O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
Mashg‘ulotning borishi. Geometrik shakllai^: doira, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak modeli joylashtiriladi. Awal chaqirilgan bola shakllar nomini aytadi, so'ngra qolgan barcha bolalar ham aytib chiqadilar. Bolaga doirani ko‘rsatish taklif etiladi. Bolalarga: „Doira boshqa shakllardan nimasi bilan farq qiladi?“ — degan savol beriladi. Bola doira atrofini barmog‘i bilan aylantirib chiqadi va dumalatib ko‘radi. Pedagog (tarbiyachi) bolalarning javobini umumlashtirib. bolalar doirani osonlik bilan topadilar, chunki uning burchaklari yo‘q, qolgan shakllarning esa burchaklari bor, deb ta'kidlaydi.
Stol ustiga har xil rang va o‘lchamdagi 2 ta doira va 2 ta oval shakli joylashtiriladi. „Mana bu shakllarga qarang-chi, ularning orasida doira bormi?“ Bolalardan biriga doiralarni ko‘rsatish taklif etiladi. Bolalar e'tibori faqat doiralarga emas, balki doiraga o‘xshash boshqa shakllar ham borligiga qaratiladi. Bular oval shaklidagi shakllardir. Pedagog (tarbiyachi) bolalarni oval shakldagi figurani doira shaklidan farq qila bilishga o‘rgatadi. U „Oval shakldagi figuralar nimasi bilan doiraga o‘xshaydi?“— deb so‘raydi. Pedagog (tarbiyachi) bolalarni birgalikda havoda harakat qilishga jalb etib, ko'rsatkich tayoqcha bilan doira va oval shaklidagi figuraning atrofini aylantirib chiqadi. Bir bola barcha doira shaklidagi figuraning atrofida, ikkinchi bola esa barcha oval shaklidagi figuralar atrofida qo‘l yurgizib chiqadi. Oval shaklida ham doira shaklidagi singari burchaklar boMmasligini aniqlaydilar. Bu shakllar shu tomonlari bilan bir-biriga o‘xshaydi. Bolalarga awal doira shaklini, keyin oval shaklidagi figuralarni dumalatish taklif etiladi. Doira shaklining yaxshiroq dumalashi aniqlanadi. Nima uchun uning yaxshi dumalashi so‘raladi. So‘ngra oval shaklidagi figura doiradan yana nimasi bilan farq qilishi aniqlanadi. Pedagog oval shaklidagi figurani (kichikroq o‘lchamdagisini) doira ustiga, so‘ngra doirani (kattaroq o‘lcham- dagisini) oval shakli ustiga qo‘yadi va bolalar diqqatini oval shaklidagi figuralar bir oz uzunroq ekanligiga jalb qiladi. Ana shu tomoni bilan u doiradan farq qiladi. Barcha doiralarni eng kichigidan boshlab bir qatorga tartibi bilan qo‘yib chiqish taklif etiladi, hammasi bo‘lib nechta doira bor ekanligi aniqlanadi. Pedagog (tarbiyachi) 1—2 bolaga awal doiralarning, so‘ngra oval shaklidagi shakllarning nisbiy o'lcham- larini tartibi bilan aytib chiqishni taklif etadi (har xil shakllarning soni taqqoslanadi). Pedagog (tarbiyachi) navbati bilan, doira va oval shaklidagi shakllardan: qush, ayiqlar tasfirlangan jadvallarni ko‘rsatadi. Bolalarga applikatsiyani tashkil etgan shakllarni aytib chiqish taklif qilinadi. („Boshning rasmi doiraga, gavda rasmi — oval shaklidagi figi^iraga o‘xshash va hokazo.“) Bu mashg‘ulotdan keyin bolalarni oval shaklidagi figura turlari (o'qning xilma-xil nisbatlari) bilan tanishtirish maqsadida „Har bir shaklni o‘z joyiga“ o‘yinini o‘tkazish foydalidir. mashg‘ulot Maqsad. 5 ichida sanash va sanab ajratish malakalarini mustahkamlash; bir vaqtning o‘zida 2 ta sonni, predmetlar nomini va ularning joylashish o‘rnini eslab qolishni mashq qildirish; doira va oval shaklidagi figurani, kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakni farq qila bilish ko‘nikmasini mustahkamlash, qog‘oz varag‘ida predmetlarning o‘zaro joylashish nisbatlarini: yuqorida, pastda, chapda, o'ngda, o‘rtada so‘zlari bilan ifodalash; predmetlami tarbiyachining ko‘rsatmasiga muvofiq qog‘oz varag‘ining ma'lum qismiga joylashtirish. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling