O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov
-1090 «Materiallar» schyotining boshqa schyotlar bilan aloqasi
Download 2.16 Mb.
|
BUXG KITOBLARI
1010-1090 «Materiallar» schyotining boshqa schyotlar bilan aloqasi.
D-t 1010-1090 K-t D-t 2010 K-t Mol yetkazib beruvchilardan materiallar kelib tushishi Asosiy ishlab chiqarishga sarflanishi D-t 2310 K-t Yordamchi ishlab chiqarishdan materiallaming kirimi D-t Yordamchi ishlab chiqarishga sarflanishi JH Umumishlab chiqarishga sarflanishi 2310 K-t 2510 K-t D-t 6010 K-t Tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy tannarxi ushbu boyliklami sotib olish, ulami tayyorlash, korxonaga olib kelishga doir xarajatlar va transport xarajatlaridan iboratdir. Hisob narxlarida materiallami hisobga olish hisob narxlari bilan sotib olingan haqiqiy tannarxi orasidagi farq 1610-«Materiallaming qiymatlaridagi farqiar» schyotida aks ettiriladi. 1010-1090 schyotlarining kreditida ishlab chiqarish va xo'jalik maqsadlari uchun sarflangan materiallaming tekinga berilishi, sotilishi natijasida hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Materiallaming analitik hisobi ulaming saqlanish joylari va turlari, navlari, miqdorlari bo'yicha alohida yuritiladi. 1000-«MateriaUar» schyotlari bo'yicha schyotlar aloqasi quyidagicha boiadi.
QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBGA OLISH Xomashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ulaming qiymatini mol yetkazib beruvchilarga qo'shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan birgalikda to'laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan QQSni byudjetga to'laydi. Qo‘shilgan qiymat solig'i (QQS) tovarlami sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qo'yishning bir shaklidir. QQS 20 foizlik stavkada undiriladi. QQS ikki xil usulda hisoblanadi: Qo'shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: V = STob*SS/100; (1) Bunda: S^ - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; STob - soliqqa tortiladigan aylanma; SS — qo'shilgan qiymat solig‘i stavkasi. Tovar (ish, xizmat)lar qo'shilgan qiymat solig'ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo'yicha sotilganida soliq quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: Sqqs = Tq*SS/(SS+100); (2) bunda: Tq — qo'shilgan qiymat solig'i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati. Masalan, «Imkoniyat» kompaniyasi mol yetkazib beruvchilardan 200000 so'mlik material sotib oldi. Uning QQS summasi quyidagicha bo'ladi: holat bo'yicha: QQS summasi=(200000*20%)/100%=40000 so'm. holat bo'yicha: QQS summasi=(200000*20%)/(100%+20%)=33333,(33) so'm. Moddiy boyliklami xarid qilish bo'yicha to'lanadigan QQSni buxgalteriya hisobida hisobga olib borish uchun 4410-«Soliq bo'yicha bo'nak to'lovlar» schyotidan foydalanish ko'zda tutilgan. Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi jarayonida hisoblangan QQS summasi 4410-«Soliq bo'yicha bo'nak to'lovlar» schyotidan 6410-«Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar» schyotiga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o'tkaziladi. Misol. Korxona mol yetkazib beruvchidan 100000 so'mlik material qabul qilib oldi. QQS - 20000 so‘m. Jami - 120000 so‘m. Ushbu muoma- laga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: Sotib olingan material qiymatiga - 100000 so‘m: D-t 1010-«Xomashyo va materiallar» - 100000 so‘m. K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 100000 so‘m. Hisoblangan QQS summasiga - 20000 so‘m: D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» - 20000 so‘m. K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlar» - 20000 so‘m. Mol yetkazib beruvchiga pul o'tkazib berilganida: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 120000 so‘m. K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 120000 so‘m. Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so‘mlik material ishlab chiqarishga sarflandi. Demak, QQS 9000 so‘mga teng: (45000*20%)/100%=9000 so‘m. Bu summaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: D-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo'yicha qarzlar» - 9000 so‘m. K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo'nak to'lovlar» - 9000 so‘m. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling