O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Figuralarni klassiflkatsiya qilish
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topqirlikka oid masalalar.
- Vaqtni hilish.
- Kecha-kunduz. Soat. Daqiqa
Figuralarni klassiflkatsiya qilish. Hamma to'rtburchaklarni ajrating. Nima uchun ularni to'rtburchaklar deb o‘ylaysiz? Siz ularning to‘rtburchak ekanligini qanday bildingiz? Ko‘pburchak, t^rtburchaklar haqidagi tasawurlarini maxsus mashg‘ulotlarda shakllantirish kerak.
Tevarak-atrof (joy)ni bilish. Bolalarning maktabdagi ko‘pgina faoliyatlari tevarak-atrofdagi o‘rnini aniqlash (modjal ola bilish) bilan bog‘liqdir. Shuning uchun bolalar maktabga chiqqunga qadar harakat yo‘nalishlari (o‘ngda, chapda, to‘g‘ri, burchakdan burchakka va hokazo) ni bilishlari, tevarak-atrofdagi narsalarning o‘zlariga nisbatan (o‘ng tomonda, chap tomonda, yuqorida, pastda, orqada, oldinda) joylashishini bilishlari; bir-biriga nisbatan joylashishini (stolning oldida stul) xonada, uchastkada, mo‘ljal ola
to‘gri burchak bilishni, bog'chadan uyga qaytishni, ko'chadan o‘tish qoidasini bilishlari lozim. Bolalarni qog'oz sathini aniqlay bilishga o'rgatish muhimdir. Chunki bu bilimlar kitobning kerakli betini topishda, 1 varaq qog'ozning yuqorigi chap burchagi, yuqorigi o‘ng burchagi, daftarning yuqori, past tomonlari burchaklarini topishi, kerakli yo'nalishda daftarda chiziqlar chizishga o'rgatadi. Bolalaiga quyidagi topshiriqni berish mumkin: pastki chap burchagiga 4 ta kvadrat, yuqorigi o‘ng burchagiga 1 ta ortiq uchburchak chizing. Bolalarni bajargan ishlarini to‘laroq so‘zlab berishga o'rgatish zarur. Tevarak- atrofni bilish vazifasi matematika mashg'ulotida kam vaqtni oladi, uni ko'proq boshqa bilimlar bilan birgalikda olib borish kerak (kundalik turmush faoliyatida, o’yinda, mehnatda, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida, gimnastika vaqtida). Didaktik o'yinlar bolalaming tevarak-atrofni aniqlash ko‘nik- malarini takomillashtiradi. (Masalan: „Narsani top!“, „Xona bo'ylab sayohat" va hokazo o'yinlari.) Barcha asosiy harakat yo‘nalishiga ko'rsatma berib turiladi: ,,To'g‘riga borasan, keyin chapga burilib, shkaf oldidan o‘tasan“ va hokazo. Bunda bolalar tevarak-atrofda o'z o'rinlarini aniqlay biladilar. Topqirlikka oid masalalar. „Top, kim qayerda turibdi?" ,Agar Salimaning oldida Alisher, Nodiraning orqasida Akmal turgan bo‘lsa, Nodira qayerda turgan bo‘ladi?“ „Xonaning har burchagida bittadan mushuk o‘tirgan bo‘lsa. har bir mushukning qarshisida nechtadan mushuk o‘tiribdi?“ Asta-sekin vazifa murakkablashtirilib, ular o‘rtasidagi munosabatlar, narsalar soni ko‘paytirib boriladi. Awal tevarak-atrofni aniqlash ko‘rgazmali materiallar asosida olib boi^ilsa, keyinroq xayoliy dastur asosida olib boriladi. Vaqtni hilish. Bu bolim eng awal bolalarni mo‘ljallangan vaqtda hamma ishni bajara olishga odatlantirish, vaqtdan unumli foydalanish, vaqtni seza bilish hissini tarbiyalaydi. Masalan, 5 minutda, 10 minutda nima ish qilish mumkin? Bolalar soatdan foydalana bilishlari, vaqtni soat modeli yordamida aniqlay olishlari kerak. Tayyorlov guruhida bolalar kunning qismlari — erta, kech, kun, tun, hafta, oy, fasllami bilishlari lozim. Bu bo‘lim ham matematika mashg‘ulotlarining anchagina qismini egallaydi. Mashg‘ulotlarda bolalar hafta kunlari, oy va fasllaming birin-ketin kelishi bilan tanishadilar. Bundan tashqari bolalar hafta kunlarini aytib, raqamlar bilan yozishni o‘rganadilar. Kalendardan foydalanish oylar birin-ketin kelishi haqidagi tasawurlarini o‘stiradi. Bolalar kalendari oddiy bo‘ladi — oq va qora rangli tasmalar va raqamlar yopishtiriladi. Har bir kun ma’lum rang bilan belgilanadi. Masalan, dushanba—sariq, seshanba—ko‘k rang, yakshanba — qizil rang va hokazo. Kunda bolalar kalendami yirtib 1 ta qutichaga solib qo‘yadilar. Har oyning oxirida tarbiyachi qaysi oy o‘tganligi, qaysi oy kelishi haqida suhbatlashadi. Kalendarni o‘rganish 1 yilda 12 oy, har bir oy birin-ketin kelishi, har bir oyning o‘z nomi borligi haqidagi tushunchani kengaytiradi. Fasllar bilan tanishti- rishda topishmoqlar, hikoya, ertaklardan foydalanish mumkin. 0‘z soatlarida tarbiyachining topshiriqlarini bajaradi. Bolalar aniq soat 12 bo'lganini aniqlay olganini yuqorida aytilgan metodika asosida tanishtiriladi. Bolalar o‘z nutqlarida so‘zlardan to‘g‘ri foydalana bilish: „Nechta soat emas“, „Soat necha bo'ldi?“, „Kimniki 5 ni ko‘rsatayapti?“ Kecha-kunduz. Soat. Daqiqa 1 . r Soatning kichik mili vaqtning necha bo ‘Iganini ко ‘rsatadi. U bir katta chiziqchadan ikkinchi katta chiziqchaga / soatda о ‘tadi. Soatning katta mili daqiqani ко ‘rsatadi. U bir kichik chiziqchadan ikkinchisiga 1 daqiqada о ‘tadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling