O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- V BO‘LIM MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISH 5.1. MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISHNING ASOSIY VAZIFALARI
- Xizmatchilar
- 5.2. MEHNATGA HAQ TO‘LASH SHAKLLARI, ISH HAQI FONDI VA UNING TARKIBI
- Tarif setkasi
Yillar
|
Balans |
Yillik amortizatsiya |
Jamg‘arilgan | |
Qoldiq | ||||
|
qiymati |
summasi |
amortizatsiya |
qiymati |
|
|
|
|
|
1-yil |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-yil |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-yil |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-yil |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5-yil |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
94
V BO‘LIM
MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISH
5.1. MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISHNING ASOSIY VAZIFALARI
Hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko‘tarish, ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy o‘sib borish, xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirish yo‘li bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o‘stirishdan iborat. Mehnat va ish haqini hisoblash, hisob ishlarining aniq va tezkor ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonini o‘zgartirish, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Mehnat va ish haqi hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
Sarflangan mehnat yoki ishlab chiqilgan mahsulotni tegishli hujjat-larda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish.
Hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash.
Ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalga oshirish.
Mehnatga haq to‘lash fondining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
Xodimlar bajaradigan ish turlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
Ishchilar.
Xizmatchilar.
Xizmatchilar o‘z navbatida quyidagi darajalarga bo‘linadi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqalar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, bevosita moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga esa rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar taalluqlidir.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbar-lik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o‘rinbosarlari,
95
bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kas-sirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
5.2. MEHNATGA HAQ TO‘LASH SHAKLLARI, ISH HAQI FONDI VA UNING TARKIBI
Xalq xo‘jaligida ishchi mehnatiga tarif tizimi asosida sarflangan mehnat miqdori va sifatiga muvofiq haq to‘lanadi.
Tarif tizimi – tarif malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Korxonada ishchilarning ishlab chiqarish tavsifi tarif-malaka ma’lumotnomasida keltiriladi. Ushbu hujjat ishchilar malakasini aniqlash va ularga razryad belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tarif setkasi – razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan koeffitsientlari ko‘rsatilgan hujjatdir. Hamma korxonalarda birinchi razryadning tarif koeffitsienti 1 ga teng bo‘lib, razryad ortgan sari tarif koeffitsienti ham ortib boradi.
Tarif stavkasi – ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi (kun, soat) uchun to‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, tarif stavkasi 1-razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar tarif koeffitsientiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ish haqi ikki shakldan iborat:
Ishbay.
Vaqtbay.
Amalda ishbay ish haqi shaklining oddiy, mukofot va akkord tizimlari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling