‘ng narsalar ustini yopib ochadi va bir necha marta buni shunday bajaradi, har bir bolaning u yoki bu narsalami nechta ekanligi (soni)ni esda saqlab qolgan-qolma- ganligini tekshiradi. Stol atrofiga bolalarni chaqirmay, barcha bolalarga narsalarning nechtaligini ichlarida sanashni taklif etish mumkin.
Guruhdagi o‘yinchoqlar soni 2 tadan 6-7 tagacha orttirib boriladi. Stol ustida qizil, ko‘k, yashil rangdagi qalamlar nechtaligini yoki uzun va kalta tasmalar nechtadan hamda o‘rtacha tasmalar nechta, teng guruhdagi qalamlar nechtadan va ular qay tartibda qo‘yilgan ( 5 tasi doira bo‘lib, 6 tasi juft-juft bo‘lib, 7 tasi ketma- ket turibdi va hokazo). Bu mashqlarga, odatda, mashg‘ulot boshlanishida 5—7 minut vaqt ajratiladi. Narsalami sanab ajratishda bolalarga xilma-xil narsalarning 2 gumhini sanash taklif etiladi, masalan, 4 ta o‘yinchoq mashina va 7 ta qo‘g‘irchoq, keyinroq esa bir turdagi narsalarning 2 gumhini miqdoriy sifati: rangi, shakli yoki ol]chamiari bilan farq qiluvchi va nihoyat 2 guruhdagi narsalami faqat sanashgina emas, balki ularni ma’lum joyga joylashtirish ham taklif etiladi („7 ta uchburchakni stol o‘rtasiga, 7 ta kubikni stolning o‘ng tomoniga, 8 ta doirachani yuqori chap burchakka, 7 ta to‘rtburchak shaklidagi figurani esa varaqning o‘ng chekkasi boylab qo‘y“).
„Nima yo‘qoldi“, „Nima o‘zgardi?“ o‘yin mashqlari bolalarni o‘yin mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Masalan, o‘qituvchi stol ustiga ikki gumh narsalami joylashtiradi. (Bolalar narsalami sanab, ularning tengligi haqida ishonch hosil qiladilar). ,,Tun“ belgisi berilishi bilan bolalar ko‘zlarini yumadilar, ,,Kunduz“ signaliga binoan ko‘zlarini ochadilar va nima o’zgatganini topadilar, narsalar nechta edi, qo‘yilgan yoki olingan, nechta bo‘ldi yoki nechta qoldi, narsalar soni ko‘paydimi yoki kamaydimi, tushuntirib beradilar. Bolalar to‘g‘ri javob qidirayotib, g‘oyib bo‘lgan narsalar to'plamining xotirada qolganini ularning tasviri bilan taqqoslaydilar.
Bunday mashqlar narsalar to‘plamini tasawurida taqqoslab, nihoyat sonlarni taqqoslashga o'tishga yordam beradi.
Mashqlarni bajarish jarayonida bilimlarni umumlashtiruvchi savollarni: „Bir xil sondagi narsalar hamma vaqt ham bir xil qo‘yilganmi?. Narsalami har xil holatda qo‘yilsa, ularning soni o‘zgaradimi? Qaysi bii'i katta, qaysi biri kichik: 7 ta bulbul qushmi yoki 6 ta jo‘jami, 8 ta katta daraxtmi yoki 9 ta kichik shoxchami?“ kabi savollarni berish foydalidir. Bunda taqqoslash elementlari qo‘llaniladi. „Kim tezroq aytadi, nimaning oyog‘i ko‘proq: xo‘roznikimi yoki sigirnikimi? Sigirnikimi yoki qo‘ynikimi? 5 ta qismi bo‘lgan narsalarning nomini kirn tezroq aytadi?". (Qo‘lda 5 ta barmoq, oyoqda 5 ta panja bor va hokazo).

3




5^4




1 1

Ж

c




t 3

1




1 ° * о

4

6

>:--з







SDS
J □■■■■" 7

gfi




3$ 0







  1. Download 2.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling