O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov
Download 2.16 Mb.
|
BUXG KITOBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Schyot
- Xomashyo va materiallar
- Inventar va xojalik anjomlari
- May oyida xo‘jalikda amalga oshirilgan muomalalar
- ВО‘1Ш ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR KISOBI ASOSIY VOSITALARNING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING TURKUMLANISHI
- Yemi obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar
D-t 4630 K-t 1010, 1030
D-t 4210 K-t 1010, 1090 D-t 9410 K-t 1010, 1060 D-t 9220 K-t 1010, 1040 BO‘LIM MAVZULARI VTZASIDAN AMALIY MASHG4 LOT 1-t о p s h i г i q. Tovar-moddiy zaxiralarning oy boshiga qoldiq ma’lumotlari
May oyida xo‘jalikda amalga oshirilgan muomalalar
Quyidagilami bajarish talab etiladi: Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing. 1000 - «Materiallar» schyoti bo‘yicha aylanma va qoldiq summalami aniqlang. 2-t о p s h i г i q. Toshkent traktor zavodining 1-sonli bo'limi omborida 2009-yil aprel oyining boshiga nisbatan mavjud boigan moddiy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Toshkent traktor zavodining 1-sonli sex omborida 2009-yil aprel oyida amalga oshirilgan muomalalar.
Quyidagilami bajarish talab etiladi: Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing. Sintetik va analitik schyotlar bo'yicha aylanma va qoldiqlami aniqlang. ВО‘1Ш ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR KISOBI ASOSIY VOSITALARNING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING TURKUMLANISHI Asosiy vositalar - deb, o‘zining tabiiy ko'rinishini uzoq muddat saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini o'tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga 1-yildan ortiq muddatda foydalanishda bo‘la- digan, natural ko‘rinishini o‘zgartirmay ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanishda bo'ladigan mehnat vositalari kiradi. Obyektlami asosiy vositalar qatoriga o‘tkazish tartibi va uning tarkibi 5-Buxgalteriya hisobining milliy standard (BXMS) asosida tartibga solinadi. / Asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo‘linadi: Sanoat Qishloq xo‘jaligi Transport Aloqa Qurilish Savdo va hokazolar Belgilangan tipli tasniflashga binoan asosiy vositalar turlari bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: Yer va uni obodonlashtirish П. Binolar 1П. Inshootlar Uzatuvchi moslamalar Mashina va asbob-uskunalar Shu jumladan: kuch mashinalari va asbob-uskunalar; ish mashinalari va asbob-uskunalar; o'lchov va tartibga keltiruvchi priborlar, moslamalar, laboratoriya asbob-uskunalari; hisoblash texnikasi; d) boshqa mashina va asbob-uskunalar; Transport vositalari Instrumentlar УШ. Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari Xo‘jalik inventarlari Ish va mahsuldor hayvonlar Ko‘p yillik o'simliklar ХП. Yer holatini yaxshilash bo'yicha kapital sarflar (inshootlardan tashqari) ХШ. Boshqa asosiy vositalar Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida berilgan yer maydonidir. 0‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17- moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari mumkin». Yeming qiymatiga uni xarid qilishda ko'chmas mulk agentliklariga to'lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yemi tozalash va boshqa xarajatlar qo'shiladi. Yemi obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar tarkibiga yeming unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o'xshash boshqa xarajatlar kiradi. Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo'jalik va ijtimoiy-maishiy maq- sadlardagi obyektlar, shuningdek, ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi. Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o'zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazi- falarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo'llari, ko'priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi. Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalami bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog'i hamda boshqalar) kiradi. Mashina va jihozlar asosiy vositalaming eng asosiy tun hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi: kuch mashina va jihozlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug* dvi- gatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir; ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, tennik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ulami ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlarjdir; -o'lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko'rsat- kichjlami o'lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalami o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi; hisoblash texnikasi ma’lumotlami elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi; boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o'tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling