O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar». 0420


Download 0.53 Mb.
bet44/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

0410-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar».


0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari».


0430-«Dasturiy ta’minot».


0440-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi».


0450-«Tashkiliy xarajatlar».


0460-«Franshizalar».


0470-«Mualliflik huquqlari».


0480-«Gudvill».


0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar».

«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMA ga asosan, nomoddiy aktivning amortizatsiya qiymati uning foydali xizmat muddatidan oshmagan holda, foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo‘lmagan paytda 5 yilni hisobga olib (lekin korxonaning faoliyat muddatidan oshmagan holda) muntazam asosda taqsimlanishi kerak.


Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o‘tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning ayrim obyektlari bo‘yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg‘arish yo‘li bilan yoki obyektlarning dastlabki qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.


Quyidagi nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanmaydi:


– haqiqiy emas (ishlamaydigan) deb topilgan va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydigan nomoddiy aktivlar;


– korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin huquq egasi tomonidan litsenziya shartnomasi yoki boshqacha shartnoma (tanho bo‘lmagan litsenziya) bo‘yicha berilgan va balansdan tashqari schyotda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqi asosida korxona foydalanayotgan nomoddiy aktivlar;


– korxonaga tegishli tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga egalik huquqi, shuningdek, vaqt o‘tishi bilan ularning iste’mol xususiyati o‘zgarmaydigan tovar chiqarilgan joy nomiga egalik huquqi;


– gudvill.


Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda nomoddiy aktivni foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil



86


usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunga, to‘g‘ri chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli va hosil qilingan birliklar summasi amortizatsiyani hisoblab yozish usuli kiradi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling