O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- И ИЦ X НЕРНМИ^лх^н ££
- §. Joyni bilish
•И ИЦ X НЕРНМИ^лх^н ££ • ■ 1 modelini solishtirish asosida olib boriladi. Figuralar har birining xarakterli xossalari, rangi, o‘lchami, materiali bilan bir-biridan farq qiladigan 4-5 modelini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Kichik gumhda pedagog (tarbiyachi)lar bolalar bilan figuralar modelini ko‘rib chiqayotganida muayyan rejaga rioya qiladi. Bolalarga quyidagicha savol beriladi: „Bu nima? Qanday rangda? Qanday o'lchamda? Nimadan qilingan?“. Endi figuralar modelini ko‘rib chiqayotganda bolalarni figuralaming elementini ajratib ko‘rsatish, ular o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun savollar beriladi. Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rib chiqilayotganda, pedagog (tarbiyachi): „To‘g‘ri to‘rtburchakda nima bor? Necha tomoni bor? Tomonlarning o‘lchami haqida nima deyish mumkin?" — kabi savollar beradi. Modellarni ma'lum tartibda ko‘rib chiqish, solishtirish bolalarda figuralaming shaklini aniqlash, ularning bir xil belgilarini taqqoslash, muhim belgilarini ajratib ko‘rsatish hamda muhim bo‘lmagan belgilariga e'tibor bermaslik ko‘nikmasini asta- sekin rivojlantirib borishga xizmat qiladi. Bolalar induktiv tafakkurning dastlabki malakalarini hosil qila boshlaydilar. Ular bir qator faktlar asosida oddiy xulosalar chiqara boshlaydilar-: qizil kvadratning tomonlari teng, ko‘k kvadratning tomonlari teng. Taqqoslanadigan figuralar va figura turlarining soni oshirib boriladi. Belgilar sonining ko‘pligi bilan farq qiladigan modellar qo‘llaniladi. Ayni bir xil modellar har xil belgilari, shakli, rangi, o‘lchami bo‘yicha guruliga ajratiladi. Guruhlashga oid mashqlar tartib bo‘yicha sanashga o'rgatish bilan qo‘shib olib boriladi. Bunda birliklardan hosil bo‘lgan sonlar hamda sonlar o‘rtasidagi bog'liqlik o‘rgatiladi. Figuralaming o‘zaro joylashishini aniqlash mashqlari ko‘p hollarda didaktik fbrmalarda o‘tkaziladi. Nima o‘zgardi? Xuddi shunday naqshni top? Juftini top! Bolalar asta-sekin murakkab naqshni uni tashkil elgan elementlarga ajratish, ularning shakli hamda fazoviy holatini aytish malakalarini egallab boradilar. §. Joyni bilish 5-6 yoshdan bolalarda chap va o‘ng qo‘lni farq qilish, o‘ziga nisbatan narsalar qay yo‘nalishda (yuqorida, pastda, oldinda, orqada, chapda, o‘ngda) joylashganini aniqlash ko‘nikmasi mustahkamlanib boriladi. Shu maqsadda o‘rta gumh bolalari uchun tavsiya etilgan o‘yin mashqlari qo‘llaniladi. Kim qayerda turibdi, top?, Nima qayerda, top?, Qo‘ng‘iroq qayerda chalindi, top? va boshqalar. Bu o‘yinlarni matematika mashg‘ulotlarida, shuningdek, o‘yin vaqtida ham o‘tkazish mumkin. Bu narsalar sonning ortishi bilan ifodalanib, bunda bola aniqlashi mumkin bo‘lgan joy, shuningdek, bola bilan narsa o‘rtasidagi masofa nazarda tutiladi, Bolalarni asta-sekin o‘zlaridan uncha uzoq bodmagan masofada turgan har qanday narsaning yo‘nalishini aniqlashga o‘rgatilib boriladi. Bolalarga narsalarga nisbatan qay yo‘nalishda ekanligini aniqlashni o‘rgatibgina qolmay, balki aytilgan vaziyatni mustaqil ravishda vujudga keltirishga ham o‘rgatiladi. Masalan: „Shunday turgin-ki, Jahongir orqangda, Jasur esa oldingda bo‘lsin, chap tomoningda stol, o‘ng tomoningda doska bo‘lsin“. Pedagog (tarbiyachi) harakatlar yo‘nalishini aniq belgilash uchun musiqa, va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘shimcha foydalanadi. Balandga, pastga, oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga va hokazo. Mo'ljal olishga oid topshiriqlar soni asta-sekin oshirib borilib, takliflar tartibi ham o‘zgartiriladi. Awal bolalar faqat juft, ya’ni: oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga kabi yo'nalishlarni aniqlasalar, keyinchalik esa ular yo‘nalishlarni xohlagan: oldinga-o'ngga, chapga-orqaga va hokazo tartibda bajaradilar. Bolalaming piyoda yuruvchilarning o‘ng va chap yo‘nalish- larini mo‘ljal qila olish ko‘nikmasi bilan bog'liq bo‘lgan ko‘chada yurish qoidasini egallab olishlari uchun quyidagi o'yinlar tavsiya etiladi: „Ko'chadan kesib o‘tish qoidasiga rioya qil“ va hokazo. Bolalarni aytilganlar bo'yicha harakat qilib, yo‘nalishlarni aniqlashga o‘rgatish muhimdir. Shu maqsadda quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: ,,Nog‘orani chal“. Bolalar tarbiyachining ko'rsatma- siga binoan ko‘zni yumib, narsa tomon boradilar: „Oldinga ikki qadam tashla, chapga buril, uch qadam tashla“ va hokazo11. Awal topshiriqlar sonini 2-3 ta bilan cheklash, keyinroq esa ularning sonini 4-5 tagacha yetkazish mumkin. Bolalar narsalarning qog‘oz varag'iga, polga, joyga nisbatan joylashishini bildiruvchi aniq so'zlardan foydalanishlari kerak. Bolalar matematika mashg'u- lotlarida u yoki bu fazoviy bog'lanish hamda munosabatlar haqida dastlabki tasawurlarni hosil qiladilar. Ular kun davomida xilma- xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foyda- lanadilar: o‘rin-ko‘rpalarni yig'ish, ertalabki gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta va hokazolar. Sutka, qismlar haqidagi tasawurlarni aniqlashda didaktik o‘yinlar, masalan, „Tun va kun“ o‘yini yordam beradi. ,,Kecha“, ,,bugun“, ,,ertaga“ kabi vaqt belgilarining o‘zga- ruvchanligi va nisbiyligi bolalarga ularni o'zgartirishlarida qiyin- chilik tug'diradi. Besh yoshli bolalar bu so‘zlarni yanglishtiradilar. Pedagog (tarbiyachi) muayyan so‘zlarning mazmun ahamiyatini ochib berish uchun bolalarga quyidagi savollami beradi: „Biz siz bilan kecha qayerda bo‘ldik?“, „Saylga qachon borgan edik?“, „Bugun qanday mashg'ulot o'tamiz?'1, „Bizda rasm chizish bo'yicha mashg‘ulot qachon bo‘ladi?“ va hokazo. Bolalar aylana bo‘lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla bilan vaqtni aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, o‘sha bolabirorsonni aytib, koptokni boshqa bolaga uzatadi. Kim koptokni ushlab olsa, o'sha bola tegishli vaqtni aytadi. Masalan, tarbiyachi koptokni tashlab: „Biz tabiatda sayrqildik“, — deydi. Bola esa koptokni ushlab olib: „Kecha“ — deb jumlani tugatadi. „Matematika bo‘yicha mashg‘ulot.. bo‘ladi“, „bugun“, „Biz .. rasm chizamiz“ va hokazo. Mashg‘ulotlardan birida bolalar odamlar so‘zlashuvda ishlata- digan kun so‘zi biri ikkinchisi bilan almashinib turishini bilib oladilar. Shunday kunlardan yettitasi bir haftani tashkil etadi. Hafta kunlarining izchilligi har doim birdek: dushanba, seshanba, chorshanba... Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining aniq mazmuni bilan bog‘laydilar. (Chorshanba kunlari bizda matematika va jismoniy tarbiya mashg‘ilotlari, payshanba kunlari...) Endilikda bolalar har kuni ertalab hafta kunlarining nomini, shuningdek, kecha haftaning qaysi kuni, ertaga qaysi'kuni ekanligini aytadilar. Matematika mashg'ulotlarida vaqti-vaqti bilan bolalarga hafta kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oldin va keyin qanday kun kelishini aytish. Pedagog (tarbiyachi): „Qaysi kunlari rasm chizish mashg‘uloti? Muzika mashg‘uloti-chi? Chorshanba kuni qayerga borgan edik?“, — kabi savollarni almashtirib turadi. Hafta kunlarining almashinishini kuzatib borish bolalarda takrorli vaqtning o‘zgaruvchanligi haqida tushuncha hosil bo‘lishiga, uning harakat mazmunini: kun ketidan kun, hafta ketidan hafta kelishini ochib berishga imkon yaratadi. Shu bilan bir qatorda bolalarga, tarixiy obidalar va ularni ertalab quyosh nurida tovlanib chiroy berishi, kun bo‘yi paxta dalasida paxta terish, bog‘da uzum yoki mevalar terish, uy jihozlari, ishlatiladigan asboblar, respublikamiz markazida joylashgan Alisher Navoiy haykalining tungi yog‘dusi to‘g‘risida suhbat mazmunida matematik tushunchalar tivojlantirilishi mustahkamlanadi. Bolalar bilan rasmlar orqali matematik tushunchalarni rivojlantiradigan suhbat olib boriladi. 012 345 6 7 89 10 BOB Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling