O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


§. Sonning birliklardan iborat miqdoriy tarkibi


Download 2.5 Mb.
bet39/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

§. Sonning birliklardan iborat miqdoriy
tarkibi


Ma'lum bir sonda xilma-xil o‘yinchoq yoki geometrik figuralar rasmini chizish. („Men hammasi bo‘lib 5 ta figura, 1 ta doira, I ta oval shakli, 1 ta kvadrat, 1 ta to‘g‘ri to‘rtburchak, 1 ta uchbur- chak chizdim"). Narsalarni biror belgisiga ko‘ra guruhlarga ajratish, har bir guruhni sanoq birligi sifatida ajratib olish hamda guruhlarning umumiy sonini aniqlash („hammasi bo‘lib 6 ta gul- donda gullar guruhi bor: bir guruh havorang, yana biri push- tirang, biri sariq va yana biri ko‘k rangda“ va hokazo).
Agar 2-3 sonining tarkibi parallel holda o‘rganilsa va tegishli miqdordagi guruhlarni tuzishni mashq qilish navbatlantirib turilsa, bolalar sonlarning miqdoriy ahamiyatini tezroq tushunib oladilar. Bu bolalarga ayni bir vaqtda xilma-xil tarqatma materiali bilan (masalan, ba'zilari 3 xil mebeldan guruh tuzganlar, boshqalari 4 xil idish-tovoqdan, uchinchilari 3 xil sabzavotdan va hokazo) harakat qilishlariga yordam beradi.
Bolalar topshiriqlarni bajarib bo’lganlaridan keyin qanday qilib guruh tuzganliklari, unda har xil narsalardan nechtadan va hammasi bo‘lib nechta guruh borligi haqida so‘zlab beradilar. Olti yoshli bolalarga ayni bir vaqtda 2 ta sonni aytish va narsalarning 2 guruhini tuzish topshirig‘ini berish mumkin. Masalan, tokchaning yuqori qavatiga 4 xil, pastki qavatiga esa 5 xil geometrik figuralardan iborat guruh tuzish. Tarbiyachi bolalarning e'tiborini faqat son­larning birliklaridan iborat tarkibiga jalb etibgina qolmay, balki sonlar o‘rtasidagi nisbatlariga (1 son 2 sondan nechtaga katta va kichik) ham qaratadi. Bolalar asta-sekin har bir son ma'lum miqdordagi son birliklaridan iborat bolishini tushuna boradilar,
ular: „Men 7 sonini aytsam, sen nechta o‘yinchoq olasan? Nima uchun“, keyinroq esa „7 soni ichida nechta birlik bor?“ — degan savollarga javob bera oladilar. Ushbu mavzu bo‘yicha 7—8 maxsus mashg‘ulotda ish olib boriladi.


&
d e

Dastlabki 3 mashg'ulotda birinchi qism materiali, qolganlarida ikkinchi qism materiallari o‘rganiladi. Biroq, butun o‘quv yili davomida vaqti-vaqti bilan ayniqsa bolalar bir talay qo‘shish usulini o'rganayotganlarida mavzu la rni takrorlab turish kerak.






Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling