O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
Mashg‘ulotning borishi. /- qism. Pedagog (tarbiyachi) navbat bilan 4 ta jadvalni ko‘rsatadi. Ulardan 2 tasida yuqorida, pastda, o‘rtasida, yana 2 tasida esa — chapda, o‘ngda, o‘rtasida 3 tadan geometrik shakllar (doira, oval shaklidagi figura hamda kvadrat; to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va uchburchak) joylashtirilgan. Shakllarni ko‘rsatib, nomini hamda ularning qayerga joylashganligini aytib berish topshirig‘i beriladi. Dastlab o‘rtadagi (markazdagi) shaklning nomini aytish kerak. Pedagog (tarbiyachi) javob namunasini aytib berishi mumkin.
Agar bola hamma shakllar nomini va joylashish o‘rnini to‘g‘ri aytsa, unda barcha bolalar kartochkada shakllar soni nechta bo‘lsa, shuncha marta chapak chaladilar. qism (tarqatma material bilan ishlash). Har bir bolada qog‘oz varag‘i va geometrik shakllar modelining to‘plami bor. Pedagog (tarbiyachi) bolalarga bugun qanday shakllarni va ularning nechtaligini qanday joylashtirish kerakligini o‘rganishlarini aytadi. Shunday topshiriq beriladi. 5 ta kvadratni qog‘oz varag‘ining yuqorisiga (,,o‘zidan uzoqroqqa"), 4 ta to‘g‘ri to‘rtburchakni esa qog‘oz varag‘ining pastiga (,,o‘ziga yaqinroq“) qator qilib qo'yish; 3 ta doirani chap tomonga, 2 ta oval shaklidagi figurani o‘ng tomonga qator qilib qo‘yish; 4 ta doirachani o‘ng tomonga, oval shaklidagi 3 ta shaklni esa chap tomonga qator qilib qo‘yish. Bolalar topshiriqni bajarayotib, har safar nima qilganlarini qanday shakllardan nechtadan va qayerga qo'yganliklarini tushuntirib beradilar. Pedagog (tarbiyachi) diqqat bilan tinglab topshiriqni eslab qolish, kerakli sonda shakllarni sanab ajratish hamda ularni to'g‘ri joylashtira olish ko‘nikmalarini baholaydi. qism (bolalar gurahlari bilan ishlash). Pedagog (tarbiyachi) bolalarni (navbat bilan) chaqirib, xonaning ma'lum qismida turish, oldida, orqasida, chap va o‘ng tomonida nimalar borligini aytishni taklif etadi. Hammasi bo‘lib 3—4 ta bola ch^qii^iladi. mashg‘ulot Maqsad. 6 va 7 sonining hosil bo‘lishini ko‘rsatish; bolalarni 7 ichida predmetlarni sanash va sanab ajratishga o‘rgatish; predmetlar sonini eslab qolish; o'ngdan, chapdan, o‘rtadan topa bilish ko‘nikmasini mustahkamlash; bolalarni predmetlarning joylashish o‘rnini; oldinda, orqada, chapda, o‘ngda, oldini, orqani topa bilishlarini mashq qildirish. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling