O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.5. ISHCHILARNING MEHNAT TA’TILI VAQTIGA ZAXIRA QILINADIGAN SUMMALARNI HISOBGA OLISH
- 5.6. IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA KASABA UYUSHMASI TASHKILOTLARI BILAN HISOB-KITOBLARNI HISOBGA OLISH
- MAVZU BO‘LIMLARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI
6700-schyotning kredit operatsiyalari 10-jurnal orderda, debetli operatsiyalar 7-vedomostda aks ettiriladi. Kreditli oy oxiridagi qoldiq summasi korxonaning ishchi va xizmatchilariga bo‘lgan qarzini bildiradi. 101
5.5. ISHCHILARNING MEHNAT TA’TILI VAQTIGA ZAXIRA QILINADIGAN SUMMALARNI HISOBGA OLISH Odatda, korxonalarda ishchilarning yil davomida mehnat ta’tiliga chiqish oralig‘i bir tekis kechmaydi, ya’ni yilning qish oylariga qaraganda yozda mehnat ta’tiliga chiqish ko‘proq bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan mah-sulot tannarxini to‘g‘ri belgilash uchun ishchilarning mehnat ta’tili vaq-tida to‘lanadigan ish haqining hisob-kitobi buxgalteriya schyotlarida aks ettiriladi. Ishchilarga mehnat ta’tiliga to‘lanadigan ish haqini tannarxga yil davomida bir tekis o‘tkazishni ta’minlash uchun har oyda ma’lum mablag‘ zaxira qilib boriladi. Korxonaning kelgusi davr to‘lovlari sifatida tavsiflanuvchi ushbu zaxira summasi ishchilarga har oyda amalda hisoblangan ish haqiga nisbatan ma’lum foiz miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagi-cha aks ettiriladi: D-t2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. K-t2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti. 8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to‘lovlar zaxirasi» schyoti-ning krediti bo‘yicha qoldiq foydalanilmagan zaxira summasini ko‘rsatadi. ba’zan ishchilarga mehnat ta’tili vaqtiga haqiqatdan hisob-langan ish haqi foydalanilmagan zaxira summasidan oshib ketib, 8910-schyot debet tomonida qoldiq hosil bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zaxira tashkil etilganida bux-galteriyada quyidagilar qayd qilinadi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari. K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi». Ishchilarga mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblanganida quyida- gicha provodka beriladi: D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi». K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar». Bunday hollarda ushbu schyot debet tomonining qoldig‘i balans tuzilgan vaqtda 3100-«Kelgusi davr xarajatlari hisobi» schyoti qoldig‘iga qo‘shilib balansda aks ettiriladi. 102
5.6. IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA KASABA UYUSHMASI TASHKILOTLARI BILAN HISOB-KITOBLARNI HISOBGA OLISH Ishchi va xizmatchilar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan vaqtda ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘i tashkil qilinadi. Ijtimoiy sug‘urta mablag‘i «Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha hisob-kitoblar» schyotida hisobga olinadi. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratilgan mablag‘ sintetik schyotlarda quyidagi-cha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan aks ettiriladi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari. K-t 6520-«Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar». Ishchi va xizmatchilarga vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun hisoblangan nafaqa schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Ijtimoiy sug‘urta mablag‘ining ishlatilmay qolgan qismi tegishli kasaba uyushmasi tashkilotlarining joriy schyotiga o‘tkazilgandagi ifodasi: D 5110 K D 6520 K Mablag‘ning o‘tkazilishi Ishchi va xizmatchilar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan vaqtda ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘i tashkil qilinadi. 6520-«Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schyoti passiv bo‘lib, ijtimoiy davlat sug‘urtasi uchun korxona xodimlarining nafaqa ta’minoti va tibbiy sug‘urtasi hamda bandlik jamg‘armasi uchun ajratmalar summasi hisobga olinadi. 6520-«Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schyotining sintetik hiso-bi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy sug‘urta va ta’mi-not organlariga ajratmalar hisoblandi. D-t 2010, 2310, 2510, 2610, 9420, 6710, 8910. K-t 6520. Sug‘urta organlariga hisoblangan ajratmalar o‘tkazildi. D-t 6520. K-t 5110. 103
MAVZU BO‘LIMLARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI Buxgalteriya hisobida mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari nimadan iborat? Xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra qanday guruhga bo‘linadilar? Xalq xo‘jaligida ishchilarga nimaga asoslanib haq to‘lanadi? Tarif tizimi tarif setkasi, tarif stavkasi va tarif koeffitsientini izohlab bering. Mehnatga haq to‘lashning qanday shakllari mavjud? Ish haqi tarkibiga qanday to‘lovlar kiradi? Mehnatga haq to‘lash fondining tarkibi nimalardan tashkil topadi? O‘rtacha daromad va xodimlarning o‘rtacha ish haqiga qanday to‘lovlar kiradi?
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi qanday hujjatda yuritiladi? Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha qanday boshlang‘ich hujjatlar rasmiylashtiriladi? Buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo‘limida ish haqini hisobga olish bo‘yicha qanday hujjatlar va registrlardan foydalaniladi? Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik hisobi qaysi schyotda yuritiladi? Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning analitik hisobi qaysi hujjatlar yordamida amalga oshiriladi? Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtiga zaxira qilinadigan summalarni hisobga olish tartibi qanday? Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta ajratmalari o‘tkazish tartibi qanday? Ish haqiga nisbatan daromad solig‘i qanday tartibda hisoblanadi? Kasallik varaqasi bo‘yicha vaqtinchalik ishga layoqatsiz xodimga haq to‘lash tartibi qanday? Xodimlarga mehnat ta’tillari bo‘yicha to‘landadigan ish haqi summasi nimaga nisbatan hisoblanadi? Deponentlashtirilgan ish haqiga buxgalteriya provodkasi bering. Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi? Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling