To‘g‘ri chiziqli usul nomoddiy aktivni foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat nomoddiy aktiv qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutila-yo‘tganiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziqli usul. Amortizatsiyani hisoblab yozish usullaridan birortasini qo‘llashni aniqlash qiyin bo‘lgan hollarda hisoblab yozishning to‘g‘ri chiziqli usulidan foydalaniladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi.
Korxonalar tegishli nomoddiy aktivlar bo‘yicha jamg‘arilgan amortizatsiya to‘g‘risidagi axborotni quyidagi schyotlarda aks ettiradi:
0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi».
0520-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining eskirishi».
0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi».
0540-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqining eskirishi».
0550-«Tashkiliy xarajatlarning eskirishi».
0560-«Franshizalarning eskirishi».
0570-«Mualliflik huquqlarining eskirishi».
0590-«Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi».
Ushbu schyotlarning kreditida hisoblangan eskirish summalari, debetida esa nomoddiy aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan eskirish summalarining o‘chirilishi aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning sintetik hisobi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |