Bank – korxona va tashkilotlarning banklardagi hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmasi pul mablag‘larining harakati haqidagi bildirgi. Bank ko‘chirmasi bankda korxona hisob-kitob schyoti bo‘yicha amalga oshirilgan
yozuvlarning nusxasi hisoblanadi.
Bankomat – mijozning bankdagi hisob raqami bilan kompyuter tizimi orqali bog‘langan naqd pul beruvchi elektron moslama.
Biznes – (inglizcha business–ish, faoliyat, mashg‘ulot ) boylik, foyda orttirishga yo‘naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo‘jalik yuritish ko‘lamiga qarab yirik, o‘rta va mayda turlarga bo‘linadi. Xodimlarning o‘rtacha soni va mahsulot hajmiga qarab ajratiladi.
Biznes reja – bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning barcha sohalarida qo‘llanadigan muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. Ish jarayoni haqida ma’lumot beradi. Uning yordamida firma o‘sib borishi, istiqbolni belgilab borishi, daromadini ko‘paytirishi mumkin. BR o‘ta muhim moliyaviy hujjat sifatida firma faoliyatini barcha qirralarini tahlil qilishga yordam beradi. U nafaqat ichki hujjati bo‘lib, balki kredit olishi uchun zarur bo‘ladigan hujjatlardan biridir.
Biznesmen – (inglizcha business–ish, man–odam)- biznes bilan shug‘ullanuvchi shaxs, korchalon.
Birja – (goll.beurs, nem. Borse–hamyon) – 1) mahsulot, valuta va qimmatbaho qog‘ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma’lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko‘rsatgani uchun vositachilik yig‘imini oladi; 2) birja savdo-sotig‘i bo‘ladigan joy.
Bozor – erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni iqtisodiyoti inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan va
boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Brak – ishlab chiqarishda buxgalteriyaning asosiy vazifalaridan biri brak (andozaga mos kelmaslik) hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarning buzilishi, kamomadi natijasida
|
keladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlashdan
|
|
iborat.
|
|
Broker
|
– (ingl.broker) – mahsulot, qimmatbaho qog‘ozlar, valuta sotuvchilar
|
|
va xaridorlar o‘rtasidagi rasmiy dallol. O‘zi yoki mijozlar nomidan
|
|
kelishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs.
|
Boj
|
– (arab–o‘lpon, soliq) – bojxona
|
nazorati ostida davlat tomonidan
|
|
mamlakat chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar, mol-mulk va
|
|
qimmatbaho qog‘ozlardan undiriladigan pul yig‘imlari.
|
Bojxona
|
– chegara orqali o‘tadigan jami yuklarni, shu jumladan, bagaj va pochta
|
|
jo‘natmalarini nazorat qiladigan
|
davlat muassasasi. U o‘tkazilayotgan
|
|
yuklarni tekshirish va ulardan yig‘imlarni undirish bilan shu-
|
|
g‘ullanadi. Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro
|
|
aeroportlarda, temiryo‘l stansiyalarida, chegara hududlarida va
|
|
mamlakatning yirik markazlarida joylashadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |