Xomashyo – mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. Masalan, paxta, ruda va hokazo.
Materiallar – xom-ashyoga ta’sir etish uchun qo‘llaniladigan va mahsulotga ma’lum iste’mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi. Masalan, gazlama, charm, metall va hokazolar.
Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qism-lar – ma’lum darajada ishlov bosqichidan o‘tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar.
Yoqilg‘i – ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari. Ehtiyot qismlar – mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan
qismlarni almashtirishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va qismlari.
Qurilish materiallari – bevosita qurilish, montaj ishlari jarayonida, qurilish qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruksiya va qurilmalarini ko‘tarishda hamda qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan yog‘och-taxta, shifer, mix kabi materiallar.
Idish va idish materiallari – turli material va mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog‘och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari – ushbu guruhga korxona xo‘jalik faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi.
Qayta ishlashga berilgan materiallar – korxona balansida turgan, qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan, qayta ishlash uchun o‘zga korxonaga berilgan chorvachilik, o‘rmon xo‘jaligi hamda o‘simliklardan olinadigan mahsulotlar kiradi.
Boshqa materiallar – yuqoridagi satrlarda ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa materiallar shu guruhga kiradi. Ularga chiqitlar, yaroqsiz materiallar, braklar, metalalom va boshqalar misol bo‘ladi.
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim aha-miyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarini baholash «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA ga asoslangan bo‘lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo‘lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati.
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA ga asosan, tovar moddiy zaxiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar-moddiy zaxiralarni manzilga yetkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash orqali amalga oshirish mumkin:
1. O‘rtacha tannarx bo‘yicha yoki AVECO usuli.
O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum – birinchi xarajat, FIFO usuli.
O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum – oxirgi xarajat, LIFO usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |