O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
CHORAKLIK VA YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
19.4. CHORAKLIK VA YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT
Moliyaviy hisobotlar ma’lum bir hisobot davri yoki sanasi bo‘yicha tuziladi. Bunda buxgalteriya balansi va schyotlardagi qoldiqlar bo‘yicha ma’lumotlar ma’lum bir sanaga tuziladi, moliyaviy hisobot shakllarining qolganlari esa ma’lum bir davr uchun tuziladi. Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrigacha bo‘lgan davr kalendar yil hisoblanadi. Moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda kalendar yilidan farqli ravishda davrlar bo‘yicha (oy, chorak uchun) ham taqdim etilishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot kuni hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Subyektning buxgalteriya balansi uchun hisobot kuni 31-dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Korxonaning yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan qat’i nazar, to‘liq nusxalarda quyidagi foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevraligacha bo‘lgan muddatda taqdim etilishi shart: – korxonaning mulkdori hisoblangan (davlat mulkini boshqarishga vakolati bo‘lgan organlarga, qatnashchilarga, ta’sischilarga) ta’sis etish to‘g‘risidagi hujjatlar asosida; – davlat statistika idoralariga; – qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. Moliyaviy hisobotni boshqa foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi mustaqil ravishda korxona rahbariyati (uning mulkdorlari va ta’sischilari) tomonidan tartibga solinadi va korxonaning hisob siyosatida ko‘zda tutiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisobotlari man-faatdor subyektlar: banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va shu kabilar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko‘chirish xarajatlarini qoplab, uning nusxasini olish huquqiga egadirlar. 187
Ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va bosha moliya muassasalari har yili moliyaviy hisobotni undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi auditor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hisobot tugagandan keyin 1-maydan kechiktirmay e’lon qiladilar. Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari gazetalar, jurnallar va bulletenlarda yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan muddatlarda alohida nashrda e’lon qilinishi kerak. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling