O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 0.53 Mb.
bet59/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

t/r

Muomalalar mazmuni

Schyotlar aloqasi



















D

K

1

Yaroqsiz mahsulotni tuzatish bo‘yicha quyidagi










xarajatlar qilindi






















a) materiallar sarflandi

2610

1010










1050










1090
















b) mehnat haqi hisoblandi

2610

6710
















c) ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga ajratmalar

2610

6520
















118




2

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan,













tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan




2010







yo‘qotishlar hisobdan chiqarildi

2610

2310



















3

Yaroqsiz mahsulotni hisobdan chiqarishda (foydala-













nish mumkin bo‘lgan bahoda) moddiy boyliklar qilindi

1010

2610



















4

Yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqargan aybdor shaxsning













mehnat haqidan ushlab qolindi

6710

2610



















5

Yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar mahsulot

2010










va ish xizmatlar tannarxiga kiritildi, qaytarilgan yaroqsiz

2310

2610







mahsulot tannarxning hisobidan chiqarildi

2510






















6

O‘tgan yillardagi yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan













yo‘qotishlarning zarar tufayli hisobdan chiqarilishi

9430

2610
















2610-schyotining analitik hisobi 14-vedomostda yuritiladi va 10-jurnal orderga kredit jarayonlari o‘tkaziladi.




6.8. KELGUSI DAVR XARAJATLARI HISOBI

Kelgusi davr xarajatlariga quyidagilar kiradi:


– gazeta va jurnallarga yillik obuna xarajatlari;


– mulklarni yillik sug‘urta qilish xarajatlari;


– kelgusi davrlar uchun oldindan to‘langan ijara haqi summalari va boshqa shu turdagi xarajatlar.


Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish uchun quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:




3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi».


3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi».


3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari».

Bu schyotlar aktiv bo‘lib, ularning debetida hisobot davrida qilingan va mahsulot tannarxiga kelgusi hisobot davrlarida qo‘shiladigan xarajatlar aks ettiriladi. Schyotlarning kreditida esa ushbu xarajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.


3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi» schyotida hisobot davrida kelgusi hisobot davrlariga tegishli to‘langan ijara haqlari hisobga olinadi.


3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi» schyotida hisobot davrida kelgusi hisobot davriga taalluqli bo‘lgan to‘langan xizmat haqlari hisobga olinadi.



119


3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari» schyotida yuqoridagi schyotlarda hisobga olinmaydigan boshqa turdagi kelgusi davr xarajatlari hisobga olinadi.


6.9. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH USULLARI


Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usuli deb u yoki bu mahsulot birligining tannarxini aniqlashda qo‘llaniladigan usullar tizimiga aytiladi.

Kalkulyatsiya usulini qo‘llash quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi.





  1. Ishlab chiqarish turi va murakkabligi.




  1. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, xarakteri.




  1. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi.




  1. Ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi.

Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi bu xarajatlarni mah-sulotning ayrim turlari bo‘yicha dasturlashtirish va mahsulot birligi tannarxini aniqlashdir. Kalkulyatsiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy, bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi.




Oddiy usul, oddiy ishlab chiqarishda, ya’ni ko‘mir, neft, gaz qazib chiqarishda, issiqlik va elektr quvvati ishlab chiqarishda, dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bu usulda bitta mahsulotning o‘rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlash yo‘li bilan aniq-lanadi.


Bo‘limli usul – metallurgiya, to‘qimachilik, yengil sanoat, kimyo va boshqa sanoat korxonalarida qo‘llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish bo‘limlar yoki bosqichlardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, to‘qimachilik sanoati, ip yigiruv, to‘quv va bo‘yash bo‘limlaridan tashkil topgan. Bo‘limli usulda tayyor mahsulotning tannarxi oxirgi bo‘limda aniqlanadi. Bo‘limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir bo‘limli bosqichi bo‘yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha yuritiladi.


Buyurtmali usulning mohiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha har bir ishlab chiqarish

120


buyurtmasi bo‘yicha alohida hisob qilinadi. Kalkulyatsiya qilishning bu usulida xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning haqiqiy tannarxi buyurtma tayyor bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi.


Normativ usuli – asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmog‘i bo‘lgan mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash kor-xonalarida qo‘llaniladi. Kalkulyatsiyalashning boshqa usullari kabi bu usulda ham korxonada omborlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga sarflash bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish ustidan nazorat qilish, hisob ishlarini bajarishda hisoblash mashinalaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Mahsulotning haqiqiy tannarxi normativ tannarxga me’yordan chetga chiqish va me’yordagi o‘zgarishni qo‘shish yoki ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.




MAVZU BO‘LIMLARI YUZASIDAN


NAZORAT SAVOLLARI



  1. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deb nimaga aytiiladi?




  1. Mahsulot tannarxini aniqlashning zaruriyati nimada?




  1. Xarajatlar qanday turkumlanadi?




  1. Ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki va yig‘ma hisobi deganda nimani tushunasiz?




  1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning qanday usullari mavjud?




  1. Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari buxgalteriya hisobida qanday tartibda aks ettiriladi?




  1. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot deb nimaga aytiladi?




  1. Kelgusi davr xarajatlarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning xususiyatlari nimalardan iborat?




  1. Tugallanmagan ishlab chiqarish deb nimaga aytiladi?




  1. Tugallanmagan ishlab chiqarishni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida hisobga olishning xususiyatlari nimalardan iborat?




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling