Asosiy – ishlab chiqarish jarayonida bir necha yil davomida ishtirok etuvchi
kapital va o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga qisman o‘tkazib boruvchi mehnat vositalaridir.
Aylanma – xomashyo materiallar, energetika resurslarida moddiylashgan va bir
kapital ishlab chiqarish siklida sarflanuvchi, o‘z qiymatini tayyorlangan mahsulotga to‘liq ko‘chiruvchi kapital.
Audit – 1) yillik moliya hisobotini tekshiruvchi va tasdiqlovchi ixtisoslashgan tashkilot (tashqi A). 2) Aksionerlik jamiyatining taftish hay’ati (ichki A).
Auditor – revizor-taftish o‘tkazuvchi, idoraning, tashkilotning, aksionerlik jamiyatining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshiruvchi, taftish o‘tkazuvchi shaxs.
Auksion – (lat.auction) – «kim oshdi» savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo davomida mahsulotni eng yuqori narx bo‘yicha ko‘targan xaridor sotib oladi.
B
Balans – «Balans» atamasi lotincha bis – ikki marta, banx – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, tom ma’noda «ikki palla» degan
ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Bank – yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini bir joyga to‘plovchi va uzluksiz aylanib turushini ta’minlovchi, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda beruvchi, tomonlar o‘rtasida to‘lov va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin va chet el valutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul qo‘yuvchilarga ma’lum foiz to‘lab, qarz olganlardan yuqoriroq foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar o‘rtasidagi farq bank foydasi hisoblanadi
Bank foiz – bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori, qarz
stavkasi summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. BFS. o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, bank ssudasi qarzga bo‘lgan muhtojlikka qarab o‘zgartiriladi. BFS miqdori bank va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanib, qarzning qaysi tarzda va qanday shartlarda berilishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |