Muassasaning pulli xizmatlarini bajargan xodimlarga hisoblangan maoshga nisbatan ijtimoiy sug‘urta ajratmasi hisoblanganda qanday provodka
beriladi?
A. D-t 180 K-t 178
B. D-t 180 K-t 181
C. D-t 173 K-t 161
D. D-t 180 K-t 179
7. Muassasa xarajatlari budjet moliyalashtirish smeta chegarasida
qoplanganda qanday provodka beriladi?
A. D-t 100,090 K-t 230
B. D-t 090 K-t 100
C. D-t 100 K-t 232
D. D-t 232 K-t 100, 090
8. Mol yetkazib beruvchi tashkilot schyoti to‘langanda qanday provodka beriladi?
A. D-t 150 K-t 100
B. D-t 156 K-t 100,090
C. D-t 150 K-t 230
D. D-t 100,090 K-t 150
9. Budjetga ish haqidan ushlangan daromad solig‘i to‘langanda qanday provodka beriladi?
A. D-t 173 K-t 100,090
B. D-t 178 K-t 100,090
C. D-t 100,090 K-t 178
D. D-t 160 K-t 100
10. Bankdan chek bo‘yicha maosh va deponent puli kassaga kirim
qilinganda qanday provodka beriladi?
A. D-t 100,090 K-t 150
B. D-t 100 K-t 120
C. D-t 100,090 K-t 180
D. D-t 180 K-t 120
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN
AMALIY MASHG‘ULOT
1 – t o p s h i r i q.
1-sonli o‘rta maktabda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalar.
1-sonli o‘rta maktab «AL-AKBAR» do‘konidan quyidagi moddiy qiymatliklar sotib oldi va muassasa omboriga kirim qildi:
Kir yuvish kukuni – 50 kilogramm, bahosi – 650 so‘m, umumiy summasi – 32500 so‘m.
Xo‘jalik sovuni – 100 dona, bahosi – 300 so‘m, umumiy summasi – 30000 so‘m.
Doka – 100 metr, bahosi – 150 so‘m, umumiy summasi – 15000 so‘m; Telefon apparati – 2 dona, bahosi – 16500 so‘m, umumiy summasi – 33000
so‘m.
Stul – 10 dona, bahosi – 150.000 so‘m, umumiy summasi – 1500000 so‘m.
«AL-AKBAR» do‘konidan sotib olingan moddiy qiymatliklarni 1-sonli o‘rta maktabiga olib kelib bergani uchun «Transport» korxonasi 1-sonli o‘rta maktabga 125000 so‘mga 130-sonli schyot-fakturani taqdim etdi.
Maktab omboridan quyidagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar foydalanish uchun xo‘jalik mudiriga berildi:
Telefon apparati – 1 dona, bahosi – 16500 so‘m, umumiy summasi – 16500 so‘m.
Stul – 5 dona, bahosi – 150000 so‘m, umumiy summasi – 750000 so‘m. Maktab omboridan quyidagi moddiy qiymatlik xo‘jalik mudiri orqali sarflandi: 1) Kir yuvish kukuni – 10 kilogramm, bahosi – 650 so‘m, umumiy summasi –
6500 so‘m.
Xo‘jalik sovuni – 10 dona, bahosi – 300 so‘m, umumiy summasi 3000 so‘m; Doka – 50 metr, bahosi – 150 so‘m, umumiy summasi – 7500 so‘m. Dalolatnomaga asosan xo‘jalik mudiri hisobidan quyidagi kam baholi va tez
eskiruvchi buyumlar chiqarildi:
Telefon apparati – 2 dona, bahosi – 8000 so‘m, umumiy summasi – 16000 so‘m.
Stul – 3 dona, bahosi – 20000 so‘m, umumiy summasi – 60000 so‘m.
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya aloqalarini tuzish.
Materiallar kirimi va sarflanishi bo‘yicha dastlabki hujjatlarni rasmiylash-
tirish.
Material hisobotini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |