O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Venapunksiya, venaseksiya va markaziy tomirlarni
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.4. Infuzion terapiya. Parenteral yol bilan ovqatlantirish
- Infuzion terapiyaga korsatmalar.
- Infuziya uchun ishlatiladigan suyuqliklar
- ANESTEZIST VA REANIMATSIYA HAMSHIRASI BILISHI VA BAJARISHI SHART BOLGAN ASOSIY ISHLAR
- OTKIR ZAHARLANISHLARDA QOLLANILADIGAN ASOSIY REANIMATSION TADBIRLAR
9.3. Venapunksiya, venaseksiya va markaziy tomirlarni katetrlash Reanimatsiya va jadal davo lash amaliyotida markaziy tomirlarni katetrlash yoki tomirlar ichiga xlorvinil naychalarni qo'yish jadal davolashning bir bo'lagini tashkil qiladi. Og'ir yoki terminal holatda kelgan bemorning tomirlari bo'sh va puchaygan bo'ladi. Ularni topish murakkab, ko'p mehnat talab qiladi. Jadal davolash yoki reanimatsiya yordamini juda tez — qisqa vaqt ichida ko'rsatish zarur bo'lgani uchun markaziy tomirlarni katetrlash zaruriyati tug'iladi. Quyidagi holatlarda va shifokor ko'rsatmalariga tayanib tomirlar katetrlanadi: og'ir ahvoldagi bemorga doimiy infuzion terapiya zarur bo'lganda; markaziy vena bosimini doimiy o'lchab turish va infuzion terapiyaning foydasini kuzatib turish maqsadida; bemorga parenteral yo'l bilan zarur mahsulotlarni yetkazish uchun; qon tahlillarini o'z vaqtida olib turish maqsadida; markaziy bosimga tayanib, o'pka-yurak kasalliklarini aniq- lash maqsadida; — kichik diametrli tomirlarga ayrim dorilar yoki anestetikr larni yuborish mumkin bo'lmagani uchun markaziy tomirlar katetrlanadi; teriosti tomirlari umuman rivojlanmagan bemorlarda; narkoz paytida bemor noqulay holatda yotgan paytda; antibiotiklarni doimiy ravishda tomir ichiga yuborish kerak bo'lganda; — lazer nuri bilan (VLOK) davolash usullari hamda gemasorbsiya usullari qo'llanilganda. Ammo tomirlarni katetr- lashdan asoratlar ham kelib chiqishini unutmaslik kerak. Yuqori kovak venasi sindromi, o'ta kuchli gipovolemiya holatlarida katetrlash ehtiyotlik talab qiladi. Bunday holatlarda tomirlarni venaseksiya yo'li bilan topib, bir-ikki litr suyuqlik quygandan so'ng markaziy tomirlarga katetr qo'yish maqsadga muvofiqdir. O'pka emfezemasi yoki o'pka-yurak yetishmovchiligining dekompensatsiya darajasida, qon kasalliklari yoki qon ivish buzilganda, o'mrovosti sohasi shikastlanganda, katetrlash uchun shart-sharoit va mutaxassislar bo'lmaganda, ikki tomonlama pnevmotoraks bo'lganda katetrlash o'tkazilmaydi. O'mrovosti venasiga katetr qo'yish texnikasiga bog'liq bo'lgan asoratlar quyidagilardan iborat: katetrni qo'ya olmaslik (5—10 %); arteriyani punksiya qilish (0,5—3 %); qon kasalliklarida yoki qonning ivishi buzilganda punksiya qilingan joydan qon to'xtamasdan ketishi; teriosti gematomasi (0,5—20 %); subplevral gematoma (10 % gacha); tomir ichiga havo kirib qolishi (5 % gacha). Tomirga havo kirsa, bemor bezovtalanib qon bosimi ko'tariladi. Havo 5 ml dan ortiq kirsa, bemor hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Pnevmotoraks (2 % gacha); gemotoraks (0,8—1 % gacha); traxeya, buqoq bezi va yelka nerv chigaliga zarar yetkazish; katetrning yarmi venaga ketib qolishi natijasida bosh og'rishi, quloqning bitib qolishi kabi asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Parvarish qoidalari buzilganda ham asoratlar kelib chiqadi, chunonchi, katetrning chiqib ketishi; katetrning berkilib qolishi; yiringlashi; flebit, tromboflebitlar kelib chiqishi; embol uzilib ketib asorat chaqirishi; katetrga qo'yilgan tiqinning chiqib ketishi natijasida katetrdan ko'p qon ketishi yoki aeroaspiratsiya holatlari va hokazolar sodir bo'ladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, katetrning berkilib qolishi uni yaxshi parvarish qilmaslikdan darak ' —cHi. Berkilgan katetrni ochish maqsadida leska bilan katetrning Д trombni haydash yoki tozalash qat'iyan man qilinadi, chunki tromb uzilib organizmning xohlagan a'zosi qon tomiriga borib o'tirishi va og'ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. с Katetr uni qo'ygan kundan boshlab parvarish qilinishi zarur. Katetrni qo'yishda aseptika qoidalariga rioya qilish, boylamini har kun almashtirib turish va spirt quyib dezinfeksiyalash, tromb hosil bo'lmasligi uchun quyishni to'xtatmaslik yoki geparinli suyuqlik bilan sutkasiga besh, olti marta yuvib turish kerak. Katetr to'g'ri qo'yilgan yoki berkilib qolmagan bo'lsa, shpris porshenini tortganda qon keladi va itarganda porshen erkin harakat qiladi.
Periferik yoki boshqa tomirlarni katetrlashda ham yuqorida ta'kidlangan qoidalarga rioya qilish zarur. Shunda katetrlardan bir necha kundan bir oygacha foydalanish mumkin. Katetr venapunksiya yoki venaseksiya yo'li bilan qo'yiladi. Venaseksiyada ham venapunksiya uchun kerak bo'lgan jihozlardan foydalaniladi. Bunda yuqorida aytilganlardan tashqari, terini kesish uchun skalpel va bir-ikki qisqich kerak bo'ladi. Venaseksiya uchun qulay joy boldir, tovon sohasi, bilak qaytmalari,qo'llar hisoblanadi. Venaseksiya, mahalliy og'riq-sizlantirish yo'li bilan o'tkaziladi. To'qimalarni ezmasdan mo-hirlik bilan o'tkazish har qanday asoratdan saqlaydi. Tromboz, tromboflebit kabi asoratlarning oldini olish uchun katetrlar novokain yoki geparinli suyuqliklar bilan yuvib turilishi kerak. Katetrlarni parvarishlash ham markaziy tomirlarni katetr-lashdagidan farq qilmaydi. Aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilinishini kuzatib borish hamshiralarning vazifasidir. Vena tomirlari devorlari va vena atrofi qatlamlari infeksiyaga o'ta sezuvchandir. Venapunksiya paytida tomirlarni, ayniqsa, katta diametrli tomirlarni asrash kerak.
Tomirlarga katetrlar qo'yiladi, vena bilan ishlanadi, katetr parvarish qilib boriladi. Bundan keyingi vazifa infuzion terapiyani oqilona va savodli o'tkazishdan iborat. Har qanday holatda ham reanimatolog va hamshira infuzion terapiyani boshlashdan oldin quyidagilarni bilishlari va savollarga javob topa bilishlari kerak: infuzion-transfuzion terapiyaga nima majbur qildi: qon ketishimi, suyuqliklar yoki elektrolitlar yo'qolishimi, parenteral ovqatlantirishmi (majbur etgan sabablarning asosiy belgilari nimalardan iborat?); bemor uchun sutka mobaynida quyiladigan va yo'qotilgan moddalar miqdorini hamda qo'shimcha sabablarini (giper- termiya, oqmalar tarzida suyuqlik yo'qolishi, diabet va boshqalar) hisobga olgan holda hisoblab chiqishni; quyiladigan moddalarning (suyuqliklar va dorilar) muno- sabatini aniqlash; moddalarni quyish tartibi, vaqti, tezligini va miqdorini bemor holatiga qarab aniqlash; infuzion terapiyaning foydasi va samarasini aniqlay olish, uni baholash uchun bemorning ahvoli, klinik belgilari va laboratoriya ko'rsatkichlariga asoslanish; uzoq davom etgan infuzion terapiyaning kichik operatsiya ekanligini va turli asoratlarga olib kelishini unutmaslik; quyish tezligi chegaralanib, MVBni vaqti-vaqti bilan o'lchab turish; flakon yorlig'iga bemorning ismi va familiyasi, qachon quyilishi yozib qo'yilgandan keyin sutka mobaynida flakonning saqlanishini nazorat qilish; quyiladigan suyuqliklarning muddati, flakon-idishlarning butunligi va suyuqliklarning rangi, qopqog'ining holatiga e'tibor berish. Infuzion terapiyaga ko'rsatmalar. Infuzion terapiya deb, suyuqliklarni quyib davolashga aytilsa, qon va uning preparatlarini quyishga transfuzion terapiya deb aytiladi. Ikkalasini birlashtirib infuzion-transfuzion terapiya deb yuritiladi. Bu yo'l bilan davolash orqali og'ir holatdagi bemorning organizmida bo'ladigan turli patologik o'zgarishlarni tartibga solish yoki xavfning oldini olish mumkin. Bu usul davolashning asosiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham infuzion terapiyaning oldiga qo'yilgan vazifalar va ko'rsatmalar ko'p. Ular quyidagi-lardan iborat: qon hajmini va reologiyasini korreksiya qilish; to'qimalardagi suyuqliklar tarkibini korreksiya qilish; turli dori-larni qo'shib yuborish; zaharlanishlarga qarshi kurashish; parenteral yo'l bilan ovqatlantirish; qonning biokimyosi va kolloid osmatik hususiyatlarini tiklash. Bemorning ahvoli qay darajada, nima sababga ko'ra og'ir bo'lmasin, har qanday holatda ham qonning reologiyasi buziladi; sekvestratsiya holati paydo bo'ladi. Ana shunday holatlarda ham infuzion terapiya juda zarur bo'ladi. Endi infuzion terapiya uchun kerak bo'ladigan suyuqliklar va moddalarni ko'rib chiqaylik.
birinchi guruhda aglyutinin alfa va bettalar bo'lib, aglyutinogen yo'q; ikkinchi guruhda A/II, aglyutinogen A hamda aglyutinin betta bor; uchinchi guruhda aglyutinogen B/ITI va aglyutinin alfa bor; — to'rtinchi guruhda AB/IV, aglyutinogen A va В lar bor. Aglyutinogenlar eritrotsitlar tarkibida, aglyutininlar esa qon plazmasi tarkibida bo'ladi. Qon quyganda bo'ladigan gemo- transfuzion asoratlar, asosan, aglyutinogenlar hisobiga yuz beradi. Qon quyishda qon guruhlaridan tashqari rezus omilni ham aniq lash kerak. Rezus omil antigen yoki maxsus oqsil — eritrotsitlar tarkibida bo'ladi. 85 % rezus manfiy va 15 % rezus musbat kishilar bor. Qon quyganda guruhi to'g'ri kelsa-yu, biror-bir asorat sodir bo'lsa, albatta rezus omildan deb o'ylab, shunga qarab ish tutish kerak.
Qon quyadigan tibbiyot xodimi immunogematologiyani bi-lishi shart. Har doim qon yoki oqsil quyganda organizmda anti-tana paydo bo'ladi. Shu antitana ko'ngilsiz holatlarga olib kelishi
1 Шт Ш&а «MS I i «ш mm mm. 'mm mumkin. Bunday paytda albatta rezus omilni tekshirib ko'rish zarur, chunki ayrim paytlarda ahvoli og'ir bemorlarda reaksiya chiqaruvchi antitanalar paydo bo'lib, o'z xo'jayiniga qarshi kurashadi. Homiladorlikning 7—8 haftasidan boshlab rezus omil paydo bo'ladi va homilaga o'tadi. Antitanalar organizmda qon quyganda-gina emas, hatto har qanday oqsilni quyganda ham paydo bo'ladi. Bunda organizmning antigenga sezuvchanligi oshib boraveradi va navbatdagi qon yoki oqsil quyishlar ko'ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin. Antitanalar uch guruh: getro, izo va auto antitanalarga bo'linadi. Getroantitanalar organizm uchun uncha xavfli emas. Ular hayvonlar oqsiliga sezuvchan. Izoantitanalar begona qon plazmasi yoki rezus manfiy qon quyishdan paydo bo'ladi va kuchli asoratlar keltirib chiqaradi. Autoantitanalar esa organizmning o'zida bo'ladigan antigenlarga qaratilgan bo'lib, ular og'ir holatni kutib turadi va o'z xo'jayiniga qarshi kurasha boshlaydi. Dastlabki davrda ular organizmni himoya qilish uchun agressorga qarshi, kuchi yetmaganidan keyin o'z xo'jayiniga qarshi kurashadi yoki bosh-qacha qilib aytganda organizmning reaktiv holati o'zgaradi. Shun-day holatlarda biror dorini yuborish kuchli 'reaksiya yoki anafilaksiyaga olib kelishi mumkin. Yuborilgan dori bu yerda gapten rolini o'ynaydi, ya'ni antigenga hos ish tutadi. Shuning uchun ham og'ir holatdagi bemorlarda o'tkir ichak kasalliklari kuzatiladi. Gipertermiya holatidagi bemorlarda har qanday yuborilgan doridan reaksiya yoki anafilaksiya kutish mumkin. Hech kim, hech qachon anafilaksiya va reaksiyadan kafolatlangan emas, faqat o'z vaqtida aniqlab davo choralarini o'z vaqtida boshlash kerak. Qon quyish uchun badalli va badalsiz donorlardan tayyorla-nadi. Hozircha qonning o'rnini bosadigan birorta modda yo'q. Keyingi vaqtlarda sun'iy qon ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan bo'lib, u flyuzal deb ataladi. Undan foydalanish hali ommaviy tus olgani yo'q. Qon maxsus retseptlar asosida yoki konservantlarda oldindan salomatligi tekshirilgan donorlardan tayyorlanadi. Tayyorlangan qon hamma tahlillardan (qon guruhi, rezus omillar, billirubin, R-Xedellson, Vasserman, SPID va h.k.) o'tgandan so'ng quyishga ruxsat beriladi. Donorlardan olingan qonni 1—3 kun orasida quyish ] 72 iSBa "**» ■*" аша ■" ишв мв|* *■*■ шт1 тт *"■* ■■■ ■"■ ■*■ "■*■вшш ■■■ "■■ ""* """ "™ ■**•' juda foydalidir. Konservatsiya qilingan qondan tashqari toza olingan qon (u ham konservantga olinib, o'sha zahoti quyiladi), geparinlangan qon (konservanti bo'lmagan flakonlarga 250 bir., geparin 50 ml, fiziologik suyuqlik ustiga donordan qon olinadi) 30—60 daqiqa davomida quyilishi kerak. To'g'ridan-to'g'ri qon quyish oldindan aniq bo'lgan donordan bemorga qon shprislari yoki maxsus apparatlar yordamida quyiladi. Qondan tashqari transfuziya maqsadida qon preparatlari ham keng qo'llaniladi. Ularga eritrotsitar massa, yuvilgan eritrotsitlar, muzlatilgan erit-rotsitlar, quritilgan plazma, nativ plazma, 5; 10; 20 % li albumin va proteinlar kiradi. Ularni qoida va ko'rsatmalarga rioya qilgan holda quyish asoratlardan holi qiladi. Qon, asosan, vena ichiga, arteriya ichiga tomchilatib yoki tezlikda yoki bosim ostida quyiladi. Infuzion suyuqliklar esa tomir ichiga, teri ostiga, suyak ichiga, portal sistemaga, to'g'ri ichakka tomchilatib quyiladi. Ko'rsatmaga muvofiq bularni ham tezlatib yoki tomchilatib quyish mumkin. Qon quyishga mutloq ko'rsatmalardan biri bemor hayotini saqlab qolish yoki uni sog'lomlashtirishni tezlashtirishdan iborat. Bemor hayotini saqlash bilan bog'liq ko'rsatmalar bo'lganda har qanday moneliklar kun tartibidan olib tashlanishi kerak. Qon quyishga ko'rsatmalar bemorning tashxisiga qarab emas, kasallikning kechishi va asoratlariga qarab aniqlanishi, qon quyishdan yoki infuzion terapiya o'tkazishdan oldin shifokor nima, qayerga quyish kerakligini, quyish tezligini, miqdorini, ko'rsatma va moneliklarini aniqlab olishi kerak. Septik endokarditning og'ir formasida, kichik qon aylanish doirasida dimlanish paytida, tomir-yurak yetishmovchiligining og'ir formalarida, terminal nefritlarda qon quyilmaydi. Bu paytda muolaja qilish-qilmaslik bemor ahvoliga qarab hal qilinadi. Qon quyishdagi asoratlar qonni tayyorlash, uni saqlash va quyish texnikasining buzilishiga bog'liq. Ko'pchilik asoratlar shoshilinch xizmat ko'rsatgan paytda uchraydi. Sababi shifokor uchun bemor, uning qon guruhi, rezus omili, bemorning kclajagi, allergik anamnezi va boshqa holatlari noaniq, lekin bemor hayotini saqlash uchun gemotransfuziyaga to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatma bor. Ana shunday paytlarda asoratlarni kamaytirish maqsadida bemorga yordamni oddiy suyuqlik quyishdan boshlash kerak.
173 Infuziya uchun ishlatiladigan suyuqliklar quyidagilarga bo'linadi: qon o'rnini bosuvchi shokka qarshi ta'sirchan suyuqliklar ME Ml Ml
Haddan tashqari ko'p qon ketish oqibatida suv va tuz miqdori kamayib ketganda yo'qotilgan moddalar o'mini to'ldirish uchun kuchaytirib quyish qo'llaniladi. Iloji bo'lsa, bunday paytda birdaniga 2 va 3 ta tomirdan bir daqiqada 100—300 ml dan quyiladi. Ketgan qon va tuzlar o'rni to'lishi bilan yoki qon bosimi 80—90 mm. sim.ust. ga yetgandan so'ng quyish tezligi minutiga 50 ml ga tushiriladi. Bemorning ahvoli, ko'rsatkichlar yaxshilangandan so'ng tomchilatib quyishga o'tiladi. Quyish tezligi bir daqiqada 20—40 tomchini tashkil qilishi kerak. Suyuqliklar qaysi yo'l bilan quyilishidan qat'iy nazar markaziy vena bosimi, ajralgan siydik miqdori, mikrosirkulatsiya holati, qon bosimi, tomir urishi, to'g'ri ichak bilan qo'ltiqosti harorati farqi hisobga olinishi kerak. Agar qon haddan tashqari ko'p ketgan bo'lsa, birinchi navbatda to'qimalarda suv yetishmovchiligini ta'minlash, buning uchun tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to'ldirish, periferik qon aylanish va mikrosirkulatsiyani yaxshilash kerak bo'ladi. Umumiy quyilgan qon miqdori yo'qotilgan qon hajmidan ikki, ayrim hollarda uch barobar ko'p bo'lishi yoki qon va tuzlar nisbati 3:1 bo'lishi kerak. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, ko'p miqdorda qon quyish oqibatida ayrim asoratlar kelib chiqadi. Bu asoratga ko'p miqdorda qon quyishdan keyingi sindrom deyiladi. Bu sindromning kelib chiqishida quyilgan qon sifati, quyish tezligi, qon tayyorlangan muddat, aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilinganligi va organizmning reaktiv holati katta rol o'ynaydi. Bu sindromning belgilari quyidagicha: qon bosimi past, tomir urishi tcz, ko'z sklerasi va terisi sarg'aygan, terida mayda qon quyilishlar bor, billirubin miqdori ko'paygan va h.k. Organizmda suvning haddan tashqari yo'qolishi degidrotatsiya deyiladi. Degidrotatsiya hujayradan tashqarida bo'lishi mumkin. Organizmdan 10—15 % suv yo'qolsa, bemor og'ir holatga tushib qoladi, suvning 20 % yo'qolishi kishini o'limga olib keladi. Degidrotatsiya holatlarida asosiy vazifa yo'qolgan suvning o'mini to'ldirishdan iborat. Bu muolaja 5 % И glukoza quyish yo'li bilan amalga oshiriladi. Glukozaga kaliy xlor eritmasi va insulin qo'shib yuborish maqsadga muvofiqdir. Glukozadan so'ng onkotik bosimni oshirish uchun oqsil moddalar, poliglyukin va qon preparatlari quyish zarur. Qancha miqdorda suyuqlik quyish kerakligini aniq-lash uchun sutka mobaynida organizmning suyuqlikka talabi, bemorning umumiy ahvoli, markaziy vena bosimi va bir soatda ajralgan siydik miqdori, mikrosirkulatsiya holati, teri hamda shilliq qavatlarning holati hisobga olinadi. Bulardan tashqari, organizm harorati, qo'shimcha yo'qotilish sabablari (sun'iy nafas berish, traxeostoma, oqmalar, qusishlar va h.k.) ham hisobga olinib, infuzion terapiya o'tkaziladi. Infuzion-transfuzion terapiya o'tkazilganda uning samarasini bilish uchun klinik belgilardan tashqari laboratoriya tahlillari ham o'tkazib turiladi. Tahlillarda gemoglobin, gematokrit, qonning ivish vaqti, bioximik tahlillar, siydikning solishtirma og'irligi, mikroskopiyasi va boshqalar muntazam ravishda tekshirib boriladi. Mahalliy anesteziya anesteziologiya-reanimatologiyaning ajralmas qismidir. U tabobatning hamma sohasida qo'llanilib, turli og'riq sindromlarini davolashda ishlatiladi. Mahalliy anesteziya uchun qo'llaniladigan dorilar ko'p. Mahalliy anesteziyaning ta'sir qilish mexanizmi asab tolalarida qo'zg'aluvchanlik-o'tka-zuvchanlikni susaytirishdan iborat. Mahalliy anestetiklar quyidagi talablarga javob berishi kerak: kam miqdorda qo'llanilishi va samarasi yaxshi bo'lishi; og'riq-sizlantirishni to'la ta'minlashi; asab tolalariga yoki to'qimalariga salbiy ta'sir qilmasligi; organizmni zaharlamasligi kerak. Mahalliy anesteziya qo'llanilganda, quyidagi tamoyillarga rioya qilinsa, xavf-xatarsiz bo'ladi: mahalliy og'riqsizlantirish qo'lla-nilishidan qat'iy nazar operatsiya qilinadigan bemor anesteziolog tomonidan ko'rilishi; bemor albatta psixologik tayyorgarlikdan o'tishi; premedikatsiyaga albatta uxlatuvchi dorilar berilishi; mahalliy anestetiklar miqdorini bemorning yoshiga qarab qo'llash; hamma narsa anafilaksiyaga qarshi kurashish uchun tayyor
Asoratlar mahalliy va umumiy bo'lishi mumkin. Umumiy asoratlar mahalliy anestetiklarni ko'p miqdorda qo'Uaganda yoki shu preparatlarga sezuvchanlik oshganda (idiosinkraziya) sodir bo'lishi mumkin. Mahalliy asoratlar asab va tomirlarning zararlanishi, og'riq yoki yiringli jarayonlar bo'lishi mumkin. Novokain bilan zaharlanganda qusish, qo'zg'aluvchanlik, tutqanoqlar tutishi, terlash, terida qichishish kabi holatlar sodir bo'ladi. Bulardan tashqari, allergik holatlar ham kuzatiladi. Asoratlarning oldini olish uchun anestetiklarni qo'llashdan oldin anamnez so'rash, premedikatsiya, barbituratlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avval sinamalar qo'ygan ma'qul. Bulardan tashqari, ularni qo'llash hamda aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilish ham muhimdir. Mahalliy anesteziyaning ko'rsatmalariga kelsak, u tibbiyot-ning hamma sohasida qo'llaniladi. Moneliklar shundan ibo-ratki, bemorda anestetiklarga nisbatan allergiya bo'lishi, bemor ruhan qo'zg'aluvchan, qo'rqoq, emotsional holatlarda bo'lishi mumkin. Bunday holatlarda umumiy anesteziyaga o'tish kerak bo'ladi.
NAZORAT SAVOLLARI ,< „ ■„. . .•.->-, w. ■ mm mm am» mm mm mm mm ><*» »» mm mm mm Uzoq bosilish sindromi nima? Uzoq bosilish sindromining kechish formalari, patogenezi haqida nimalarni bilasiz? Uzoq bosilish sindromida birinchi, ikkinchi qiladigan ishlaringiz nimalardan iborat? Uzoq bosilish sindromini davolashda qanday jarrohlik usullarini bilasiz? Toksik shoklarda dezintoksikatsion terapiya qanday o'tkaziladi, bunda qanday suyuqliklar va dorivor moddalar qo'llaniladi? Uzoq bosilish sindromida hamshira tashxisi, parvarish rejasi qanday bo'ladi? TESTLAR 5. Infeksiya. С 1,4,5. 4. Plazmaning yo'qolishi. A. 1,3,4. B. 1,2,3. D. 2,4,5. E. 3,4,5. < 2. Uzoq bosilish sindromida shokning qaysi turi kuzatiladi. A. Postgemorragik shok. B. Travmatik shok.
D. Kardiogen shok. E. Psixik shok.
A. Bemorni yuk ostidan bo'shatish. B. Og'riqsizlantiruvchi dorilar qo'llash. C. Antibiotiklar qo'llash. D. Oyoq-qo'lni immobilizatsiya qilish. E. Muzli xaltacha qo'yish. 4.Uzoq bosilish sindromi formalari to'g'ri keltirilgan javabni ko'rsating? A. Yengil, og'ir. \. ( B. Yengil, o'rtacha og'ir, og'ir.
D. Yengil, o'rtacha og'ir, og'ir, o'ta og'ir. ( ... E. To'g'ri javob yo'q.
C. Gi poproteinemiya. D. Qon quyuqlashadi. E. Barchajavoblar to'g'ri. /. Uzoq bosilish sindromipotogenezida muhim bo'lgan omillarni tanlang. 1. Og'riq. 2. Qizarish. 3. Toksik faktor. 176 ANESTEZIST VA REANIMATSIYA HAMSHIRASI BILISHI VA BAJARISHI SHART BO'LGAN ASOSIY ISHLAR RO'YXATI Hamshiraning tashqi ko'rinishi va amaldagi buyruqlar. Aseptika, antiseptika, tibbiy deontologiya qoidalari. Hamshiraning vazifalari va huquqlari. 445, 420, 560, 173- sonli buyruqlar. Narkoz apparatini ishga tayyorlash. ., 6. Laringoskopni ishga tayyorlash. Intubatsion trubkalarni tanlash va ishga tayyorligini tekshirish. Maskalar yordamida narkoz berish uchun maskalarni tanlash. Oksigenoterapiya uchun burun katetrlarini tanlash va tayyorlash. Intubatsiya uchun tayyorgarlik ko'rish. Laringoskopiyaga tayyorgarlik ko'rish. Maskalar yordamida narkoz (ingalatsion narkoz) berish, oddiy maskada narkoz berish texnikasi, asoratlarning oldini olish. Polinarkon apparati bilan ishlash texnikasi. Endotraxeal narkoz berish usullari, "Narkon" apparatini ishga tayyorlash. Polyarizatsiyalovchi va depolyarizatsiyalovchi miore- laksantlarni qo'llash usullari. Nafas hajmini aniqlashda ventilometrdan foydalanish texnikasi. Dekuranzatsiya usullari. Mushaklar tonusini aniqlash usullari, klinik belgilari*. Nafasning adekvat ekanini aniqlash va baholash. Ektubatsiya qilishga ko'rsatmalar va ekstubatsiya texnikasi. Sellik usulini qo'llash. Tomir urishi va nafasni sanash usullarini bilish. Tomir urishi defitsitini aniqlash va uning ahamiyati. Bolalarda arterial bosimni aniqlash, tomir urishi bosimini aniqlash va uning ahamiyati. Markaziy vena bosimini aniqlash usullari va uning ahamiyati. Kardiomonitorni ishga tayyorlash. Elektrokardiogrammani yozib olish texnikasi va uni o'qish. Defibrillatorni ishga tayyorlash va uni o'tkazish texnikasi, undan kelib chiqadigan asoratlar. Soat sayin ajralib chiqqan siydik miqdorini апЦЙйНyo'llari va uning ahamiyati. X;* ; Yo'qotilgan qon miqdorini aniqlash usullari.- ■■■ ; Qon guruhini aniqlash texnikasi. * Qonning birlamchi mosligini va rezus moslikka tekshirish usullari. 33. Biologik sinama va uni o'tkazish usullari, uning ahamiyati (qon quyganda).
Kristalloidlar, kolloidlar, elektrolitlar va oqsillarni quyish tezligi; kutiladigan asoratlarning oldini olish yo'llari. Venapunksiya qilish qoidalari. Periferik tomirlarni punksiya va katetrlash texnikasi. PKK uchun tayyorgarlik ko'rish va uning asoratlari. PKK parvarishlar yo'llari, asoratlari. Tomir ichiga narkoz berishga tayyorgarlik ko'rish. ■""' Peredural anesteziya uchun va peredural bo'shliqni katetrlash uchun tayyorlash. 41. Nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash usullari. „Og'izni-og'izga" usulida sun'iy nafas berish texnikasi. .' Elektrso'rg'ichlar yordamida nafas yo'llarini tozalash texnikasi. ■ 44. Oshqozonni zondlash texnikasi, ko'rsatmalar va kelib chiqadigan asoratlar. : Apparat orqali maskalar bilan kislorod berishga ko'rsatmalar. Yurakni tashqi massaj qilish uchun sharoit yaratish va massaj qilish. Havo chiqargichlarni qo'yishva qo'llash uchun ko'rsatmalar. Bir va ikki reanimatolog bo'lganda sun'iy massaj o'tkazish; sun'iy nafas berish texnikasi (vazifalarni bo'lib olish). Uyqu va chov (son) arteriyasidan tomir urishini aniqlash. Reanimatsiya effektini aniqlaydigan belgilarni aniqlay bilish. Oksigenatsiya usullari va ularni bajarish texnikasi. Spirtni kislorodga qo'shish texnikasi. Aerozol terapiyada qo'Uaniladigan dorilar; dorilami. qo'llash va qo'llashga ko'rsatmalar. 54. Traxeobronxlarni lavaj qilish usullari; ko'rsatmalar va kelib chiqadigan asoratlar. 55. Nafas yo'llarining aspiratsiya bo'lganini aniqlaydigan belgilari uning sabablari. 56. Traxeostomani parvarish qilish texnikasi. - ■•■-• ^ш. «ш mm mm mm mm m4': 179
58. Tebratma massajni bajarish texnikasi. 59. Nafasning adekvat yoki patologik ekanini aniqlash va uni
60. Traxeyani instilatsiya qilish texnikasi. 61. Plevra bo'shlig'idan aktiv tortib turish texnikasi; asoratlarini
62. Kuchaytirilgan diurezni qoilash texnikasi; ko'rsatmalar. 63. Ganglioblokatorlarni qo'llash usullari; ko'rsatmalar. 64. Zond orqali ovqatlantirish texnikasi;ovqat miqdori va tarkibi. 65. Jgut qo'yish texnikasi. 66. Qon to'xtatish uchun jgutlar qo'yish texnikasi. 67. Rangiga qarab ballonlarda qanday gaz borligini aniqlash. Ballonda qancha kislorod va azot oksid borligini aniqlash usullari. Klinik o'lini belgilari va tashxislash. Biologik o'lim, miya o'limi belgilarini aniqlash. Shtange sinamasini aniqlash usullari; ko'rsatmalar. Qon guruhi va rezus omillarni aniqlash uchun qon olish. Koagulogramma va boshqa biokimyoviy tahlillarga qon olish texnikasi. Gemoglobin va gemotokritni aniqlash. Qon, siydik va orqa miya suyuqliklaridan tahlillar olish uchun tayyorgarlik. VSKni aniqlash texnikasi. Dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish qoidalari; texnikasi; ko'rsatmalar. Narkoz berish kartasini olib borish qoidalari. Reanimatsiya kartasini olib borish qoidalari va uning ahamiyati. Oshqozonni yuvish texnikasi. Siydik qopchasini katetrlash. Infuzion-transfuzion terapiya uchun sistema tayyorlash. Bemorlarni operatsiya stoliga yotqizish texnikasi. Operatsiya stolida bemor jarroh uchun kerakli holatni egallashi (stol bilan muomala qila bilish texnikasi). ■ ' Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish. Ballonlar bilan muomala qilish qoidalari. O'TKIR ZAHARLANISHLARDA QO'LLANILADIGAN ASOSIY REANIMATSION TADBIRLAR
т Zaharli qo'ziqorinlar: Oq poganka (Поганка
Dixloretan, o'lim dozasi 20 ml holatlarda gemodializ, peritoneal dializ, gemosorbsion detoksikatsiya qo'llaniladi.
0,5% li bemegrid eritmasi 10 ml dan vena ichiga, katta yoshi bemorlarda kuniga 50 ml gacha; og'ir koma holatlarida bemegrid qoilanilishi man etiladil O'pka sun'iy ventilatsiyasi bajariladi. 1. Oshqozon zond bilan yuviladi, kuchsiz tuzli eritma ichishga buyuriladi. 2. Teri ostiga 0,1% И 1 ml atropin eritmasi, vena ichiga natriy xlorning fiziologik eritmasidan kuniga 1500 ml dan yuboriladi; bemor takror qayt qilib ichi ketganda poliglyukin (400 ml) vena ichiga tomchilatib yuboriladi; antibiotiklardan penitsillin bir kunda 10 ml ta'sir birlikda kuniga qo'llaniladi; buyrak yetishmovchiligi davolanadi. Zond orqali oshqozon yuviladi, ichishga tuzli kuchsiz eritma buyuriladi. Zaharlanish belgilari tugaguncha 0,1% li 1 ml atropin eritmasi muskul orasiga yuboriladi. 1. Oshqozon zond orqali tozalab yuviladi, keyin oshqozonga vazelin moyi kiritiladi (50—100 ml); sifonli klizma; birinchi 6 soat davomida zaharlanishdan keyin gemodializ; keyin peritonial dializ; kuchaytirilgan diurez mochevina va laziks yordamida qo'llaniladi. 2. Og'ir koma holatida intubatsiya, o'pka sun'iy ventilatsiyasi, yurak qon-tomir sistemasiga ta'sir qiluvchi dori vositalar, toksik shokni davolash qo'llaniladi; lipotrop dorilar (lipokain 5 g gacha, xolinxlorid); gormonlar (prednizolon 120 mg gacha, mushak orasiga, takror); vitaminlar B12 (1500 mkg gacha, B, 4 ml 5% li eritmasi, B6 4 ml 5% li eritmasi, mushak orasiga, B15 (5 g gacha vena ichiga), askorbin kislotasi 5—10 ml 5% eritmasidan venaga; tetatsin kalsiyning 10 % li 10 ml eritmasi 300 ml glukoza bilan, vena ichiga; unitiol 5 % li 5 ml eritmasi, mushak orasiga, takror. Glyutamin 10—15 g dan ichishga, kuniga; antibiotiklar: levomitsetin, penitsillin; tez-tez qo'zg'aluvchanlikda 2,5 % li 2 ml pipolfen eritmasi, venaga qo'llaniladi.Toksik nefropatiya va gepopatiya davolanadi. O'yuvchi ishqorlar (nashatir spirti va h.k.)
Mis va uning birikmalaridan mis kuporosi, o'lim dozasi 10-30 ml Oshqozon zond orqali yuviladi, o'simlik moyi ichiriladi, oshqozonda qon bo'lishiga qaramasdan oshqozonni yuvishdan oldin teri orasiga morfin (1% li 1 ml) yuboriladi; kuchaytirilgan diurez qo'llaniladi. 4% li natriy bikarbonatning 1500 ml eritmasi vena ichiga yuboriladi, siydik rangining qora tusga kirishi metabolik asidozning rivojlanishidan dalolat beradi. 3. Kuyish shoki davolanadi. Kuygan yuzaga har soatda 20 ml mikstura quyidagi tarkibida qo'llaniladi: 10% li emulsiya, kungaboqar yog'i, anestezin 2 g, biomitsin 2 g. Yurak qon- tomir sistemasida 2 ml kordiamin, 10 % li 2 ml kofein eritmasi, teri ostiga, glukoza- novokainli aralashma; 5 % li 300 ml va 40% li 50 ml glukoza eritmasi, 2% li 30 ml no- vokain vena ichiga tomchilatib qo'llaniladi. Novokainli paranefral blokada qilinadi. Ko'p qon yo'qotishlarda qon quyiladi. Ko'p miqdor- da antibiotiklar qo'llaniladi. Gormonoterapiya: gidrokortizon 125 ml, dozasi AKTG 40 ТВ da mushak orasiga, kuniga. Vitaminoterapiya: B12 — 400 mkg, B, — 5 % li 2 ml eritmasi, B6 — 5 % li 2 ml eritmasi mushak orasiga. Toksik nefropatiya davolanadi. Qon tarkibini tiklovchi dori-vositalar: vikasol 0,3 % li 5 ml eritmasi, mushak orasiga, kalsiy xlor 10 % li 20 ml eritmasi, takror, venaga qo'llaniladi. Hiqildoq shishuvida aerozol ingalatsiyasi: penitsillin 300 000 TBda 0,5 % li 3 ml efidrin va 5 % li 1 ml novokain eritmasi yoki 0,1 % li 1 ml adrenalin eritmasi. Natijasi bo'lmaganda traxeostomiya qo'llaniladi. Pevzner parhezi № la 3—5 kun ichida, keyinchalik № 5a, qon ketganda — ochlik. 1. Oshqozon zond orqali yuviladi; birlamchi gemodializ; kuchaytirilgan diurez. 2. Unitiol 5% li 10 ml eritmasi, keyinchalik 5 ml dan har 3 soatda 2—3 kun davomida. Natriy tiosulfat 30 % li 100 ml eritmasi, vena ichiga.
Morfm 1% li 1 ml eritma, atropin 0,1% li 1 ml eritma, teri ostiga; ko'p qayt qilganda aminazin 0,1% li 1 ml eritma mushak orasiga; glukoza-novokainli eritma (500 ml 5% И glu- 182 Morfin Mishyak va uning birikmalari, o'lim dozasi 0,1—2 g koza eritmasi, 50 mg 2% li novokain eritmasi) venaga; antibiotiklar; vitaminoterapiya; gemoglobinuriyada paranefral novokainli blokada, natriy bikarbonatning 500 ml 4% li eritmasi, vena ichiga. O'tkir buyrak yetishmov-chiligi davolanadi. Toksik shok davolanadi. Gipertermiyada aspirin (1 g dan ichishga), eufillin (10 ml 2,5 % li eritmasi 40 % li glukoza eritmasi bilan), vena ichiga. 1. Vena ichiga morfin yuborilganda ham oshqo- zon takror yuviladi; kuchsiz tuzli eritma yuboriladi; kuchaytirilgan diurez, siydikni ishqorlash, peritoneal dializ qo'llaniladi. 2. 3—5 ml 0,5% li nalorfin (antorfin) eritmasi, vena ichiga. 3. Ten ostiga va vena ichiga atropin (0,1 % li 1—2 ml eritmasi), kofein (10 % li 2 ml eritmasi), kordiamin 2 ml yuboriladi; tana isitiladi. Vitamin B, 5 % li 3 ml eritmasi vena ichiga, takror qo'llanadi. Kislorod bilan ingalatsiya, o'pka sun'iy ventilatsiya qilinadi. 1. Oshqozon zond orqali yuviladi, takror sifon klizma qo'llaniladi. Birlamchi gemodializ, 5 % li 150—200 ml unitiol eritmasi vena ichiga yuboriladi. 2. 5 % li 5 ml unitiol eritmasi 8 marta mushakka, kuniga; 10 % li 30 ml tetatsin kalsiy eritmasi, 5 % li 500 ml glukoza eritmasi, venaga tomchilatib. 3. Vitaminlar: askorbin kislotasi, B,, B6, B15, 10 % li natriy xlor eritmasi, 10 ml dan vena ga, takror. O'tkir ichak og'riqlarida platifillin (0,2 % li 1 ml), atropin (0,1% И 1 ml) eritmasi, ten ostiga, paranefral blokada, novokain bilan. Yurak qon-tomir sistemasi dori vositalari ko'rsatmalari bo'yicha. Toksik shok davolanadi. Mishyakli vodorod bilan zaharlanishda dastlabki 5—6 kun tekaptid 40 % li (1—2 ml eritmasi, novokain bilan, mushak orasiga yoki venaga), keyin unitiol. Qon o'rnini bosuvchi operatsiya. Gemoglobinuriyada glukoza-novokainli aralashma vena ichiga (5 % li 500 ml glukoza, 2 % li 50 ml novokain eritmasi); gipertonik 20—30% li glukozaeritmasi (200— 300 ml) venaga; diafillin (2-4 % li 10 ml, eritmasi venaga va natriy gidrokarbonat (4% li 1000 ml), entmasi, venaga. kuchaytirilgan diurez
t тш mm mm mw 4 w «sw mm tm mm »«** mn mm wwm
» mm ww wwr «.-.--411871 Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling