O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
§. 10 ichida sonlarning teng va teng boimasiigini aniqlash
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- §. Ikkita kichik sondan katta son hosil qilish va katta sondan ikkita kichik sonni hosil qilish
§. 10 ichida sonlarning teng va teng boimasiigini
aniqlash Bu vazifa ikkinchi kichik guruhdan boshlab o‘rgatiladi. Bolalar ustma-ust, tagma-tag terib qo‘yish, sanash orqali to‘plamlarning teng, teng emasligini aniqlaydilar. Namoyish qiluvchi va tarqatma materiallar asosida ular tenglikni qanday aniqlaganliklarini, qanday raqamlar bilan belgilaganliklarini aytib bera olishlari lozim. Tenglik-notenglik munosabatlarini aniqlashda ishora belgi- laridan— simvollardan foydalaniladi. Bunda bolalarga tanish materiallardan foydalanish kerak. Qaysi qatorda ko‘proq, qaysi qatorda kamroq? Tarbiyachi: 5 6 dan kamroq 5<6 (6<5). Tengsizlikdan tenglik hosil qilish uchun nima qilish kerak, deb so‘raladi. 1 ta qo‘shib tenglik hosil qilinadi va 1 ta ayirib barobami yozilishi og‘zaki tushuntiriladi. Kvadratlar teng: 6 = 6. ,,Qo‘shuv“, ,,ayiruv“ (ishoralari) belgilari ko‘rsatiladi. Doskaga 7 ta olma qo‘yilib, raqam bilan belgilash talab etiladi, so‘ngra undan 1 ta kam raqamni ko‘rsatiladi. 1 ta ko‘p raqamni koTsating, deb taklif etiladi. (6, 8 ni ko‘rsatadi). Sonli ko‘rgazma ko‘rsatiladi. Stolingizga 1 ta kam o‘yinchoq qo‘ying. 1 ga orttirish va 1 ga kamaytirish orqali biz bolalarni hisoblash faoliyatiga tayyorlaymiz,„qo‘shuv“, ,,ayiruv“ ishoralari bilan tanishtiramiz. Masalan: Doskada sonli kartochka: 7. — Bolalar, doskadagi sonni ko‘rsatuvchi raqamni ko‘rsating (yetti raqamini ko‘rsata.dilar). Oldingizda 1 ta kam o‘yinchoqlarni bir qatorga terib qo‘ying, raqam bilan belgilang. — Oldingizda nechta o‘yinchoq? 6 ta (quyon, archa, olma). — Doskada doirachalar nechta? 7 ta. — Sonni kamaytirishda qo‘llaniladigan belgi bor, bu „ayirish“ (—) belgisidir. Tarbiyachi doskaga 6 ta kvadrat qo‘yadi. Sanab, raqam bilan belgilanadi. Tarbiyachi 1 ta kvadratni olib qo‘yadi. — Kvadratlar ko‘paydimi, kamaydimi? Birga (beshta) kamaydi. Son kamayganda qanday belgi qo‘yiladi? Ayirish (—) belgisi: 5-1=4. 6 ta kvadratdan 1 kvadrat ayirilsa, 5 ta kvadrat qoladi. 6 soni nimani ko‘rsatadi? Tarbiyachi o‘qib ko rsatadi: 6 dan 1 ni ayirsak barobar 5 bo‘ladi. Qo‘shuv belgisi bilan ham xuddi shunday tanishtiriladi. §. Ikkita kichik sondan katta son hosil qilish va katta sondan ikkita kichik sonni hosil qilish Kichik sonni hosil qilish bir sonning tarkibida o‘zidan kichik 2 ta son borligini 10 ichida ko‘rsatish. Awal 5 sonini 2 ta kichik songa ajratiladi. 2 ta kichik sondan 5 sonini hosil qilish ko‘rsatiladi. Doskaga ikki tomoni har xil doirachalar terib qo‘yiladi. 5 ta qizil doiracha qo‘yiladi. Oxirgi doirachaning orqasi aylantirib qo‘yiladi. 5 sonini 4 ta qizil va 1 ta yashil doirachadan hosil qildik. 4 va 1 barobar 5 deydi, tarbiyachi. Bolalarga qizil doirachalarning sonini ko‘rsatuvchi raqamni ko‘rsating, yashil doirachalarning sonini ko‘rsatuvchi raqamlarni ko‘rsating, deyiladi. Bolalar, 4 va 1 raqamlarini ko‘rsating, deyiladi. Bolalar 4 va 1 raqamlarini ko‘rsatadilar. Tarbiyachi 4 qo‘shuv 1 barobar 5, keling, yozib qo‘yamiz, deydi. Tarbiyachi doskada, bolalar stollarida .,yozadiiar“. Keyin 3 va 2, 2 va 3, 1 va 4 variantlai^i ko‘rsatiladi hamda yoziladi. (4 qo‘shuv 1 barobar 5, 3 qo‘shuv 2 barobar 5, 1 qo‘shuv 4 barobar 5). Bu murakkab vazifa bo‘lgani uchun mustaqil mashqlarda, daftarga chizishda, o‘yinlarda mustahkamlanadi. 0‘yin usuli. Tarbiyachi 5 ta toshchani 2 qo‘liga bo'lib ushlaydi. Bolalar o‘zlaricha chap qo‘lda 2 ta, o‘ng qo‘lda 3 ta deb topadilar. Agar biron bir bola 1 ta qo‘lingizda 5 ta, ikkinchisida 1 ta ham yo‘q desa, buni albatta yozib qo‘yish kerak: 5 qo‘shuv 0 barobar 5. Bu o‘yinni boshqacha ham o‘ynash mumkin. Masalan, bir qo‘lidagi toshchalarni ko‘rsatib, ikkinchi qo‘limda qancha, deb so‘rash mumkin. □□□□□□■ ooooe ▲ ▲▲▲▲ Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling