O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


m о d d a. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 2.16 Mb.
bet85/98
Sana10.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1697143
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98
Bog'liq
BUXG KITOBLARI

m о d d a. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Basharti, 0‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda bayon etilganidan ko‘ra boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qo'llanadi.

  1. m odda. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari

Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilami o‘z vaqtida to'liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. .
Buxgalteriya hisobining vazifalari:

  • buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlaming holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlaming holati to‘g‘risidagi to'liq hamda aniq ma’lumotlami shakllantirish;

  • samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlami tuzishdan iboratdir.

  1. m odda. Buxgalteriya hisobi subyektlari

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O'zbekiston Res- publikasida ro'yxatga olingan yuridik shaxslar, ulaming O'zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo'linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugul- lanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi.

  1. m odda. Buxgalteriya hisobi obyektlari

Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar foyda, zararlar hamda ulaming harakati bilan bogliq xo'jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.


  1. Download 2.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling