O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
DAVR XARAJATLARINING TARKIBI VA HISOBI
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.6. TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHNI BAHOLASH VA HISOBGA OLISH
- Oy boshigatugallanmaganishlabchiqarish Oy davomidaqilinganxarajatlar Jami xarajatlar
- Boshqa chiqaribtashlashlar Oy oxiridagitugallanmaganishlabchiqarish Tovar mahsulotgato‘g‘rikeladigan
- 6.7. ISHLAB CHIQARISHDA BRAK TUFAYLI YUZAGA KELGAN NOBUDGARCHILIK HISOBI VA ULARNI MAHSULOT TANNARXIGA O‘TKAZISH TARTIBI
- Ishlab chiqarishda brak deb
6.5. DAVR XARAJATLARINING TARKIBI VA HISOBI
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa moliyaviy sarflar va sotish bo‘yicha xarajatlar, boshqaruv xarajatlari davr xarajatlari bo‘lib hisoblanadi. Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9410-«Sotish xarajatlari». 9420-«Ma’muriy xarajatlar». 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar». 114
9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari». Bu schyotning debetida jamlangan summalar 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi va schyot yopiladi. Qoldiq schyot-da qolmaydi. Ishlab chiqarishni boshqarish (davr xarajatlari) schyotlarida muoma-lalar aloqasi quyidagicha aks ettiriladi:
115
6.6. TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHNI BAHOLASH VA HISOBGA OLISH Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, 100% tayyor mahsulot holatiga kelmagan va shu sababli xaridorga sotib bo‘lmaydigan mahsulot qismiga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va uning tayyor mahsulot darajasiga qanchalik yaqinligini aniqlash buxgalteriya hisobi uchun juda muhimdir. Bu turdagi ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o‘tgan xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar o‘zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan detal, qism va shu kabilarning harakati hisobini yuritish lozim. Mahsulot ishlab chiqarishning har bir fazasida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davomida inventarizatsiya yorliqlari yoki varaqalarida faqat buyumlarning haqiqiy soni, miqdori ko‘rsatilibgina qolmay, balki ularning tayyorlik darajasi ham qayd etiladi. Bu, o‘z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni tayyorlik darajasiga ko‘ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i tayyor mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qo‘llaniladigan kalkulyatsiyalash moddalari bo‘yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga nobudgarchilik, maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini qoplash, ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Korxonada tugallanmagan ishlab chiqarishlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotga tegishli xarajatlarni aniqlash uchun ularni har oyda baholab turish lozim. Bunda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxini aniqlash uchun oy boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga oy davomida qilingan xarajatlarni qo‘shib, hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan hamda oy oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini olib tashlash lozim. Shu boisdan ham tugallanmagan ishlab chiqarishlarni to‘g‘ri aniqlash va ularni baholash muhim ahamiyatga ega. 116
Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini aniqlash uchun xara-jatlarning quyidagi shakldagi umumiy qaydnomasi tuziladi:
Demak, ushbu jadval orqali tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlashimiz mumkin, ammo bu usul murakkab hisoblanadi. Seriyali ishlab chiqarish tusidagi ko‘pgina korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish normativ tannarxda baholanadi. Qisqa texnologik siklli ayrim sanoat tarmoqlarida (to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqalar) tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi xomashyo va materiallar xarajati bo‘yicha baholanib, qolgan barcha xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Ishlab chiqarishning seriyali xiliga mansub korxonalarda tugal-lanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi har chorakda, qator sanoat tarmoqlarida (masalan, to‘qimachilik, poyabzal, tikuvchilik) har oyda o‘tkaziladi. 6.7. ISHLAB CHIQARISHDA BRAK TUFAYLI YUZAGA KELGAN NOBUDGARCHILIK HISOBI VA ULARNI MAHSULOT TANNARXIGA O‘TKAZISH TARTIBI Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri brak hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarning buzilishi, kamomadi natijasida qiladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir. Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart va texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor mahsulotga aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni qayta ishlash uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadi yoki undan umuman foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi. 117
Brak hisobiga nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi bo‘lib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining kamayishiga olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra ishlab chiqarish tan-narxining «Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar moddasi» tarkibida tannarxga qo‘shiladi. Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: Tuzatilishi mumkin bo‘lgan mahsulot. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan mahsulot. Brak topilgan joyiga ko‘ra ikki xil, ya’ni ichki va tashqi brakka bo‘linadi. Texnik nazorat bo‘limining xodimlari bunday mahsulotlarni akt hujjatlari bilan rasmiylashtiradilar. Brakning kelib chiqish sababi, uning aybdori, aybdordan ushlab qolinadigan mablag‘ va boshqa ma’lumotlar ana shu dalolatnomada ko‘rsatiladi. Sintetik hisobi 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak» schyotida yuritiladi. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish schyoti ma’lumotlari asosida uning haqiqiy tannarxi hamma asosiy xarajatlar va umumishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidan tashkil topadi. Aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar bo‘yicha joyida dalolatnoma tuzilib ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish 2610-schyoti bo‘yicha analitik hisobi korxonaning alohida sexlari bo‘yicha, mahsulot turlari bo‘yicha, xarajatlar moddalari bo‘yicha, yaroqsiz mahsulotning vujudga kelish sabablari va aybdorlari bo‘yicha yuritiladi. 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish» schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling