m о d d a. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
Xo’jalik yurituvchi subyektlaming yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar biijalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotni ularda ko’rsatilgan ma’lumot- laming to‘g‘riligini auditorlar tasdiqlagach, hisobot yili tugaganidan so‘ng birinchi maygacha e’lon qilishlari shart.
m о d d a. Thgatish vaqtida moliyaviy hisobot
Xo’jalik yurituvchi subyekt tugatilgan vaqtda yakuniy moliyaviy hisobot tuziladi.
Tugatish bo’yicha operatsiyalami hisobga olish, tugatish balansi va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tugatish komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Majburiyatlar ulami uzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlari bilan tugatish balansida aks ettiriladi.
m о d d a. Buxgalteriya axborotining mahfiyligi
Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga ma’muriyat ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ulaming maxfiyligini saqlashlari shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo’ladi.
m odda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash
Buxgalteriya hujjatlari va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter hisobi moliyaviy ma’lumotlari kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlangan.
Buxgalteriya hujjatlarini obb qo'yish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |