O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANESTEZIOLOGIYA-REANIMATOLOGIYA VA JADAL DAVOLASH AMALIYOTIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Sogiom odamda opka almashinuvi korsatkichlari
- Nafas olish korsatkichlari
- Markaziy gemodinamik korsatkichlar
- Opkada qon aylanishi korsatkichlari 4-ilova Sogiom odamda qonning taqsimlanishi ( og irligi 70
- Kislorod-ishqor muvozanati (kapillar qon)
- Organizmda suyuqlikning taqsimlanishi
- Siydikning biokimyoviy tarkibi va fiziologik holati (sutkalik miqdorda) 11
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- MUXTOROV MUROD XUDOYBERDIYEVICH, QAHHOROV IBROHIM QAHHOROVICH REANIMATSIYA ASOSLARI
DOM MODDALARI TA'SIRI NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN ANAFILAKTIK SHOKDA SHOSHILINCH YORDAM KO'RSATISH JADVALI Hozirgi vaqtda anafilaktik shokning kelib chiqishida, asosan, antibiotiklar sabab bo'lmoqda. Chunonchi, penitsillin va boshqa dori moddalari. Shunday allergenlar sababli chaqirilgan anafilaktik shok tez rivojlanadi. Shu bois o'limning oldini olish uchun davolash chora-tardbirlarini barvaqt boshlash lozim. Allergologiya praktikasida anafilaktik shokni davolash jadvali-dan foydalaniladi. Bu jadval asoschilari A.D.Ado va Y.A. Samu-shiya (1973) lardir. Davolash quyidagi tartibda — jadval asosida olib boriladi:
bemorga, teri ostiga 0,1 % li 1 ml adrenalin eritmasi yuboriladi; mumkin bo'lsa, allergen dori o'tkazilgan joy yuqorisidan jgut bog'lanadi va 0,1% li adrenalin eritmasi o'tkazilib, allergen sekin so'rilishi uchun, muzli xaltacha qo'yiladi; 2—4 ml kordiamin vena ichigayuboriladi; agar arterial bosim va tomir urishi aniqlanmasa va bemor hushiga kelmasa, tezda 0,1 % li 1 ml adrenalin, 40 % li 20 ml glukoza eritmasi bilan birga vena ichiga yuboriladi; mushakorasiga 2,5% li 2—3 ml pipolfen, 1 % li dimedrol eritmasi yoki 2% li suprastin eritmasi yuboriladi; bronxospazm paydo bo'lganida vena ichiga 2,4 % li 10 ml aminofillin (eufillin) eritmasi 40 % li 10 ml glukoza eritmasi bilan birga yuboriladi; agar bemor ahvoli og'ir bo'lsa, bir vaqtning o'zida tomir ichiga, takror 0,1% li 1 ml adrenalin eritmasi 40 % li 20 ml glukoza eritmasi bilan birga va 5 % li glukoza eritmasi (250—300 ml) tomchilatib 0,1 % li 2 ml adrenalin eritmasi bilan birga; 0,2 % li 5 ml noradrenalin yoki 1—2 ml mezaton yuboriladi. tomir ichiga, tez 30—60 mg prednizolon yoki 100—200 mg gidrokortizon yuboriladi. Barcha tadbirlar tez o'tkaziladi, arterial bosim va tomir urishini normallashtirish davom ettiriladi, bemor hushiga keltiriladi; — anafilaktik shok, penitsillin yuborilishi natijasida paydo bo'lganda, adrenalin takror tomir ichiga yuboriladi (mumkin bo'lsa, mushak orasiga), 1 000 000 ta'sir birlikda penitsillinaza, 6—8 soatdan keyin penitsillinaza takror yuboriladi; hiqildoqning shishuvi natijasida hosil bo'ladigan bo'g'ilishda shoshilinch holatda traxeostomiya tavsiya qilinadi; yurakni bilvosita massaj qilish kabi, og'izdan-og'izga nafas berishga ehtiyoj paydo bo'lsa, bu tadbirlarni zudlik bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shoshilinch yordam ko'rsatilib,arterial bosim va puls normaga kelgandan keyin bemor jadal davolash palatasiga yoki allergologiya bo'limiga joylashtirilishi lozim. Terminal holatlarni va klinik o'lim holatini boshidan o'tkazgan bemorlar reanimatsiya bo'limlariga ko'chirilishlari shart. Bemor holati 8—10 kun davomida nazorat qilinishi kerak. Bu davrda antigistamin preparatlari va glukokortikoidlar (suprastin 0,025 g dan 3—4 marta, kuniga, prednizolon 5 mg dan 4—6 marta, kuniga yoki triamsinolon 4 mg dan 4 marta, kuniga, dozani kamaytirib borish, to'xtatish) buyuriladi. Buyrak va jigar funksiyasi doim nazorat qilib turilishi kerak. Allergik gepatit va nevritning sodir bo'lishi mumkinligi sababli, allergik miokarditni ertaroq aniqlash maqsadida EKGni takror belgilanadi. Bemorni nevropatolog va ginekolog maslahatidan o'tkazish shart, chunki asab sistemasida allergiya ta'sirida zararlanish (ensefalomielit, aoliradikulonefrit) holatlari kuzatilishi mumkin. ANESTEZIOLOGIYA-REANIMATOLOGIYA VA JADAL DAVOLASH AMALIYOTIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI Narkoz yoki operatsiya paytida gaz ballonlari (kislorod, azot oksidi, ingalatsion anestetiklar) va tez yonuvchi anestetiklardan foydalanish paytida yong'in chiqishi va portlashlar sodir bo'lishi mumkin. Narkoz apparatlari yoki boshqa elektr asboblami ishlatganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik ham baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Xususan, tez yonuvchi anestetiklar: efir, siklopropan yoki azot oksiddan, kislorod bilan qo'shilmasidan foydalanganda ehtiyotlik talab qilinadi. Narkoz paytida kutilmaganda asoratlar kelib chiqishi, hatto oddiy Shimelbush maskasi orqali narkoz berilganda ham asorat olish mumkin. Masalan, bemorning ko'zi yopilmasa, narkotik anestetik bug'lari ko'zga tushib uni kuydirishi yoki lablarning ayrim shilliq qavatlarini kuydirishi mumkin. Apparat bilan narkoz berishdan oldin apparatning ishga ya-roqli yoki yaroqsizligini, ya'ni apparatning germetikligi, rezina naylar, klapanlarning butunligini, ulardan gazning o'tishini, qopchalarning butunligini, gazlar keladigan shlanglarning to'g'ri ulanganligini, reduktorlarning ko'rsatishini, ballonlarda necha atmosfera gaz borligini tekshirish lozim. Shlanglarni noto'g'ri ulash, ya'ni azot oksid shlangini kislorod shlangiga yoki aksincha ulash oqibatida o'lim yuz berishi mumkin. Narkoz paytida iloji boricha qo'shimcha (zaxira) shlanglar yoki qopchalarning bo'lgani raa'-qul. Kislorodni maxsus kalit bilan ochish va shlang vintelini ber-kitib qo'yish lozim, aks holda kislorodning katta oqimi yoki bo-simi shlangni yorib yuborishi yoki bemorga zarar yetkazishi mumkin. Kislorod ballonlari bilan muomala qilganda qo'lda yog' qoldiqlari bo'lmasligi kerak, aks holda portlash ro'y berishi mu-qarrar. Intubatsiya qilishdan oldin laringoskopning ishlash yo ishlamasligi tekshiriladi, zaxirada bo'lgani ma'qul. Apparat va uning qismlari sterilizatsiya qilingandan yoki mexanik tozalashlardan keyin sinchiklab tekshirilishi kerak. Narkoz paytida apparatni ta'mirlash yoki qismlarini burash qat'iyan man qilinadi. Hamma tekshirish ishlari narkozdan oldin o'tkazilishi kerak. Anesteziolog narkoz apparati bilan ishlaganda quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi kerak: oldin ishlatilmagan yoki yaxshi bilmagan apparat bilan ishlamaslik; narkoz berishdan oldin kislorod yoki ballistik ballonlarni, ularning germetikligini o'zi tekshirib, sozligiga ishonch hosil qilishi kerak. Foydalanib turilgan ballonlar va apparatlardan tashqari zaxirada yana bir kislorod balloni, apparat va uning ehtiyot qismlari bo'lishi shart. Narkoz paytida bemor holidan doim xabardor bo'lib turish, apparatlarning ishlashini doimo kuzatib borish operatsiya xonasida bo'lishi mumkin bo'lgan asoratlarning oldini oladi. Narkoz tamom bo'lgandan yoki anestetik keladigan yo'llar o'chirilgandan so'ng ham, hidlab ko'rib uning yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak. Biror noxush holat sezilsa, operatsiya to'xtatilib, ballonlardan to intubatsion trubkalargacha sinchiklab ko'zdan kechiriladi. Portlash va yong'inning oldini olish uchun, iloji boricha, yonmaydigan, portlamaydigan anestetiklarni qo'llash, alanga chiqa-radigan manbalarni yo'qotish, narkoz tamom bo'lgandan so'ng qoldiq anestetiklarni, xususan, efirni qoldirmasdan apparatning shlanglarini yuvib, kislorod oqimini o'tkazish kerak. Keyin apparat qismlari sterilizatsiya qilinadi. Narkoz paytida ballonni almashtirish, apparatni tuzatish yoki qo'shimcha elektr asboblarni ishlatish man qilinadi. Operatsiya xonasida tuzatilmagan, o'zidan uchqun chiqaradigan elektr asboblarni qo'llash, yonuvchi anestetiklar qo'llanilganda endos-kopiya apparatlaridan foydalanish man qilinadi. Narkoz apparatlari, operatsiya stoli yerga ulanishi shart. Elektr asboblari bilan ishlayotganda yoki ular tokka ulangan bo'lsa, ularni artish, pol yuvish kabi ishlar taqiqlanadi. Xonada elektrostatik zaryadni kamaytirish uchun maxsus baxilalarda yurish, rezina kiyimlar kiymaslik, operatsiya xonasida namlik yuqori bo'lishi hamda yuqori zaryadlarni olib chiqishi uchun kondensirlangan havo bilan ta'minlanishi, namlik 60% dan kam bo'lmasligi kerak. Bemor operatsiya xonasiga maxsus ip gazlama kiyimda olib kirilishi, xodimlar qo'lida yoki tanasida turli xil taqinchoqlar bo'lmasligi shart. Operatsiya xonasiga kislorod chiqib turmasligi kerak, aks holda xonada yong'in sodir bo'lishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, operatsiya xonasida doim statik elektr zaryad bo'ladi. Bu zaryad apparat va boshqa anjomlar yoki xodimlarning harakati natijasida, buyumlarning shikast-lanishidan sodir bo'ladi. Biror bir uchqun chiqishi bilan katta portlash sodir bo'lishi mumkin. Bu zaryad natijasida bemor tanasidagi bo'shliqlar: ichak, oshqozon, to'g'ri ichak, og'iz bo'sh-hg'i va h.k.larda gaz to'planib, to'plangan zaryadlar portlashga olib kelgani ma'lum. Shunday asoratlar bo'lmasligi uchun yuqorida aytib o'tilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak. Operatsiya xonasida antistatik rezina kiyimlar kiyish, u yerda behuda harakatlar qilmaslik lozim. Kislorod ballonlari belgilangan maxsus joyda saqlanishi kerak. Ular maxsus kalitlar yordamida ochiladi. Issiq havoda ballon ichida bosimning oshishini hisobga olib, ularni salqin joyda saqlash talab qilinadi. Ularni tashishda maxsus aravachalardan foydalaniladi, ularning yaroqlilik muddatiga e'tibor beriladi. Bu muddat har qaysi ballonning yuqori qismiga yozilgan bo'ladi. Kislorodli ballon havorangga bo'yalgan bo'ladi. Ballon yuqoridagi talablarga javob bermasa uni ishlatish man etiladi. 1-ilova Sogiom odamda o'pka almashinuvi ko'rsatkichlari
2-ilova Nafas olish ko'rsatkichlari Nafas olganda va nafas chiqargandagi gazlarning ri'aksimal tezligi — 6,6 1/s. Ko'krak qafasining statistik kengayishi (co'krak qafas) (C) — 0,1—0,05 1/sm suv.ust. O'pkaning statistik kengayishi — 0,2—0,3 \ /sm. 13 - 93
Nafas yo'Harming qarshilik koeffitsiyenti (R) — 1,5—3 sm suv. ust. Nafas ishi - 0,01-0,04 kgm/1 (0,098-0,39 J/ 1) yoki 0,5 kgm/min (4,9 J/min).
Alveolo-arterial farq kislorod bo'yicha havodan nafas olganda 5—20 mm.sim.ust, kislorod bilan nafas olganda esa 10—60 mm.sim.ust ga teng. 6-ilova Markaziy gemodinamik ko'rsatkichlar
7-ilova
O'pkada qon aylanishi ko'rsatkichlari 4-ilova Sogiom odamda qonning taqsimlanishi (og'irligi 70 kg, tana yuzasi 1,7 m2; Veyd, Bishop, 1962) 5-7 1/min 5400 ml/min 60-100 ml. 25/8 mm.sim.ust 8 mm.sim.ust. 0,8
7 % gacha 5-ilova 7,35-7,43 35—44 mm.sim.ust 21-29 mmol/1 19,8-24,0 mekv/1 i 21,3-24,8 mekv/1 44,9-51,8 mekv/1 ±2,3 mekv/1 Yurakning minutlik hajmi (Qt) O'pka kapillarlarida qon aylanishi (Qs) O'pka kapillarlaridagi qon hajmi O'pka arteriyasidagi bosim O'pka kapillarlaridagi bosim Alveolyar ventilatsiyaning o'pkada qon aylanishiga nisbati (V/Qs) Venoz bosim (Qs/Qt) Kislorod-ishqor muvozanati (kapillar qon) pH
Umumiy CO2 Aktual bikarbonat (AB) Standart bikarbonat (SB) Asosiy yig'indi (BB) Asosiy sarfi (BE)
8-ilova Organizmda suyuqlikning taqsimlanishi
10-ilova Siydikning biokimyoviy tarkibi va fiziologik holati (sutkalik miqdorda) 11-Ноу а Orqa miya punksiyasi suyuqligining biokimyoviy tarkibi va fiziologik holati
TESTLAR JAVOBLARI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Negevskiy V.A. Reanimatologiyaasoslari, "Meditsina", Т.,1977. Gordenko A. Jadal davolash bo'yicha qo'llanma.JL, 1980. Buyanov V.M. Birinchi tibbiy yordam, M., 1981. Sadriddinov F. S . Dorimoddalari, "Meditsina", Т., 1987. Chazov E. Неотложное состояние и экстренная медицинская помощь, М., 1990. Chazov E. Очерки неотложной кардиологии, М., 1973. Golikov V. Анестезиология и реаниматология, М., 1993. Shomirzaeva U.G. Umumiy anesteziologiya va reanimatologiyadan qo'llanma, Т., 1993. 9. Sibulyak N. Реанимация на госпитальном этапе, М. 2001. lO.Vayman M.A., Avakov V.E. Критические и неотложные состояния в медицине, М., 2003. ll.Vagner E.A. Закрытая травма груди мирного времени, М., 1969. Hamroev A.X,Alimov A.V, A'zamxo'jayev T.S. Xirurgiya va reanimatsiya asoslari, „Abu Ali ibn Sino nashriyoti", Т., 2002. „Kasb mahorati " O'zbekiston Respublikasi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi Axborotnoma jurnali 3- son. Hamshiralik ishi nazariy asoslari, -O'zSSR o'quv-uslubiy seminari Т., 5-dekabr 2003. O'zbekiston xirurgiyasi jurnali, 8- son. MUXTOROV MUROD XUDOYBERDIYEVICH, QAHHOROV IBROHIM QAHHOROVICH REANIMATSIYA ASOSLARI Tibbiyot kollejlari uchun о 'quv go 'llanma Toshkent - „Ilm Ziyo" - 2005 Muharrir D. Abbosova Rassom Sh. Xo'jayev Musahhih S. Sharipova 2005-yil 28-martda chop etishga ruxsat berildi. Bichimi 60x90 '/l6. „Tayms" harfida terilib, ofset usulida chop etildi. Shartli bosma tabog'i 13. Nashrtabog'i 12. 4000 nusxada bosildi. Buyurtma №93 „ILM ZIYO" nashriyot uyi, Toshkent—129, Navoiy ko'chasi, 30-uy. Shartnoma № 44—2004. O'zbekiston Matbuot va axborot agentligining G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi. Toshkent, 128. U. Yusupov ko'chasi, 86. 2004. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling