O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Dori-darmonlar yordamida yurakni qayta ishlatish
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak boshligiga togridan-togri dori yuborish.
- Elektrokardiogramma
- Defibrillatsiya.
- 2.4. Elementar opka-yurak reanimatsiyasida hamshira tashxisi va parvarishi
- NAZORAT SAVOLLARI
- III bob OTKIR NAFAS YETISHMOVCHILIGIDA REANIMATSIYA VA JADAL DAVOLASH 3.1. Gipoksiya
- Gipoksiya klinikasi va uni
- 3.2. Suniy nafas berish
- 3.3. Suniy nafas berishda yuzaga keladigan asoratlar
2.3. Dori-darmonlar yordamida yurakni qayta ishlatish Klinik o'lim yoki terminal holatlarda dorilarni tomirga va yurak ichiga yuborilgandagina foyda beradi. Tomirni topish qiyin bo'Isa, bemor intubatsiya qilinib, o'pka ichiga dori yuborish ham mumkin. Dorilarni o'pka ichiga yuborish dorini tomir ichiga yuborgandan ham tez va kuchli ta'sir qiladi. O'pka ichiga dorilar ko'proq miqdorda natriy xlor eritmasiga qo'shib yuboriladi. Terminal holatlarda yoki klinik o'limda dorilardan lidokain, atropin, adrenalin va soda kabi dorilar yuboriladi. Yurak bo'shlig'iga to'g'ridan-to'g'ri dori yuborish. Tomir yoki o'pkaga dori yuborish imkoni bo'Isa, dori moddalarni to'g'ridan-to'g'ri yurakka yuborishga shoshilmaslik kerak. Chunki shoshma-shosharlik bilan ishlashda o'pka va yurak toj tomirlariga zarar yetishi, dorilar yurak bo'shlig'iga emas mushaklar orasiga tushishi mumkin, bu paytda tashqi massajni to'xtatib turishga to'g'ri keladi. Dorilar yurakning qisqarishiga salbiy ta'sir qilishi ham mumkin. Yurak bo'shlig'iga adrenalinning 0,1 %lieritmasi, 10 %li kalsiy xlor eritmasi, 2 %li lidokain eritmasi, 0,1 %li atropin sulfat eritmasi, 7,5 % li bikarbonat natriy eritmasi yuboriladi. Yurakka yuboriladigan dorilar miqdori tomirga yuboriladigan dori miqdorining teng yarmini tashkil qilishi kerak yoki shifokor tavsiyasigako'ra, vaziyatga qarab belgilanadi. Adrenalinning 0,1 % li eritmasi alfa, betta retseptorlarni qo'zg'atadi, periferik tomirlarni qisqartiradi, miya-yurak tomirlarini kengaytiradi va demak, yurak va bosh miya qon aylanishini yaxshilaydi, yurak mushaklari tarangligini oshiradi, kichik to'lqinli fibrillatsiyani katta to'lqinli fibrillatsiyaga aylantiradi, ya'ni defibrillatsiyaga sharoit yaratadi. Natriy bikarbonatning 4 yoki 7,5 % li eritmasi qo'llanil-ganda, yurak to'xtagandan ikki daqiqa o'tgandan keyin sodir bo'ladigan asidoz holatni tartibga keltiradi. Lidokainning 2 % li eritmasi aritmiyaga qarshi keng qo'llanilib, 200—300 mg gacha yuboriladi. Kalsiy xlorning 10 % li eritmasi yurak ritmi va mushaklar tonusini oshirish uchun qo'llanilib va yaxshi kardiotonik hisoblanadi. U yurak mushaklarini qo'zg'atadi. Muolajalarni bajarishda hamshiraning o'z vazifalari bor. Reanimatsiya hamshirasi, yuqorida ta'kidlaganimizdek, juda ziyrak, bilimdon va chaqqon bo'lishi kerak.
Rak kasalliklarining to'rtinchi darajasida, qon aylanish sistemasi kasalliklarining oxirgi darajasida, surunkali jigar-buyrak yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadigan komalarda, leykoz kasalliklarida, klinik o'limdan keyin 20—30 daqiqa o'tgan bo'lsa yurak-o'pka reanimatsiyasi bajarilmaydi. 2.4. Elementar o'pka-yurak reanimatsiyasida hamshira tashxisi va parvarishi Reanimatsiyaga keltirilgan bemorga hamshira qanday tashxis qo'yishi va parvarish qilishini misol tariqasida ko'rib chiqamiz. K. ismli bemor o'ta og'ir holatda reanimatsiya bo'limiga olib kelindi. U hushsiz, vaqti-vaqti bilan qo'zg'aluvchan, tekshirishga, muolajalarni bajarishga ruxsat bermaydi; lablari, yuzi, shilliq qavatlari ko'kimtir; nafas olishga qiynaladi, mushaklari yordamida nafas olmoqda. Ko'krak qafasi harakati to'liq emas; nafas olganda qovurg'alar orasi chuqurlashib-kengayib ketadi, nafas olganda xirillaydi, tomir urishi tez, qon bosimi yuqori; lablari, og'iz bo'shlig'ida qusuq mahsulotlari; ko'z qorachiqlari kengaygan, tirnoqlari va tanasining chet qismlari sovuq va ko'kimtir. Bemorni reanimatsiya palatasiga olinib, olib kelgan kishilardan qisqa anamnez so'raladi, hamshira bemorni yechintiradi, qaltirash va tutqanoqqa qarshi choralar qo'llaydi, ayni vaqtda anamnez yig'adi, tekshirib yordam ko'rsatishga kirishish bilan birga xayolan hamshira tashxisi qo'yadi. Xayolidan o'tkir nafas yetishmovchiligi belgilari o'ta boshlaydi, og'iz bo'shlig'ini, nafas yo'llarini ko'rib u yerdagi qusuq mahsulotlari, ovqat qoldiqlarini tozalaydi va nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlaydi. Bemor nafas olishi erkinlashib, lablari qizara boshlagandan va biroz tinchlangandan so'ng hamshira o'z tashxisini qo'yadi: nafas yo'llari yot narsalar — qusuq mahsulotlari bilan qisman berkilishi, nafas yetishmovchiligining og'ir darajasi, miya shishi, miya komasi. Bundan xulosa shuki, bemor insult bo'lgan. Bemor yaqinlari uning gipertoniyakasalligi bilan kasallanib yurishini, vaqti-vaqti bilan davolanib turishi haqida va boshqa ma'lumotlar beradilar. Bemor kasalxonaga tushishidan 2— 3 soat oldin uyidagilar bilan janjallashib, uydan chiqqan va yiqilgan. Tez yordam chaqirilib, kasalxonaga olib kelingan. Demak, hamshira qo'ygan tashxis qisman to'g'ri. Endi hamshira parvarish rejasini tuza boshlaydi. Parvarish rejasida hamshira nimalarga yoki kasallikning qaysi belgilariga birinchi navbatda e'tibor berishi va ularni zudlik bilan amalga oshirishi kerakligini xayoliga keltiradi. Qaysi belgilar bemor holatini yanada og'irlashtirishi va uning o'limiga sabab bo'lishi mumkinligini; qanday tahlillarga qon, siydik va boshqa tekshirish usullarini qo'llash kerakligini, qaysi mutaxassisni chaqirish zarurligini aniqlaydi hamda bemor hayotiga xavf soladigan belgilarga qarshi kurashish usullarining algoritmini tuzadi. Shifokor ko'rsatmasi bilan ularni amalga oshira boshlaydi va kuzatuv varaqasiga yozib boradi. Ahvoli og'ir bemorlarga hamshira tomonidan parvarish rejalashtirilganda maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, rejalarni bajarish uchun aniq harakatlar qilish, qimmatli vaqtdan unumli foydalanish, bemorni tinchlantirish uchun chora-tadbirlar ko'rish, shifokor tavsiyasiga binoan muolajalarni o'tkazish, bemor hushiga kelgan bo'lsa, iliq va ma'noli so'zlar va harakatlar bilan bemor ishonchini qozonish kerak. Keyingi bosqichlarda parvarish rejalarini amalga oshirib, ular hujjatlashtirib boriladi, zarur bo'lsa, bemor holati va parvarish turiga qarab boshqa tibbiyot xodimlari yoki bemor yaqinlari jalb qilinadi. Navbatchi hamshira o'tkir miokard infarkti bilan og'rigan bemorning barcha muolajalari, parvarishlari, kuzatishlari o'z vaqtida olib borilishini kuzatish varaqasiga yozib borgan. Shunday paytda bemor bezovtalanib yurak sohasida, to'sh orqasida va epigastral sohada kuchli og'riq borligi, havo yetishmasligidan shikoyat qilgan. Tanani sovuq ter bosib, bemor baqira boshlagan, o'lim vahimasiga tushib, alahsiray boshlagan, bemor tanasi sovib, lablari ko'kara boshlagan, hamshira zudlik bilan bemor ko'rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganda, qon bosimi va pulsni aniqlab bo'lmagan. Puls uyqu arteriyasida aritmik, ipsimon, sanashning iloji yo'q, bemor havoni og'zi bilan olmoqda, tirnoqlari ko'kimtir va sovuq, yurak shovqinlari sust eshitiladi, tanasi sovuq ter bilan qoplangan. Hamshira o'z tashxisini qo'yadi: o'tkir miokard infarkti qaytalagan, kardiogen shokning og'ir darajasi, o'tkir tomir-yurak yetish-movchiligi, o'pka shishishining boshlang'ich davri. Hamshira zudlik bilan tegishli choralarni qo'llab, navbatchi shifokorni cha-qirgan. Bemorga kerakli muolajalar o'tkazilgan, ya'ni og'riqsizlan-tirish, gormonlar, geparin yuborish, bosim ostida kislorod berish, qon bosimini ko'tarish uchun barcha choralar qo'llanilgan. Yuqo-ridagi va qo'shimcha choralar ko'rilishiga qaramasdan asistoliya sodir bo'ladi, bemor terminal holatdan klinik o'limga o'tadi. Zudlik bilan bemor intubatsiya qilinib, o'pka sun'iy ventilatsiyasiga o'tiladi, yurak bilvosita massaj qilinadi, yurak ichiga kalsiy xlor, adrenalin, atropin eritmasi, 7% li bikarbonat yuboriladi, o'pka sun'iy ventilatsiyasi hamda bilvosita massaj davom ettiriladi, yurak faoliyati tiklanib monitorda ritm paydo bo'ladi, ko'z qorachiqlari toraya boshlaydi, qon bosimi ko'tarilib, lablari qizara boshlaydi. Bemorga infuzion terapiya gormonoterapiya bilan birgalikda, yurak mushaklarida metabolizmni yaxshilash, reologiyani yaxshilash choralari birga olib boriladi. Vaqt o'tishi bilan gemodinamika stabillashib, bemor o'zi intubatsion trubka orqali nafas ola boshlaydi, ritm to'liq bo'lib, sanasa bo'ladi. Bemor hushida emas, savollarga javob bermaydi, fiziologik reflekslar yo'q. 3—4 daqiqali asistoliyada miya qonsizlanib, zarar ko'rganligini inobatga olib, bemorga miya reanimatsiyasi usullari qo'llaniladi va bir sutkadan so'ng bemor hushiga kela boshlaydi, ayrim ko'rsatmalarni bajaradi. Ko'rib turibsizki, o'z vaqtida qo'yilgan hamshira tashxisi, ko'rilgan reanimatsiya usullari va miya reanimatsiyasining o'z vaqtida qo'llanilishi, bemor hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Keyinchalik hamshira parvarish rejalarini tuzib, parvarishni bosqichma-bosqich amalga oshira boshlaydi. Parvarish rejasini tuzganda va uni amalga oshirish paytida bemor ahvoliga, hayotiga xavf soladigan holatlar, patologik simptomlar navbati bilan bajariladi. Parvarish rejasi tuzilganda mustaqil parvarishni hamshiraning o'zi amalga oshiradi. Parvarish shifokor bilan birga olib boriladi, bunda shifokorning o'zi qatnashishi shart. Hamkorlikdagi parvarishda bemor yaqinlari yoki boshqa xodimlar ham qatnashadi. Hamshira topshiriqlarni bajarib, ularni kuzatuv varaqasiga yozib boradi va parvarish natijalarini baholaydi. Parvarish natijasida maqsadga erishilsa, belgilab qo'yiladi. Maqsadga erishilmasa, hamshira shifokor bilan birgalikda qaytadan parvarish rejasini tuzadi — parvarish rejasiga o'zgartirishlar kiritadi. NAZORAT SAVOLLARI Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari haqida nimalarni bilasiz? O'pka-yurak reanimatsiyasini amalga oshirish elementlari nimalardan iborat? Tashqi massajdan keyin qanday asoratlar qolishi mumkin? Dori-darmonlar yordamida yurak faoliyatini qayta tiklash haqida nimalarni bilasiz? To'g'ridan-to'g'ri yurak bo'shlig'iga dori yuborish texnikasi nimalardan iborat? Elektrokardiogramma (EKG) nima? Defibrillatsiya haqida nimalarni bilasiz? TESTLAR 1. Klinik o'lim qaysi kasallikdan keyin sodir bo'lishidan qat'iy nazar uning potogenezida qaysi jarayon yotadi? A.Gipokapniya. B.Aspiratsion pnevmoniya. C. Insult. D.Gipoksiya. E.Giperglikemiya.
A. Moddalar almashinuvi batamom to'xtaydi. B. Moddalar almashinuvi sust bo'lsada, saqlanadi. C. Bemor reflekslari so'nadi. D. Qon aylanishi to'xtaydi. E. O'tkir nafas yetishmovchiligi sodir bo'ladi. 3. Oddiy о 'pka-yurak reanimatsiyasida yurak tashqi massajini bajarish uchun qo'llar bemor tanasining qaysi qismiga qo'yiladi? A. Ko'krakqafasiningo'ngtomoniga 7—8-qovurg'alar ustiga. B. Ko'krak qafasining chap tomoniga 7—8-qovurg'alar ustiga. C. Ko'krak qafasining chap tomoniga 3—5-qovurg'alar ustiga. D. To'sh suyagi tanasi ustiga. E. Epigastral sohaga. 4. Bobrov apparati quyidagi patologik holatlardan qaysi birida qo'llaniladi? A. Oshqozondan qon ketganda. B. O'tkir nafas yetishmovchiligida.
D. Yurak to'xtaganda. E. Yuqoridagi barcha holatlarda.
O'tkir nafas yetishmovchiligi har qanday terminal holatda uchraydigan sindromdir. O'tkir nafas yetishmovchiligini mualliflar turlicha talqin qiladilar. O'tkir nafas yetishmovchiligi natijasida sodir bo'ladigan holat gipoksiya deyiladi. Gipoksiyada organizmga kislorod yetishmasdan karbonat angidrid ko'payib ketadi. Gipoksiya bemorni oldin terminal holatga, keyinchalik esa o'limga olib keladigan holatdir. Kislorod zahirasi organizmni 5—6 daqiqagacha ta'minlay oladi. Bolalarda undan ham kam. O'pkada havo almashinuvi kislorod va karbonat angidrid gazining porsial bosimi hisobidan sodir bo'ladi. Birlamchi va ikkilamchi o'tkir nafas yetishmovchiligi bo'ladi. Birlamchi o'tkir nafas yetishmovchiligi nafas yo'llarining o'tkir jarohati yoki o'tkir kasalliklari bilan bog'liq. Tkkilamchi nafas yetishmovchiligi esa nafas yo'llari kasalliklariga bog'liq bo'lmasdan, boshqa sabablar natijasida kelib chiqadi. Bulardan tashqari, surun-kali nafas yetishmovchiligi ham mavjud. U nafas yo'llari va yurak kasalliklarining surunkali kasalliklarida, surunkali zaharlanishlarda kuzatiladi. Gipoksiyaning quyidagi turlari mavjud: gipoksik yoki nafas gipoksiyasi, bu gipoksiya nafas yo'llari kasalliklarida, narkozning chuqur bosqichlarida, (maskalar yordamida nafas berilsa), nafas yo'llari jarohatlarida, ularning o'tkazuvchanligi buzilganda, nafas markazlari jarohatlanganda uchraydi. Bu gipoksiyada kislorod o'pkagacha yetib borolmaydi.
Ko'krak qafasi jarohatlari, qovurg'alarning sinishi, o'pkaning yorilishi, pnevmotorakslar (ichaklarning ishlamasligi tufayli qorinning shishishi) natijasida o'pkaning qisilib qolishi, 9, 10, 11- juft kalla-miya nervlarining kasalliklari, nafas mexanikasi va nafas yo'llari o'tkazuvchanligining buzilishi, o'pka yallig'lanishlari, atelektazlar—o'pka ma'lum bir qismining nafas olishda qatnashmasdan bujmayib qolishi ham o'tkir nafas yetishmovchiligiga olib keladi. Atelektazlar obturatsion nafas yo'llari va bronxlarning berkilib qolishi, kompression ko'krak qafasining tashqi kuch ta'siridan ezilishi yoki bosilishidan yuzaga keladi. O'pka shoki, o'pkada qon aylanishining buzilishi bu holatning asosiy negizi hisoblanadi. O'pka shoki og'ir jarohatlar, zaharlanishda, ko'p qon yo'qotish va qon quyishlarda, septik holatlarda uchraydi. O'pka shoki o'pka shishishi klinikasini eslatadi. Oldin o'pkada suv to'planib, keyinchalik o'pka kapillarlari va bronxlari-ning ichki qavati shikastlanadi, alveolalar fibrinlar bilan to'lib qoladi. O'pkada qon aylanishi buziladi, dimlanish hosil bo'lib, og'ir gipoksiya sodir bo'ladi. Umuman gipoksiya sodir bo'lishida ventilatsiya, perfuziya va diffuziya kabi buzilishlar yoki o'pkaning yuqorida qayd etilgan funksiyalarining buzilishi muhim o'rinni egallaydi. Gipoksiya klinikasi va uni tashxislash.Gipoksiyaning kelib chiqish sababidan qat'iy nazar klinikasi bosqichma-bosqich kechadi. Birinchi bosqichda yoki yengil gipoksiya holatida bemor lablari ko'kargan, nafas 25—30 marta, tomir urishi 120—125 marta, qon bosimi oshgan, bemorning hushi o'zida, eyforiya, arteriya qonida PO2 90—92 %, PCO250—60 mm.sim.ust.ga teng. Ikkinchi bosqich yoki o'rtacha darajali gipoksiyada ko'karish ortadi, nafas olish soni bir daqiqada 35—40 taga yetadi, hansirash ko'payadi, qon bosimi oshadi, tomir urishi tezlashib 130—140 taga yetadi, bemor organizmi ter bilan qoplanadi, PO2 85 %, PCO2 60—80 mm.sim.ust.ni tashkil qiladi. Bemor injiqlanadi, ko'rsatmalarga quloq solmaydi. Uchinchi bosqichda bemor komada bo'ladi, ko'karish butun organizmga tarqalgan, badani sovuq, reflekslar chaqirilmaydi. Qon bosimi past, kasal qo'zg'aluvchan, tomir urishi 160 va undan ortiq. Nafas olish 45—50 ta, PCO2 80—90 mm.sim.ust.ga yetadi. Gipoksiyaning to'rtinchi bosqichida bemor og'ir komada yoki terminal holatda bo'lishi mumkin, PO2 70 % yoki undan past, PCO2100 mm.sim.ust. ni tashkil qiladi. Shunday qilib, gipoksiya sabablaridan qat'iy nazar hansirash, terlash, taxikardiya, gipotoniya, oldin bezovtalik, keyinchalik hushning yo'qolishi, teri qoplamlarining sovuq ter bilan qoplanishi va akrotsianoz, gipertermiya holatlari sodir bo'ladi, organizm holdan toyadi. Gipoksiyaning dastlabki bosqichlarida organizm o'zini kislorod bilan ta'minlash uchun hamma kompensator holatini ishga soladi, natijada organizm holdan toyib, qaytmas holatlar sodir bo'ladi. Nafas yetishmovchiligida giperkapniya va gipokapniya holatlari yoki sindromlari paydo bo'lib, ular ham gipoksiya klinikalarini beradi va asidoz holatlar sodir bo'ladi. Giperkapniya organizmda CO2 miqdorining ko'payib ketishi, gipokapniya esa uning aksi bo'lib, giperventilatsiya natijasida sodir bo'ladi. Gipoksemiyada esa oksigemoglobin arteriya qonida kamayib ketadi, uning miqdori 90—95 % dan kam bo'ldi. Gipoksemiyani bilish uchun bemorga 20—30 daqiqa davomida kislorod berish kerak. Shunda ham gipoksiya belgilari ketmasa , mikrosirkulatsiya yaxshilanmasa, o'pkada kichik qon tomirlar berkilishi yoki qonda gipoksemiya bor deb fikr yuritiladi. Organizm og'ir holatga tushmasdan yoki qaytmas jarayonlar sodir bo'lmasdan gipoksiya sabablarini aniqlab, davolashni boshlash kerak. O'tkir nafas yetishmovchiligini davolashda og'riqsizlantirishning ahamiyati katta. Og'riqsizlantirishni shifokor ko'rsatmasiga bog'liq holda amalga oshiriladi. Oksigenoterapiyani amalga oshirish uchun nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash va gipoksiyani davolash zarur. Nafas mexanikasini yaxshilash uchun qovurg'alararo blokadalar va gosimpatik blokadalar, bemorni tinchlantirish, pnevmotoraks, gemotoraksni yo'qotish kabi usullar qo'llaniladi. O'tkir nafas yetishmovchiligida ichaklar parezi tufayli diafragmaning ko'tarilishi, natijada o'pkani qisib qo'yishi yoki o'pka ventilatsiyasining buzilishi kuzatiladi. Buni davolash yoki oldini olish uchun ichaklar pareziga qarshi kurashish kerak. Nafas yetishmovchiligiga qarshi kurashda konikotomiya, traxeostomiya va intubatsiya amallarini bajarish zarur. Konikotomiya muolajasi juda tez bajarilishi kerak, keyin ko'rsatmalar asosida traxeostomiya yoki intubatsiya qilinadi.. Imkoni bo'lsa 2—3 kun intubatsiya qilish ham o'tkir nafas yetishmovchiligi belgilarini bartaraf qilishi mumkin. Ammo og'ir holatlar to'rt-besh kunga cho'zilsa, albatta traxeostomiya qilingani ma'qul. Traxeostomiya uchun ko'rsatmalar: yuqori nafas yo'llarining og'ir shikastlarida, operatsiya o'tkazilganda uzoq vaqt davomida sun'iy nafas berishga to'g'ri kelgan holatlarda; yutinish, yo'talish aktlari yo'qolib Mendelson sindromiga xavf tug'ilsa; nafas boylamlari falajida; ko'p miqdorda so'lak va balg'amlar ajralib, nafas yo'llarini berkitib qo'yish xavfi bo'lganda.
Sun'iy nafas berish kislorod bilan ta'minlab, organizmdan karbonat gazini olib chiqib ketish, organizmni energiya bilan va modda almashinuvini ta'minlab turishdan iborat. Ma'lumki, bemorlar og'ir holatlarda o'zlarini kislorod bilan to'liq ta'minlay olmaydilar. Organizmni kislorod bilan ta'minlash uchun esa quvvat (energiya) kerak. Og'ir holatdagi organizmda tabiiyki energiya yo'q, chunki nafas mushaklari charchagan, organizm holdan toygan bo'ladi. Sun'iy nafas berish foydali bo'lishi bilan bir qatorda, agar ko'rsatmalari noto'g'ri tanlansa, u zararli bo'lishi ham mumkin. Uzoq vaqt sun'iy nafas berish natijasida ko'krak qafasida bosim oshadi, yurakka qon kelmaydi, o'pkada gazlar almashinuvi buziladi, ya'ni gaz almashinish bilan qon aylanish munosabati buziladi. Sun'iy nafas berish tartibi to'g'ri tanlanishi kerak, ya'ni nafas berish qisqa, nafas chiqarish jarayoni sust bo'lishi kerak. O'pka shishuvida — suvga cho'kkan bemorlarda, o'pka shokida, nafas yetishmovchiligining og'ir darajalarida, klinik qon aylanish doirasida dimlanish bo'lganda sun'iy nafas musbat bosim ostida beriladi. Sun'iy nafas maxsus respiratorlar yordamida beriladi. Har ikki-uch soatda bemorni aylantirib, orqasiga maz va spirt surtib turish kerak, aks holda turli xil yotoq yaralar paydo bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, sun'iy nafas berilayotgan bemorlar infeksiyaga moyil bo'ladilar, shuni e'tiborga olib ish ko'rish maqsadga muvofiqdir. Sun'iy nafas berishda organizm 1,5—2 litrgacha suyuqlik yo'qotishini hisobga olib, infuzion terapiya va bronxlarni lavaj qilib turish darkor. Sun'iy nafas berish quyidagi holatlarda qo'llaniladi: gipo-ventilatsiya va apnoe; nafasning 40—45 tadan oshishi va hansirash kuchayganda; o'pka-yurak operatsiyalari hamda uzoq davom etadigan operatsiyalarda; o'pkada bosim ospganda — zaruriyat tug'ilsa, uzoq davom etadigan tutqanoqlarni bartaraf etish uchun miorelaksantlar qo'llashga to'g'ri kelganda, gipertermiyalarda, eklampsiyalarda, og'ir bosh-miya shikastlari va kuchli zaharlanishlarda, ko'p qon ketganda; organizmning kompen-satorlik imkoniyatlari charchaganda, nafas ritmi buzilganda. Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, og'ir shikastlarda ikki soat ichida bemorga sun'iy nafas berilsa, o'lim 55 % dan 37 % gacha kamayar ekan, 6 soatdan keyin olinsa, o'lim 80,6 % ga oshadi. Sun'iy nafas berish vaqtida o'pka ichida bosim oshadi, yurakka kelib tushadigan qon miqdori kamayadi. O'pkada qon aylanishi buziladi, kichik qon aylanish doirasida bosim oshadi, o'pkadagi o'zgarishlarda nafas asidozi sodir bo'ladi, buyrakda siydik ajralishi buziladi. Gipovolemiyada sun'iy nafas berishda qonning yurakka qaytishi sekinlashib, yurakdan chiqadigan qon miqdori kamayadi. * Sun'iy nafas berishda o'pkada ventilatsiya — perfuziya munosabati va gazlarning tarqalishi buziladi. Sun'iy nafasni: musbat bosim bilan; o'z nafasida yoki o'zi nafas ololmaganda apparat bilan; faol ravishda berish mumkin. 3.3. Sun'iy nafas berishda yuzaga keladigan asoratlar Sun'iy nafas berishda quyidagi asoratlar yuzaga keladi: o'pka yallig'lanishi, atelektazlar, pnevmotoroks, shilliq qavatlarning qurib qolishi, surfaktant miqdorining kamayishi, aritmiya, miyada qon aylanishining buzilishi va h.k. Sun'iy nafas berganda meta-bolik asidoz yuzaga keladi. Bu holatni sodali suyuqliklar va reopoliglyukin, geparin va vitaminlar bilan yo'qotish mumkin. Sun'iy nafas berish ko'rsatkichlari maxsus kartaga yozib boriladi. Sun'iy nafas berishda hamshira doim bemor yonida turishi kerak. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling