O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
Mashg‘ulotning borishi. 1- qism. Pedagog (tarbiyachi) 2 guruh to‘plam polotnosiga b r-biridan ma'lum masofada bir qator qilib joylashtirilgan rasmlarni ko‘rsatadi. Rasmda chumchuq va qaldirg‘och rasmi tasvirlangan. Pedagog (tarbiyachi): „Bu qushlarning nomi nima? Ularning soni tengmi? Kim tekshirib ko‘radi?“, — deb so‘raydi.
Bola rasmlarni bir-birining tagiga juft holda ikki qator qilib terib chiqadi. Qushlar soni 5 tadan — teng ekanligi aniqlanadi. Pedagog (tarbiyachi) yana chumchuq qo‘shadi va: „Chumchuqlar nechta bo‘ldi?“ — deb so‘raydi. U chumchuqlami sanab intonatsiya л» bilan yangi olti so‘zini aytadi hamda „Chumchuqlar nechta bo‘ldi? Qanday qilib chumchuqlar 6 ta bo‘lib qoldi? (Nechta edi? Nechta qo‘shildi? Nechta bo‘ldi?) Qaysi qushlarning soni ko‘p? Ular nechta? Qaysi qushlar kam? Ularning soni nechta? Qaysi son katta: 6 mi yoki 5? Qaysi son kichik? Qushlar soni teng, 6 tadan bo‘lishi uchun nima qilish kerak?“ U keyin qaldirg‘ochlarni qo‘shadi va ularning soni nechtadan bo'lganligini, qanday qilib 6 tadan bo‘lib qolganligini so‘raydi. So‘ngra qaldirg‘ochni olib qo‘yib: „Qushlarning soni teng bo‘lishi uchun nima qilish mumkin?“ — deb so‘raydi. Agarda chumchuqlardan bittasi olib qo‘yilsa, qushlar soni teng, 5 tadan bo^shini ta'kidlaydi. Pedagog (tarbiyachi) 1 ta chumchuqni olib qo‘yadi va: „Ularning soni nechta bo‘ldi? Qanday qilib ularning soni beshta bo‘lib qoldi?“ — deb so‘raydi. Yana 1 tadan qush qo‘shadi va bolalarga hammalari birgalikda qushlarni sanab chiqishlarini taklif qiladi. Bolalarga 7 sonining hosil bo‘lishini xuddi shu usulda tushuntirib tanishtiriladi. 2- qism (tarq.Hma materiat bilan lshlash). „Qancha bo'lsa, shunacha ko‘rsat“ o‘yin mashqi. Har bir bolada 5 tadan 7 tagacha o‘yinchoq rasmi chizilgan 3 tadan ko‘rgazma bor. Bolalar kartochkadagi o‘yinchoqlar rasmini sanab chiqish va kartochkalami tartibi bilan, ya'ni chap tomonda 5 ta predmetning rasmi chizilgan kartochka, undan keyin (o‘rtada) — 6 ta predmetning rasmi chizilgan kartochka, o‘ng tomonda esa 7 ta predmetning rasmi chizilgan kartochkani qator qilib qo‘yib chiqish taklif etiladi. Tokcha (polka)gt bir nechta o‘yinchoq qo‘yiladi. Bolalar tokchada nechta o‘yinchoq bo'lsa, xuddi shuncha o‘yinchoqning rasmi chizilgan ko‘rgazmani topib ko‘rsatadilar. Har safar 2—3 ta bolani chaqirib, nima uchun aynan shu kartochkani ko‘rsatgar liklarini tushuntirib berishlari taklif etiladi. 3- qism. Pedagog (tgrbiyachi) havbat bilan 5—6 — bol ani chaqirib, ularga qayerda iurishlaai kerakligini aytadi. Pedagog (iaaCiyachi) 5—6 ta bolani chaqiaiC, kim oldinda va kim ketida turganligini aytib berishini so‘raydi. Keyin u bolalarga o‘ngga yoki chapga burilishlarini aytadi va yana bolalardan kim (o‘ngda; chapda) qayerda (kimdan) turganligini aytib Cerishlarini taklif qiladi. mashg‘iulot. Maqsad. 6 va 7 sonining hosil bo‘lishi haqidagi bilim hamda 7 ichidagi predmetlami sanay bilish ko‘nikmasini mustahkamlash; naqshda joylashgan shakllarni izchillik Cilar kc/rib chiqishni, shakllar nomini hamda ularning fazoda; o‘rtada (markazda), yuqorida, pastda, chapda, o‘ngda joylashishini to‘g‘ri ayta bilish ko‘nikmasini mustahkamlash; shakllarning joylashish o‘mini eslaC qolish; ko‘rib idrok etilgan predmetlami paypaslaC topishni mashq qildirish. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling