O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. O‘SIMCHILIK MAHSULOTLARINING TANNARXINI HISOBLASH USULLARI
- 7.4. CHORVACHILIK XARAJATLARI, MAHSULOT OLISHNING HISOBI VA TANNARXINI HISOBLASH USULLARI
7.3. O‘SIMCHILIK MAHSULOTLARINING TANNARXINI HISOBLASH USULLARI O‘simchilikda mahsulot tannarxini aniqlash obyekti bo‘lib, asosiy mahsulotlar (don, paxta, meva-sabzavot) va qo‘shimcha mahsulotlar (g‘o‘zapoya, somon, ko‘kpoya) hisoblanadi. Mahsulot tanarxini hisob-lashdan oldin xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar sinchiklab tekshiriladi. O‘simchilikda olingan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar tannarxini hisoblash va kalkulyatsiya qilish nizomiga asosan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlarni tenglashtirish koeffitsienti, 1 s chori – 0,08 koeffitsient birligiga teng. 1 s bug‘doyning tannarxini topish uchun chorini shartli bug‘doyga aylantirish, umumiy olingan mahsulotdan ularning salmog‘i aniqlanadi. Qilingan xarajatlar shu salmoqqa ko‘paytirilib 100 ga bo‘linadi va chori hamda bug‘doy bo‘yicha qilingan xarajatlar aniqlanadi. Aniqlangan xarajatlar olingan mahsulotlarning miqdoriga bo‘linsa, 1 s mahsulotning tannarxi topiladi. Masalan: «Ochil Qodirov» nomli fermer xo‘jaligida kirimga olingan bug‘doyning bunker vazni 8500 s. Tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha: 127
xas-cho‘p va g‘allaning qurishi tufayli kamayish vazni 300 s ni tashkil qiladi; yem uchun foydalaniladigan chori 1800 s; d) somonning miqdori 5400 s. Demak, sof bug‘doy 8500–300=8200. 1800 s chorining va 5400 s somonning tannarxini aniqlaymiz. «Ochil Qodirov» fermer xo‘jaligida mahsulotni yetishtirish uchun 384800000 so‘m xarajat qilingan g‘alla mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun jami qilingan xarajatlardan somonning normativ qiymati ayirib tashlanadi. Masalan: somonning normativ qiymati 2590000 so‘m. 1 s somon 2590000:5400–s=479,6. G‘alla bilan choriga tegishli xarajatlarni aniqlash. 38480000–259000=38221000 so‘m. Bug‘doyning tarkibida 40% choridon bo‘lganligi uchun uni shartli g‘allaga aylantiriladi. 1800x40:100=720 s shartli bug‘doy. Jami bug‘doy miqdorini toping. 8200+720=8920 s. Demak, bug‘doy va chorining jami bug‘doy miqdoriga nisbatan salmog‘ini aniqlaymiz. a) 8200x100:8920=92% bug‘doyning salmog‘i. Jami xarajatlarning bug‘doy va choriga tegishli salmog‘ini aniqlaymiz. bug‘doy bo‘yicha 38221000x92%:100=35163320 so‘m. chori bo‘yicha 38221000x8%:100=3057680 so‘m. 1 s bug‘doy va chorining tannarxini aniqlaymiz. bug‘doy 35163320:8200=4288,20. chori 3057680:1800=1698,71. 7.4. CHORVACHILIK XARAJATLARI, MAHSULOT OLISHNING HISOBI VA TANNARXINI HISOBLASH USULLARI Chorvachilik tarmog‘i sanoatni xomashyo bilan, aholini esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Chorvachilik tarmog‘i quyidagilardan tarkib topgan: Sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar. Qo‘ychilik. Chorvachilik. 128
Yilqichilik. Parrandachilik. Asalarichilik. Quyonchilik. Ipakchilik. Mo‘ynachilik. Chorvachilik xarajatlari aktiv kalkulyatsion 2010-«Chorvachilik» subschyotida hisobga olinadi. Analitik hisobi tarmoqlar bo‘yicha 83-ASK shaklida xarajat moddalari bo‘yicha 83-ASK shaklida xarajat moddalari bo‘yicha hisobga olinadi. Chorvachilikka qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni hisobga olishda qo‘llaniladigan hujjatlar quyidagilardan iborat: Yosh mollarni hisobga olish jurnali. Amortizatsiyani hisoblash vedomosti. Sotilgan sutni hisobga olish jurnali. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kirimga olish kundaligi. Tug‘ilgan naslni kirimga olish dalolatnomalari. 83-ASK shaxsiy schyotiga har oyda yuqoridagi hujjat ma’lu-motlaridan ko‘chiriladi. Shaxsiy schyotlar quyidagi bo‘linmalardan iborat: Xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar chiqimi. Jami ma’lumotlar 1 oylik va yil boshidan ko‘rsatib boriladi. Yakuniy ma’lumotlar 10-jurnal orderga ko‘chiriladi. 2010-«Chorvachilik subschyotining boshqa schyotlar bilan aloqasi quyidagicha:
5 – Buxgalteriya hisobi 129
Bu muomalalar schyotlar sxemasida quyidagicha aks ettiriladi:
Chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash. Yil oxirida chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlashdan oldin 2010-schyoti tekshiriladi, ya’ni har bir chorva turi, guruhi bo‘yicha umumiy xarajat va yil davomida olingan mahsulotlarning umumiy summasi aniqlanadi. Bunda xarajatlar hisobi obyekti bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi uchun kish-soat, ozuqa kunlari va ozuqa birliklari hisobga olinishi zarur. Chorvachilikda asosiy mahsulot (sut, jun, tuxum, tirik vazn va boshqalar) tannarxi hisoblash obyekti bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha mahsulotlarga, go‘ng, parranda pati, nobud bo‘lgan hayvonlardan olinadign nimta go‘sht va boshqalar kiradi. Yondosh mahsulotlarga teri, kalla-pocha, tuyoq, shoxlar va boshqalar kiradi. Go‘ngning tannarxi uni suyiltirish, saqlash va chiritish xarajat-laridan iborat bo‘lib, normativ baholarda baholanadi. Sut yo‘nalishidagi chorvachilikda mahsulot tannarxiini hisoblash usuliga hisoblash obyekti bo‘lib, sut va buzoqlar hisoblanadi. Bir s sut 130
va bir bosh buzoqning tannarxini hisoblash uchun sut yo‘nalishidagi qoramollarga qilingan yillik xarajatlar summasidan go‘ng, jun va boshqa mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi. Masalan: hisob yilida «Ochil Qodirov» fermer xo‘jaligida sigirlarni boqish uchun qilingan xarajatlar – 8406000 so‘m. Xo‘jalik yilida 14200 s sut, 8 bosh buzoq va 2680 so‘mlik go‘ng olingan. Bunda go‘ng normativ qiymati chiqarib tashlanadi. 8406000 - 2680 = 8403320 so‘m qolgan xarajatlar summasining 90% sut miqdoriga, 10 % buzoqlar bosh soniga bo‘linadi. Xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi: sut bo‘yicha – 8403320x90%:100=7562988 so‘m. buzoq bo‘yicha – 8403320x10%:100=840332 so‘m. 1 s sutning va bir bosh buzoqning tannarxini aniqlaymiz. 1 s sut – 7562988:14200=532 so‘m 60 tiyin. b) 1 bosh buzoq – 840332:8=105041 so‘m 50 tiyin. Yil oxirida chorva mahsulotlarining haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi o‘rtasidagi farq tegishli schyotlarga o‘tkaziladi. Ortiqcha xarajatlar oddiy siyoh bilan qo‘shimcha provodka usulida, tejalgan summa esa qizil storno usulida yoziladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling