O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov
TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHNI BAHOLASH VA fflSOBGA OLISH
Download 2.16 Mb.
|
BUXG KITOBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KELGUSI DAVR XARAJATLARI fflSOBI
- ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH USULLARI
TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHNI BAHOLASH VA fflSOBGA OLISH
Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, 100% tayyor mahsulot holatiga kelmagan va shu sababli xaridorga sotib bo'lmaydigan mahsulot qismiga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va uning tayyor mahsulot darajasiga qanchalik yaqinligini aniqlash buxgalteriya hisobi uchun juda muhimdir. Bu turdagi ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o‘tgan xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar o‘zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan detal, qism va shu kabilaming harakati hisobini yuritish lozim. Mahsulot ishlab chiqarishning har bir fazasida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlami tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davomida inventarizatsiya yorliqlari yoki varaqalarida faqat buyumlaming haqiqiy soni, miqdori koTsatilibgina qolmay, balki ulaming tayyorlik darajasi ham qayd etiladi. Bu, o‘z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni tayyorlik darajasiga ko‘ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig'i tayyor mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qoTlaniladigan kalkulyatsiyalash moddalari bo‘yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga nobudgarchilik, maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini qoplash, ishlab chiqarishni o'zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Korxonada tugallanmagan ishlab chiqarishlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotga tegishli xarajatlami aniqlash uchun ulami har oyda baholab turish lozim. Bunda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxini aniqlash uchun oy boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga oy davomida qilingan xarajatlami qo'shib, hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan hamda oy oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini olib tashlash lozim. Shu boisdan ham tugallanmagan ishlab chiqarishlami to‘g‘ri aniqlash va ulami baholash muhim ahamiyatga ega. Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini aniqlash uchun xara- jatlaming quyidagi shakldagi umumiy qaydnomasi tuziladi: Demak, ushbu jadval orqali tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlashimiz mumkin, ammo bu usul murakkab hisoblanadi. Seriyali ishlab chiqarish tusidagi ko'pgina korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish normativ tannarxda baholanadi. Qisqa texnologik siklli ayrim sanoat tarmoqlarida (to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqalar) tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi xomashyo va materiallar xarajati bo‘yicha baholanib, qolgan barcha xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga qo'shiladi. Ishlab chiqarishning seriyali xiliga mansub korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi har chorakda, qator sanoat tarmoqlarida (masalan, to‘qimachilik, poyabzal, tikuvchilik) har oyda o‘tkaziladi. ISHLAB CHIQARISHDA BRAK TUFAYLI YUZAGA KELGAN NOBUDGARCHILIK HISOBI VA ULARNI MAHSULOT TANNARXIGA 0‘TKAZISH TARTIBI Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri brak hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklaming buzilishi, kamomadi natijasida qiladigan nobudgarchiliklami to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir. Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart va texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor mahsulotga aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni qayta ishlash uchun qo'shimcha xarajatlar talab qilinadi yoki undan umuman foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi. Brak hisobiga nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi bo‘lib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining kamayishiga olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra ishlab chiqarish tannarxining «Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar moddasi» tarkibida tannarxga qo'shiladi. Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: Tuzatilishi mumkin bo'lgan mahsulot. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan mahsulot. Brak topilgan joyiga ko‘ra ikki xil, ya’ni ichki va tashqi brakka bo‘linadi. Texnik nazorat bo'limining xodimlari bunday mahsulotlami akt hujjatlari bilan rasmiylashtiradilar. Brakning kelib chiqish sababi, uning aybdori, aybdordan ushlab qolinadigan mablag' va boshqa ma’lumotlar ana shu dalolatnomada ko'rsatiladi. Sintetik hisobi 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak» schyotida yuritiladi. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo'yicha asosiy ishlab chiqarish schyoti ma’lumotlari asosida uning haqiqiy tannarxi hamma asosiy xarajatlar va umumishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidan tashkil topadi. Aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar bo'yicha joyida dalolatnoma tuzilib ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish 2610- schyoti bo'yicha analitik hisobi korxonaning alohida sexlari bo'yicha, mahsulot turlari bo'yicha, xarajatlar moddalari bo'yicha, yaroqsiz mahsulotning vujudga kelish sabablari va aybdorlari bo'yicha yuritiladi. 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish» schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
2610-schyotining analitik hisobi 14-vedomostda yuritiladi va 10- jumal orderga kredit jarayonlari o‘tkaziladi. KELGUSI DAVR XARAJATLARI fflSOBI Kelgusi davr xarajatlariga quyidagilar kiradi: gazeta va jumallarga yillik obuna xarajatlari; mulklami yillik sug'urta qilish xarajatlari; kelgusi davrlar uchun oldindan to'langan ijara haqi summalari va boshqa shu turdagi xarajatlar. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish uchun quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan: 3110-«Oldindan to'langan ijara haqi». 3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi». 3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari». Bu schyotlar aktiv bo‘lib, ulaming debetida hisobot davrida qilingan va mahsulot tannarxiga kelgusi hisobot davrlarida qo'shiladigan xarajatlar aks ettiriladi. Schyotlaming kreditida esa ushbu xarajatlaming hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi» schyotida hisobot davrida kelgusi hisobot davrlariga tegishli to'langan ijara haqlari hisobga olinadi. 3120-«Oldindan toiangan xizmat haqi» schyotida hisobot davrida kelgusi hisobot davriga taalluqli bo‘lgan to'langan xizmat haqlari hisobga olinadi. 3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari» schyotida yuqoridagi schyotlarda hisobga olinmaydigan boshqa turdagi kelgusi davr xarajatlari liisobga olinadi. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH USULLARI Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling