Bolalarni masalalar tuzishga o’rgatish. Tarbiyachi birinchi mashg’ulotda bolalarga masala haqida umumiy tushuncha berib, amalda shartlar tuzish va unga savollar qo’yishni o’rgatadi.
Dastlab bir-ikkita masalani tarbiyachining o’zi tuzadi, bunda u o’zining ko’rsatmasiga binoan bolalar bajargan harakatlarni tavsiflaydi: ,Akbar stolga 3 ta qalam qo’ydi. Nilufar yana 1 ta qalam olib kelibdi. Nilufar va Akbar hammasi bo’lib nechta qalam olib kelishdi?”
Bolalar Nilufar 1 ta qalam olib kelganini, hammasi bo’lib esa 4 ta qalam bo’lganini, 4 sonining 1 dan ko’pligini tushuntiradilar. Tarbiyachi: „Men masala tuzdim, sizlar esa uni yechdinglar. Endi
biz masala tuzish va uni yechishni o‘rganamiz“, — deydi. Bolalar hozirgina yechgan masalani eslaydilar. Tarbiyachi bolalarga masalani qanday qilib tuzganini tushuntiradi. .Awal stol ustiga Akbar nechta qalam qo‘yganini, Nilufar nechta qalam olib kelganini, so‘ngra esa Nilufar bilan Akbar nechta qalam olib kelishganini so‘zlab berdim. Siz Nilufar bilan Akbar 4 ta qalam olib kelishganini aytdingiz. Masalani yechib, siz savolga to‘g‘ri javob berdingiz“.
Yana bitta xuddi shunday masala tuzadilar. Masala savoliga to‘liq va aniq javob berish kerakligini ta’kidlash muhimdir. Agar bola biror narsani o‘tkazib yuborsa, masalan, faqatgina narsaning miqdori haqida gapirsa („4 ta qalam“), u holda tarbiyachi undan qanday qalamlar haqida so‘z borayotganini so‘raydi.
“. Quyidagi shakllami qog‘ozni buklash yo‘li bilan hosil qiling.
2.
Chinni gullar va lolalar hammasi bo‘lib nechta?
Lolalar chinni gullardan nechta kam?
Chinni gullar lolalardan nechta ko‘p?
Do'stlaringiz bilan baham: |