O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


Download 2.5 Mb.
bet51/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

Maqsad. Bolalarning 4 va 5 sonining hosil boNishi haqidagi tasawurlarni mustahkamlash: 5 ichidagi predmetlami sanash, sanab ajratish va son, tovush sanog‘ini esda saqlab qolish hamda to‘plam sondagi tovush va buyumlar o‘rtasidagi muvofiqligini aniqlash, geometrik shakllar: doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtbur- chak, shar, silindr, kublarni farq qila bilishni paypaslab topishga o‘rgatish.
Mashg‘ulotning borishi. Pedagog (tarbiyachi)ning stolida taqillatish uchun bolg‘acha, bolalarda ikkita bo‘sh tasma hamda geometrik shakllar to‘plami solingan quti bor.
Pedagog (tarbiyachi) bolalarga nima bilan shug4illanishlarni aytadi: 0‘tgan mashg‘ulotlarda biz buyum va o'yinchoqlami qanday sanash kerakligini eslagan edik, bugun esa tovushlarni qanday sanash kerakligini eslaymiz. Sizlar bolg‘acha yordamida qancha tovush chiqqanligini sanaysiz. Bolg'aning birorta ham tovushini o‘tkazib yubormaslik hamda oldinga shoshib ketmaslik uchun diqqat bilan tinglang. Pedagog (tarbiyachi) bolalarga sanash vaqtida barmoqlardan foydalanishni maslahat beradi. Buning uchun tirsakni stol ustiga qo‘yib, har bir tovushni eshitganda qo‘lni oldinga tushirish lozim. Eshik orqasidan 2I marta tovush (bolg‘a ovozi) chiqadi. Hammasi bo‘lib 3—4 topshiriq beriladi.
Keyingi bolalarga kartochkalami oldilariga qo‘yish taklif etiladi va quyidagi topshiriq beriladi: yuqori qatorga, bolg‘achaning ovozi necha marta eshitilgan bo‘lsa, shuncha to‘g‘ri to‘rtburchakni sanab qo‘yib chiqish kerak. Pedagog (tarbiyachi) bolg‘a bilan 3 marta uradi, so‘ngra: „Siz nechta to‘g‘ri to‘rtburchak qo‘ydingiz va nima
I56
uchun? — deb so'raydi. Pastki qatorga bolg'acha necha marta urilsa, shuncha kvadrat qo‘ying (4 marta uradi). Siz nima qildingiz va nima uchun? Kvadratlar ko‘pmi (kammi) yoki to‘g‘ri to‘rtburchak- larmi? Qanday qilib bildingiz? Qaysi son katta (kichik): 3 mi yoki 4? Shakllar teng boMishi uchun nima qilish kerak?“.
Topshiriqning bajarishning ikki yo‘li tushuntiriladi: 2 ta to‘g‘ri to‘rtburchakka yana 2 la qo‘shish va ular teng 4 tadan bo‘ladi, yoki 4 ta kvadratdan 2 tasini olish, bunda ular teng 2 tadan bo‘ladi.
Topshiriq bajarishning ikki yo‘li tushuntiriladi: 3 ta to'g‘ri to‘rtburchakka yana 1 ta qo‘shish va ular teng 4 tadan bo‘ladi yoki 4 ta kvadratdan 1 tasini olish, bunda ular teng 3 tadan bo‘ladi.
Pedagog (tarbiyachi) ishni davom ettira borib, quyidagi topshiriqni beradi: ,,Bolg‘acha necha marta urilsa, kvadratlar soni shuncha bo‘lsin (5 marta uradi). Pedagog (tarbiyachi): kvadratlar soni nechta bo‘ldi va nima uchun? Qanday qilib 5 ta bo‘lib qoldi? To‘g‘ri to‘rtburchaklaming soni ham 5 ta bo‘lishi uchun nima qilish kerak? — kabi savollarni beradi. 1 ta to‘g‘ri to‘rtburchak qo‘shing. To‘g‘ri to‘rtburchaklar nechta bo‘ldi? (Baland ovoz bilan sanay- digan bolani chaqiradi). Endi nechta ovoz eshitsangiz to'g‘ri to'rtburchaklar sonini shunchaga yetkazing! (Pedagog 4 marta uradi). To‘g‘ri to‘rtburchaklar soni nechta bo‘ldi? Qanday qilib to‘g‘ri to‘rtburchaklar soni 4 ta bo‘lib qoldi? Kvadrat ko‘pmi (kammi) yoki to‘g‘ri to‘rtburchakmi? Qaysi son katta (kichik): 4 mi yoki 5?“
.Ajoyib xaltacha" o‘yin mashqi. Bolalar stolida geometrik shakllar (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, shar, silindr, kub) solingan qutichalar bor. Ularning rangi va oMchamlari har xil (har bir bola uchun har xil turdagi shakldan 1 tadan). Pedagog (tarbiyachi) stoliga ham xuddi shunday, biroq, lari kattaroq shakllarni stol ustiga bir qator qilib qo‘yishni aytadi va kim to‘g‘ri bajarsa og‘zaki maqtov bilan rag‘batlantiriladi. Oddiy savollar bilan bolalar bilimi mustahkamlanadi.

  1. mashg‘ulot


Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling